Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O‘ZBEK TILIDAGI NEOLOGIZMLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Толкинджон Ергашев
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada neologizmlarning shakllanish jarayonlari va ularning semantik mexanizmlari chuqur tahlil etiladi. Neologizmlar til tizimida metaforizatsiya, metonimiyalashuv va semantik ko‘chish kabi usullar orqali yuzaga keladi. Bu jarayonlar so‘z ma’nosining kengayishi, torayishi hamda yangi kontekstlarda qo‘llanilishi orqali tilning boyishiga xizmat qiladi. Tadqiqotda diaxronik va sinxronik yondashuvlar asosida neologizmlarning tarixiy rivoji hamda zamonaviy til tizimidagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, semantik dinamika jarayoni, ya’ni so‘zlarning semantik mazmun jihatidan o‘zgarishi ham ko‘rib chiqilgan. Ingliz tilida texnologik va ijtimoiy neologizmlarning shakllanishi, ularning o‘zbek tiliga o‘zlashuvi hamda til madaniyatiga ta’siri keng tahlil qilingan. Globalizatsiya va xalqaro madaniy aloqalarning neologizmlar shakllanishiga ko‘rsatgan ta’siri, shuningdek, o‘zbek tilida ularning mahalliylashuvi va madaniy kontekstda paydo bo‘lishi misollar bilan asoslangan. Maqola neologizmlarning til taraqqiyotidagi semantik, madaniy vaijtimoiy ahamiyatini ochib beradi. Kalit so‘zlar: neologizmlar, metaforizatsiya, metonimiyalashuv, semantik ko‘chish, diaxronik yondashuv, lingvistik rivojlanish. Kirish. Neologizmlarning shakllanishi turli semantik mexanizmlar orqali amalga oshadi - metaforizatsiya: so‘zning ma’nosi kengayib, yangi, ko‘chma ma’nolarni qabul qiladi. Masalan ingliz tilidagi "mouse" (sichqon) so‘zi dastlab hayvonni anglatgan bo‘lsa, keyinchalik kompyuter qurilmasini ifodalash uchun ishlatilgan. Bu jarayon tilning boyishi va yangi tushunchalarni ifodalashda muhimahamiyatga ega. Metonimiyalashuv:so‘zning ma’nosi torayib, muayyan ob’ekt yoki hodisani ifodalashga o‘tadi. Masalan "keyboard" (klaviatura) so‘zi avval musiqa asbobining klavishlarini anglatgan bo‘lsa, hozirda kompyuter klaviaturasini ham ifodalaydi. Bu jarayon tilning ixtisoslashuvi va yangi texnologiyalarni nomlashda muhim rol o‘ynaydi. Semantik ko‘chish: so‘z yangi semantik maydonga o‘tib, yangi ma’no qabul qiladi. Masalan "virus" so‘zi dastlab biologik kasallik tarqatuvchisini anglatgan bo‘lsa, hozirda kompyuter tizimlariga zarar yetkazuvchi dasturlarni ham ifodalaydi. Bu jarayon yangi tushunchalarni ifodalashda tilning moslashuvchanligini ko‘rsatadi. Metod va metodologiya. Neologizmlarni o‘rganishda ikki asosiy yondashuv mavjud, ular diaxronik va sinxronik yondashuvlardir. Diaxronik yondashuv: bu yondashuv neologizmlarning tarixiy rivojlanishini, ularning paydo bo‘lishi va vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishlarini tahlil qiladi. Masalan, "robot" so‘zi dastlab Chex yozuvchisi Karel Chapek tomonidan 1920-yilda kiritilgan bo‘lib, keyinchalik texnologiya bilan bog‘liq ma’noda keng qo‘llanila boshlagan. Sinxronik yondashuv: bu yondashuv neologizmlarning hozirgi zamondagi o‘rnini va ularning lingvistik tizimga ta’sirini o‘rganadi. Masalan, "influencer" so‘zi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda kattata’sirkuchigaega shaxslarni ifodalash uchun keng qo‘llanilmoqda. Neologizmlarning semantik dinamikasi - neologizmlar til tizimida semantik dinamikani keltirib chiqaradigan asosiy omil hisoblanadi. Bu dinamik jarayonlar semantik kengayish, torayish vako‘chmama’nolarning shakllanishi orqali tilrivojiga hissaqo‘shadi. Semantik kengayish (metaforizatsiya) - metaforizatsiya jarayonida so‘zning dastlabki ma’nosi kengayib, boshqa semantik kontekstlarni qamrab oladi. Masalan, "platforma" so‘zi dastlab transport vositalari uchun ishlatilgan bo‘lsa, hozirda u onlayn xizmatlar uchun ishlatilmoqda. Semantik torayish - so‘z ma’nosining torayishi, ya’ni maxsus ma’nolarni ifodalashga o‘tishi ham neologizmlar uchun xos jarayon. Masalan, o‘zbek tilidagi "dastur" so‘zi avval umumiy reja ma’nosidaqo‘llangan bo‘lsa, hozirda asosan kompyuter dasturini anglatadi. Ko‘chma ma’nolarning shakllanishi - ko‘chma ma’nolarning paydo bo‘lishi neologizmlar 555 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI uchun alohida semantik xususiyat hisoblanadi. Masalan, ingliz tilidagi "streaming" so‘zi avval suv oqiminianglatgan bo‘lsa, hozirdamedia sohasidavideoyoki musiqaoqimini anglatadi. Natija va tahlillar. Yangi texnologiyalar va ijtimoiy omillar natijasida vujudga kelgan semantik neologizmlar – ingliz tilidagi neologizmlar texnologik taraqqiyot va ijtimoiy omillar natijasida doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda. Yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi bilan, ular uchun maxsus atamalar ham shakllanadi. Masalan, "cloud computing" (bulutli hisoblash), "blockchain" (blokcheyn) va "artificial intelligence" (sun’iy intellekt) kabi terminlar zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishini ifodalaydi. Ushbu neologizmlar o‘z semantik mazmuni bilan texnik hodisalarni nafaqat ifodalash, balki ularni ijtimoiy hayotda keng tarqatishda ham xizmat qilmoqda. Ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida ingliz tilida yangi ijtimoiy jarayonlarni aks ettiruvchi neologizmlar shakllangan. Masalan, "cancel culture" (ijtimoiy rad etish ma
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada neologizmlarning shakllanish jarayonlari va ularning semantik mexanizmlari chuqur tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada neologizmlarning shakllanish jarayonlari va ularning semantik mexanizmlari chuqur tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- paydo lishi, lsa hozirda, semantik chish, qiladi masalan, ingliz tilidagi, anglatgan lsa, hozirda kompyuter
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025