К содержанию
РецензированоUZ2026

MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARNING FRAZEOLOGIK BIRLIKLARGA TA’SIRI

OMONOVAMALIKA AXAD QIZI · XASANOVSARVARBEK ASADULLAO’G’LI · MAMADALIYEVSHOXBOZBEK MUKIMJONO'G'LI

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada milliy-madaniy xususiyatlarning frazeologik birliklarning mazmuni va tuzilishiga ta’siri yoritilgan. Diniy e’tiqodlar, urf-odatlar, qadriyatlar va obrazlar frazemalarning shakllanishi va qo‘llanilishida qanday rol o‘ynashi misollar asosida tahlil qilingan. Maqolada tarjimajarayonida yuzaga keladigan madaniy tafovutlarham yoritilgan. Kalit so‘zlar: frazeologik birlik, milliy mentalitet, tarjima muammosi, madaniyatlararo tafovut, obrazlilik. Kirish. Til insoniyatning eng noyob ijtimoiy hodisalaridan biri bo‘lib, u orqali xalq o‘z tafakkurini, qadriyatlarini, ijtimoiy va madaniy tajribasini namoyon etadi. Har bir til o‘z millatining ruhiy dunyosi, tarixi, hayot tarzi, diniy va axloqiy e’tiqodlarini o‘zida mujassam etadi. Aynan frazeologik birliklar tilning eng qadimiy va madaniy qatlamlaridan biri sifatida xalq tafakkuri va madaniy merosining ifodasi hisoblanadi. Frazeologik birliklar barqaror leksik-semantik strukturalar bo‘lib, ularning ma’nosi tarkibiy qismlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosidan kelib chiqmaydi. Ular metaforik, obrazli va emotsional xususiyatga ega bo‘lib, ko‘pincha tarixiy, diniy va madaniy konnotatsiyalar bilan boyitilgan. Shu bois, frazeologik birliklar nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya vatarjimashunoslik nuqtai nazaridan ham o‘rganilishi zarur. Ushbu bo‘limda frazeologik birliklarning shakllanishiga va semantik tuzilishiga milliy- madaniy omillarning qanday ta’sir ko‘rsatishi, ularning madaniy ma’nolari, xalq hayoti bilan bog‘liqligi, hamda frazeologik birliklarning o‘zaro tarjima jarayonidagi o‘rni keng yoritiladi. Frazeologik birliklarning madaniy asoslari Frazeologik birliklarning mazmuni bevosita xalqning hayotiy tajribasi, urf-odatlari, qadriyatlari va ijtimoiy xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Ular xalq tafakkurining mahsuli bo‘lib, tarixiy voqealar, mifologik obrazlar, diniy e’tiqodlar, ijtimoiy institutlar (oila, jamoa, mehnat, urush) bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekxalqining frazeologik birliklarida quyidagi madaniy omillaryaqqol ko‘zga tashlanadi:  Islom dini ta’siri:“sabrkosasi to‘ldi”,“ko‘ngli pok”,“halol mehnat”  Oilaqadriyati: “onayurak”,“ko‘ngli sinmasin”  Mehnatga e’tiqod:“ter to‘kdi”,“qo‘libaland bo‘ldi” Ingliz tilida esa xristianlik, yunon-rim mifologiyasi, kolonializm, zamonaviy texnologiyalar va individualizmga asoslangan madaniyat frazeologizmlarga ta’siretgan:  “to carry thecross” –azob chekmoq  “Achilles’heel” –zaifnuqta  “Big Brotheris watching you”–nazorat ostidabo‘lish Milliyobrazlar vatimsollar Frazeologik birliklarda ishlatiladigan obrazlar milliy ongda shakllangan timsollar asosida 579 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI yuzaga keladi. Bu obrazlar xalq hayotining ajralmas qismi – mehnat faoliyati, tabiat, hayvonot dunyosi, urf-odatlarorqali shakllanadi. O‘zbektilidagi obrazlar:  Hayvonlar: “itdek xizmat qilmoq”,“quyon yurakli”  Taqdir: “yozuvdabor”,“qismatiga tan berdi”  Mehnat: “qo‘li gul”,“har toshdaizimbor” Ingliztilidagi obrazlar:  Tabiat: “stormin a teacup”(katta muammoemas)  Hayvonlar: “to smell arat”(shubhalanmoq)  Ranglar: “white lie” (yengil yolg‘on), “green with envy” (rashkdan yashil bo‘lib ketmoq) Bu obrazlar tarjima jarayonida murakkablik tug‘diradi, chunki ular universal emas, balki xalqga xos madaniy tushunchalarni ifodalaydi. Madaniyatlararo tafovut va tarjimamuammolari Frazeologik birliklarni boshqa tildamos tarzda ifodalash uchun tarjimon faqat tilni emas, balki madaniyatni ham yaxshi bilishi lozim. Har bir iboraning orqasida madaniy kontekst yashiringan bo‘lishi mumkin.Masalan: “He kicked the bucket” – inglizcha ibora bo‘lib, o‘zbekchaga “ko‘z yumdi” deb tarjima qilinadi. So‘zma-so‘ztarjimada ma’noyo‘qoladi. “Sabr kosasi to‘ldi” – bu iboraning mazmuni islomiy sabr fazilatiga borib taqaladi; inglizchaga “His patience ran out”kabi funksiya asosidatarjima qilinadi. Frazeologik birliklarning tarjimasiquyidagi yondashuvlar asosida amalgaoshiriladi: 1. To‘g‘ri ekvivalent topish (agar mavjud bo‘lsa) 2. Tavsifiy tarjima 3. Madaniy moslashtirish(adaptatsiya) 4. Tarjimadan vozkechish (agar to‘liq izohtalab qilinsa) Frazeologizmlarning o‘rganilishiva o‘qitishdagi o‘rni Milliy-madaniy jihatlarni hisobga olgan holda frazeologik birliklarni o‘rganish quyidagilar uchun foydalidir: 1. Tarjimonlar uchun –madaniy nozikliklarnianglashda 2. Talabalaruchun –tilningmadaniy qatlamini chuqur anglashda 3. Tilshunoslaruchun –xalq tafakkuri va tilo‘rtasidagi munosabatni ochishda Pedagogik yondashuv sifatida: 1. Tematik guruhlarga ajratib o‘qitish (sevgiga, mehnatga, hayotga oid frazemalar) 2. Madaniy kontekstasosida dialoglar tuzish 3. Frazeologik birliklarning tasviriymisollarorqali o‘rgatish 4. Lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirishdaroli Frazeologik birliklar talabalarda lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirishda asosiy vositalardan biridir. Bukompetensiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  Ma

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada milliy-madaniy xususiyatlarning frazeologik birliklarning mazmuni va tuzilishiga ta’siri yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada milliy-madaniy xususiyatlarning frazeologik birliklarning mazmuni va tuzilishiga ta’siri yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
frazeologik birliklarning, frazeologik birliklar, birliklarning mazmuni, diniy tiqodlar, madaniyatlararo tafovut, xalq tafakkuri, bog liq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники