К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAXS QADR-QIMMATINI “KAMSITISH” MA’NOSIGA EGA SO‘ZLARNING ETIMOLOGIK TAVSIFI

SHAXSQADR-QIMMATINI “KAMSITISH”MA’NOSIGA EGASO‘ZLARNING · ETIMOLOGIK TAVSIFI · QAXRAMONOVASEVARA QAXRAMONOVNA

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Har bir xalq tilshunosligida o‘z ona tilini va uning milliy tabiatini saqlab qolish asosiy vazifa hisoblanadi. Globallashuv jarayonining jadallashuvi, internetning taraqqiy etishi natijasida xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarning mustahkamlanishi sharoitida o‘zlashma qatlam so‘zlari, ularning xususiyatlarini o‘rganish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Tillarning madaniyatlararo munosabatlardagi ahamiyati ortib borishi sharoitida ularning o‘z ontologik xususiyatlarini saqlab qolishi, faol leksikada o‘z qatlam so‘zlari darajasini oshirish, sun’iy intellekt dasturlarida shu qatlamga oid so‘zlarni manba sifatida qo‘llanishini ta’minlash masalalari tilshunoslar oldidagi zamonaviy masalalar sirasiga kiradi. Kalit so‘zlar: Izohli lug‘at, kamsitish, etimologik, o‘zbek tili, arab tili, fors tili, rus tili, haqorat, o‘zlashmaso‘zlar, affiksatsiya. Kirish. Arab tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlar yakka holda qo‘llanganda “kamsitish” semasini yuzaga chiqarmasligi, muayyan qurshovdagina shunday xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, taloq so‘zi qiz yoki xotin singari ayol kishini ifodalovchi so‘zlar bilan birga qo‘llangandagina “kamsitish” semasiga ega bo‘lishi mumkin. Ammo “taloq” so‘zining shu kabi so‘zlarga birikmagan holda qo‘llanishida kamsitish, haqorat bilan bog‘liq ma’nolar yuzaga chiqmaydi. Xuddi shunday holatni arab tiliga mansub bo‘lgan “nafs” so‘zida ham ko‘rishimiz mumkin. Bu so‘z arab tilida “qalb, ko‘ngil; inson; maqsad, intilish; g‘urur, mag‘rurlik” [1:894] ma’nolarini ifodalaydi. Bu so‘z “nafsi buzuq”, “nafsiga o‘t tushmoq” iboralari tarkibida qo‘llanishi salbiylik bo‘yog‘ining yuzaga chiqishiga olib keladi. Jumladan, “Nafsi buzuq” iborasi “ovqatdan o‘zini tiya olmaydigan, ovqatni ortiq darajada iste’mol qiladigan; biror narsa undirib olishga o‘rgangan, tamagir” [2:323] kabi ma’nolarga ega. Albatta, iboralarning bunday ma’noga ega bo‘lishida buzuq, o‘t tushmoq kabi so‘z birikmalarning salbiy bo‘yoqqa ega ekanligi ham rol o‘ynagan. Xuddi shunday holat arab tilidan o‘zlashgan “lafz” so‘zining “yo‘q” va “halol” so‘zlaridan qay biriga birikishiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy bo‘yoqqa ega bo‘lishida ham namoyon bo‘ladi. Bunda “lafzi yo‘q” iborasining muayyan shaxsga nisbatan qo‘llanishi uni obro‘sizlantirishga olib kelishi mumkin. Bu esa so‘zlardagi muayyan semaning yuzaga chiqishi qurshov bilan bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Umuman olganda bunday holatni kompozitsion usulda yasalgan so‘zlarda ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Masalan, arab tilidan o‘zlashgan va salbiy yoki ijobiy bo‘yoqqa ega bo‘lmagan “fe’l” so‘zining “it” so‘zi bilan birikishi uning salbiy bo‘yoqqa ega bo‘lishi va shaxsga nisbatan qo‘llanganda uni obro‘sizlantirish uchunqo‘llanishi uchun kifoya qiladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Arab tili grammatikasida rod kategoriyasining mavjudligi bu tildan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarning muayyan jins vakillariga nisbatan maxsuslashuviga xizmat qiladi. Masalan, “kamsitish” semasiga ega bo‘lgan makkor va makkora so‘zlarida rod kategoriyasi so‘zlarning jins bo‘yicha maxsuslashuviga sabab bo‘layotganligini ko‘rish mumkin. O‘zbek tilida rod kategoriyasi yo‘q va bu makkor so‘zining jins tanlamasligida namoyon bo‘ladi. Shu sababli bu so‘z uchun keltirilgan lug‘at maqolasida uning muayyan jins bilan bog‘liq ekanligi haqida ma’lumot berilmaydi: “MAKKOR [ayyor, hiylagar (odam)] 1 Makr-hiylaga usta; ayyor, dog‘uli. Makkor odam. Makkor dushman 2Makr-hiylaga asoslangan, makrli” [3:86]. Shu bilan birga makkora so‘zi uchun keltirilgan lug‘at maqolasida uning ayollar bilan bog‘liq 582 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI belgi ekanligiga urg‘u beriladi. Anglashiladiki, bu so‘z o‘zbekcha matnlarda ham ayol jinsiga mansub shaxslarga nisbatan qo‘llanganda ularni obro‘sizlantirish, kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, o‘zbek tiliga o‘zlashgan arabcha so‘zlarning aksariyati san’at, madaniyat, din, ta’lim bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ularda “kamsitish” semasi kam uchraydi. Ammo ularga boshqa til so‘zlari qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan qo‘shma so‘z, birikma, iboralarda “kamsitish”semasi faol voqelanadi. O‘zlashgan qatlamning yana bir muhim qismi rus tili, shuningdek, shu til vositasida boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlardan iborat. Rus tilidan so‘z o‘zlashtirish jarayoni XIX asrning o‘rtalaridan mustaqillik yillarigacha bo‘lgan uzoq davrni qamrab oladi. Rus tili orqali boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish borasida quyidagi fikrlarni keltirish o‘rinli bo‘ladi: “Leksema o‘zlashtirish bir tildan ikkinchi bir tilga bevosita leksema olish yo‘li bilan voqe bo‘ladi. Ammo bunda ikki hodisani farqlash kerak: bir tilga ikkinchi bir tilning o‘z leksemasi o‘zlashadi yoki o‘zlashayotgan leksema, o‘z navbatida, o‘sha tilning o‘zi uchun ham o‘zlashgan bo‘ladi” [4:175]. Shu sababli rus tilidan o‘zlashgan “kamsitish” semali so‘zlarni ham ikkiguruhga ajratish mumkin:1) rus tilining o‘zidan o‘zlashgan so‘zlar; 2

Доказательный фрагмент

«Har bir xalq tilshunosligida o‘z ona tilini va uning milliy tabiatini saqlab qolish asosiy vazifa hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Har bir xalq tilshunosligida o‘z ona tilini va uning milliy tabiatini saqlab qolish asosiy vazifa hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bog liq, tilidan zlashgan, ega lishi, yoqqa ega, rus tili, arab tilidan, lishi mumkin
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники