Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA ORIPOV SHE’RLARIDA TINISH BELGILARINING PRAGMATIK FUNKSIYALARI
AKRAMOVANIGINASHERZOD QIZI
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Abdulla Oripovning she'rlarida tinish belgilarining ishlatilishi tahlil qilinadi. Tinish belgilarining to'g'ri va mahorat bilan qo'llanilishi, she'rlarda ma'no, ritm va ohangni yaratishda katta ahamiyatga ega. Muallif vergul, nuqta va soʻroq kabi tinish belgilarini fikrlarni ajratish, ma'no qatlamlarini boyitish va dramatik ta'sir yaratish uchun ishlatadi. Natijada, tinish belgilarining o'zgacha va mahorat bilan qo'llanilishi, Abdulla Oripov she'riyatining badiiyligini kuchaytiradi va o'quvchining hissiy tajribasini yanada chuqurlashtiradi. Maqolada bundan tashqari oʻzbek tilida tinish belgilarining ahamiyati, fikrni aniq ifodalashga va oʻqishni osonlashtirishga yordam berishi hamda tinish belgilarining matn mazmunini ochib berishdagi roli haqidagi fikrlar ham mavjud. Maqolaoxiridaxulosaberilgan. Kalit soʻzlar: Nuqta, vergul, soʻroq, undov, qoʻshtirnoq, tire, ikki nuqta, ritm, ohang, pauza, syujet, ma'no, badiiylik. Tinish belgilari yozma nutqni to’g’ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o’zaro logik-grammatik munosabatlarini ko’rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o’z yozma nutqini aniq, to’g’ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o’quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi; bir tinish belgi yozuvchi tomonidan qanday ma'no va vazifada qo’llangan bo’lsa, mazkur tinish belgi o’quvchi tomonidan ham xuddi shunday vazifada tushuniladi. Abdulla Oripov -- oʻzbek adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri boʻlib, uning she'rlari va asarlari nafaqat mazmuni, balki uslubi bilan ham ajralib turadi. Tinish belgilarining ishlatilishi Abdulla Oripov ijodida juda muhim ahamiyatga ega, chunki u yozuvchi yoki shoirning oʻz fikrini qanday ifodalashini, his -tuygʻularni qanday yetkazishni koʻrsatadi. Shuningdek, she'rdagi ohang va ritmni boshqarish imkonini ham beradi. Abdulla Oripovning she'riyatida tinish belgilarining o‘zgacha va mahorat bilan ishlatilishi, nafaqat she'rning grammatik tuzilishini to‘g‘rilash, balki uning pragmatik funksiyalarini ham kuchaytiradi. Tinish belgilarining pragmatik funksiyasi, asosan, o‘quvchining hissiy tajribasini shakllantirish, ma'no qatlamlarini boyitish va she'rning mantiqiy tuzilishiniyaxshilashga qaratilgan. Oripov she'rlarida vergul, nuqta, so‘roq, undov va boshqa tinish belgilarining ishlatilishi, fikrni aniq ifodalashdan tashqari, she'rda mavjud bo‘lgan emotsional va psixologik holatlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan, so‘roq belgisi (?), she'rda noaniqlik yoki ikkilanishni aks ettirgan holda o‘quvchida savol tug‘dirishi mumkin, bu esa she'rning pragmatik maqsadlarini amalga oshiradi. Vergul va nuqta esa she'rning ritmik tuzilishini va pauzalar orasidagi nozik muvozanatni yaratishdayordam beradi. Tinish belgilarining shunday o‘zgacha qo‘llanilishi, nafaqat she'rni o‘qish jarayonini osonlashtiradi, balki uning ma'nosini yanada boyitadi va o‘quvchining she'rdan olingan hissiy tajribasini chuqurlashtiradi. Shu tariqa, tinish belgilarining pragmatik funksiyalari, Abdulla Oripov she'riyatining badiiy kuchini oshiradi va uning estetik xususiyatlarini mukammal darajada aks ettiradi. Quyida Abdulla Oripov she'rlaridauchraydigan tinish belgilarini koʻrib chiqamiz. 560 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI 1. Nuqta. Abdulla Oripov she'rlarida nuqta, asosan, soʻz yoki jumlaning tugaganini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu tinish belgisi gapning aniq yakunlanishini koʻrsatadi va oʻquvchini keyingi fikrga tayyorlaydi.: Kapalakning uchishin uzoq, Kuzatdimman, yurdim ortidan. Qarshimizdagʻunchalar porloq, Miltirshudring chaman sathidan. 2. Vergul. Abdulla Oripovning she'rlarida koʻpincha tasvirlar,ta'riflar yoki tushunchalarni ajratish uchun ishlatiladi.She'rlarda vergulni oʻxshash fikrlar yoki ta'riflar orasida bogʻlovchi sifatidaishlatadi.Shuningdek she'rda ritmnisaqlashga yordam beradi. Kecha oqshom falakda, oyboʻzaribbotganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xandaotganda, Ruhimdabirma'yuslik,sokinlik uygʻotganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim. Eslab xayolga botdim,birinchi muhabbatim. 3. Tirening ishlatilishi Abdulla Oripov uslubida juda muhim. U misralarda pauza yaratadi. Fikrni esa kuchaytiradi yoki kutilmagan davomiylikni bildiradi. Shoirdeganlari shahiddir-xunsiz, Uchinchi dunyodir -kunduzsiz, tunsiz. Bola kabi kular, biroq koʻzdayosh, Bola kabi yigʻlar, valekin unsiz. 4. Soʻroq. She'rlarda ba'zi shubhalar yoki savollarni koʻrsatish uchun ishlatiladi. Bu oʻz navbatida, oʻquvchida muayyan izlanish yoki noaniqlik tuygʻusiniyaratadi. Uygʻonuvchi bogʻlarni koʻrdim. Topay dedim qirdan izingni. Yonogʻingdan rangolgan dedim- Lolazorga burdim yuzimni, Uchratmadin, ammo oʻzingni Sen bahorni sogʻinmadingmi? 5. Koʻp nuqta. She'rda oʻzgacha bir kayfiyat yoki chuqur ma'no yaratish uchun ishl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Abdulla Oripovning she'rlarida tinish belgilarining ishlatilishi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Abdulla Oripovning she'rlarida tinish belgilarining ishlatilishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tinish belgilarining, abdulla oripov, oripov she, she rlarida, she rning, she rda, abdulla oripovning
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026