К содержанию
РецензированоUZ2026

TURLI JANRDA YOZILGAN VERTUOZ PYESA VA ZAMONAVIY ASARLAR

Yo‘ldosheva Sevara Qo‘ldoshqizi · QarDU San’atshunoslikfakulteti

Международный журнал научных исследователей · 12 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada turli janrlarda yozilgan vertuoz pyesalar va zamonaviy asarlarning badiiy xususiyatlari hamda ijrochilik imkoniyatlari o‘rganiladi. Avvalo, vertuoz pyesalarning tarixiy rivojlanish jarayoni, ijrochilardan talab qilinadigan texnik mahorat darajasi va ularning ijobiy ifoda doirasi tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy asarlarning kompozitsion yechimlari, musiqiy ifoda vositalari va tomoshabinga ko‘rsatadigan estetik ta’siri haqida so‘z yuritiladi. Ish davomida an’anaviy pyesa bilan hozirgi zamon ijodiy yo‘nalishlarining o‘zaro bog‘liqligi, musiqiy merosni boyitishdagi o‘rni va ijro amalyotida yuzaga keladigan yangiliklar ham ko‘rib chiqiladi. Xususan zamonaviy asarlarning janrlar aro uyg‘unlashuvi, ijrochilik texnikasi va ifoda erkinligini kengaytirishdagi rolini yoritib beriladi. Natijada, bunday asarlarni tahlil qilish orqali milliy va jahon musiqasining turli qatlamlari o‘rtasidagi uzviy aloqalar, ularning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari hamda ijrochilar uchun yaratadigan ijodiyimkoniyatlari haqida xulosachiqariladi. Kalit so‘zlar: virtuoz pyesa, dramaturgiya, zamonaviy teatr, absurd teatr, epik drama, tragediya vakomediya, chuqur xaraktertahlili. Turli janrlarda yozilgan Virtuoz pyesalar uzi nima deganda; Dramaturgiya san’ati tarixiy jarayonda turli shakl va mazmun o‘zgarishlarini boshdan kechirgan. Vertuoz pyesalar esa o‘ziga xos dramatik tuzilishi, murakkab dialoglari va sahnaviy kuchi bilan ajralib turadi1. Ular turli janrda yaratilgan bo‘lib, tragediya, kamediya dramatic realizm, absurt teatr, epik drama kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ushbu maqolada klassik va zamonaviy dramaturgiyadagi virtuoz pyesalar va zamonaviy asarlar haqida ma’lumot beriladi. Vertuoz pyesalarning xususiyatlari bular; Murakkab syujet vatuzilma- klassik uchbirlik qoidalariga yoki innavatsion yondashuvlarga asoslanadi. Murakkab syujet va tuzilma adabiyot va dramaturgiyaning eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Bunday syujetlar o‘quvchi yoki tomashabinni jalb qilish, ularni fikrlashga undash hamda asarni badiiy qiymatini oshirish uchun hizmat qiladi. Chuqur xarakter tahlili personajlarning ruhiy holati va psixologik ziddiyatlari yoritiladi. Dramaturgiya va adabiyotda chuqur xarakter tahlili asarning badiiy qimmatini oshiruvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Xarakter tahlili inson pisixologiyasining chuqur qatlamlarini ochib berib, qahramonlarning ichki ziddiyatlari, motivlari, qaror qabul qilish jarayoni va ruhiy evolutsiyasini namoyon qiladi. Ichki kechinmalar va psixologik murakkablik qahramonlar bir yoqlama emas, ko‘p qirrali bo‘lishi lozim. Motivatsiyaning tafsiloti tasviri harakatlar sabablari chuqur asoslangan bo‘lishi kerak. Ichki va tashqi konfliktlarning uyg‘unligi- qahramon ichki kechinmalar bilan kurashar ekan, tashqi dunyoda ham qiyinchiliklarga duch kelishi kerak. Murakkab rivojlanish yo‘nalishi xarakterlar tajribadan o‘tib, o‘zgarish yoki ruhiy inqirozga uchraydi. Dialog va ichki monologlar – asarda qahramon ruhiy olami ko‘proq bevosita so‘zlar orqali emas, balki monologlar, subtekslar va imo-ishoralar orqali beriladi. Ijodiy eksperimentlar - zamonaviy dramaturgiyada vaqt va makon tushunchalari bilan o‘ynash, ochiq final va syujetning 1Brecht,B.Epikteatrnazariyasi.Moskva:Iskusstvo,1964 269 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 12,issue1,June2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X dekonstruksiyasi kuzatiladi. Ijodiy eksperimentlar — bu yozuvchi yoki dramaturgning an’anaviy usullarni buzib,yangi badiiy shakl vaifoda vositalarini yaratishga urinishidir2. Bunday eksperimentlar asosan syujet, tuzilma, til, vaqt xarakter va o‘quvchi va tomoshabinga ta’sir qilish usullari bilan bog‘liq bo‘lib, ular adabiyot va teatrda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirgan. Sahnaviy samaradorlikda sahna imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalaniladi. Sahnaviy samaradorlik teatr san’atining eng muhim jihatlaridan biri bo‘lib, u tomoshabinni jalb qilish, his-tuyg‘ularini uygo‘tish va dramatik asarning asosiy g‘oyasini yetkazishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu tushuncha dramaturgiya, aktyorlik san’ati, sahna jihozlari, yoritish, musiqa va boshqa teatr elementlar orqali namoyon bo‘ladi. Asosiy omillari Pyesaning syujet strukturasining ravshanligi va dinamikasi tomoshabinni jalb qilishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Sahnaviy samaradorlikni oshirish uchun dramaturglar asosan quydagi texnikalardan foydalanadilar: Tension (keskinlik) dramatik voqealar orasidagi ziddiyatni oshirish. Foreshadowing (bashorat) kelajakdagi voqealarni syezdirib qo‘yish. Kulish orasidagi hodisalar- tomoshabinni qiziqtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmaydigan voqealar. Aktyorlar san’ati

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada turli janrlarda yozilgan vertuoz pyesalar va zamonaviy asarlarning badiiy xususiyatlari hamda ijrochilik imkoniyatlari o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada turli janrlarda yozilgan vertuoz pyesalar va zamonaviy asarlarning badiiy xususiyatlari hamda ijrochilik imkoniyatlari o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dramaturgiya, virtuoz pyesa, zamonaviy teatr, tragediya va komediya, chuqur xarakter tahlili., absurd teatr, epik drama
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники