Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILI ISH YURITISH VOSITASI SIFATIDA: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA RAQAMLASHTIRISH IMKONIYATLARI
TEXNOLOGIYALAR VARAQAMLASHTIRISHIMKONIYATLARI · AMINOVA MAVJUDA TOSHPULATOVNA · MARKAYEVYASHIN KOMILOVICH
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va zamonaviy ish yuritish tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Ayniqsa, raqamlashtirish va texnologik taraqqiyot sharoitida tilning rasmiy hujjatlar yuritishdagi funksionalligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolada elektron hujjat aylanishi, avtomatik tahlil tizimlari, sun’iy intellekt va o‘zbek tilining texnologik platformalardagi integratsiyasi masalalari keng yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek tilining zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi uchun zarur bo‘lgan metodik, texnik vainstitutsional takliflarilgari suriladi. Kalit so‘zlar. Davlat tili, ishyuritish, raqamlashtirish, texnologik platformalar, sun’iyintellekt, o‘zbek tili. Kirish. Globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sud-huquq tizimi kabi sohalarda ish yuritishning mazmuni va shaklini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu jarayonda rasmiy til sifatida e’tirof etilgan o‘zbek tilining mavqei va unda yuritilayotgan hujjatlar sifati alohida e’tibor talab etadi. Konstitutsiyaviy va qonunchilik asosida davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek tili bugungi kunda zamonaviy raqamli platformalarga integratsiyalashuvi orqali yangicha bosqichga chiqmoqda. Mazkur maqolada aynan shu jihatlar – texnologik rivojlanish sharoitida o‘zbek tilining ish yuritishdagi amaliy qo‘llanilishi, raqamlashtirishdagi mavjud muammolarvaularni bartaraf etish strategiyalari tahlil etiladi. Metod vametodologiya. O‘zbektili O‘zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasiga muvofiq davlat tili sifatida e’tirof etilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili — o‘zbek tilidir” deb belgilab qo‘yilgan. Bu huquqiy norma o‘zbek tilining siyosiy-huquqiy maqomini aniqlabgina qolmay, uni barcha davlat boshqaruvi, hujjatlar yuritilishi, qonunlar va rasmiy bayonotlar tili sifatida qonuniy jihatdan mustahkamlaydi. Bundan tashqari, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun (1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan, 1995-yilda yangi tahrirda qabul qilingan) o‘zbek tilining ish yuritishdagi rolini yanada mustahkamladi. Ushbu qonunga ko‘ra, barcha davlat idoralari, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar o‘z ishyurituvini, rasmiy hujjatlarini vaxizmat yozishmalarini davlat tilidaolib borishi shart. Hozirgi global raqamlashtirish va axborot texnologiyalari sharoitida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi faqat siyosiy ramz bo‘lib qolmasligi, balki amaliy kommunikatsiya vositasi sifatida rivojlanishi zarur. Ish yuritishdagi rasmiy matnlar (buyruqlar, farmoyishlar, xizmat yozishmalari, bayonnomalar, axborot xatlari va boshqalar) til me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda yozilishi lozim. Afsuski, ayrim hollarda rasmiy yozishmalarda fonetik, grammatik va uslubiy xatolarning uchrashi kuzatilmoqda, buesatilmadaniyatiga salbiy ta’sirko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, davlat tilida ish yuritish – bu nafaqat huquqiy majburiyat, balki ijtimoiy va madaniy mas’uliyat hamdir. Xodimlarning o‘zbek tilida savodli yozish, so‘zlash, rasmiy matn tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni davriy ravishda til bo‘yicha attestatsiyalardan o‘tkazish bugungi kundadolzarb masalalardan biridir. Natijalar va tahili. Zamonaviy texnologiyalar davlat boshqaruvi va korporativ boshqaruv tizimida ish yuritish jarayonlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. An’anaviy qog‘oz shaklidagi hujjatlar aylanishi o‘rnini asta-sekin elektron hujjat aylanishi, raqamli arxivlar, onlayn platformalar va 520 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI axborot tizimlari egallab bormoqda. Bu o‘zgarishlar nafaqat hujjatlar bilan ishlash tezligini oshiradi, balki ish samaradorligini, hujjat aylanishi shaffofligini va til me’yorlarining avtomatik nazoratini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida davlat idoralarida Elektron hukumat tizimi, my.gov.uz, e- imzo, id.gov.uz kabi elektron platformalar orqali hujjatlarni rasmiylashtirish va tarqatish keng joriy etilgan. Ushbu tizimlar orqali ish yurituvchilar xizmat yozishmalarini masofadan turib yuborish, imzolash, tasdiqlash va kuzatish imkoniga egadirlar. Bunday raqamli vositalar nafaqat vaqt va resurs tejamkorligini ta’minlaydi, balki til jihatidan yagona standartni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy dasturiy vositalar — masalan, Grammarly, LanguageTool, Microsoft Editor, shuningdek o‘zbek tiliga moslashtirilgan "Imlo.uz" kabi servislar — hujjatlarning til jihatdan to‘g‘riligini avtomatik tarzda tekshirish imkonini beradi. Bu dasturlar tahrir qilish jarayonida stilistik, grammatik va orfoepik xatolarni kamaytiradi, til madaniyatini oshiradi, hamda ish yurituvchilarning savodxonligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Alohida e’tiborli jihat shundaki, zamonaviy texnologiyalar orqali ko‘p tilli tarjima xizmatlari ham kengayib bormoqda. Masalan, Google Translate, DeepL, yoki Tilde kabi xizmatlar o‘
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va zamonaviy ish yuritish tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va zamonaviy ish yuritish tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘zbek tili., raqamlashtirish, Davlat tili, sun’iy intellekt, ish yuritish, texnologik platformalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026