К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY O‘ZBEK HIKOYACHILIGIDA MILLIY RUH (Javlon jovliyev, Jasur Kengboyev hikoyalari misolida)

G‘ofurova DildoraRavshan qizi

Международный журнал научных исследователей · 12 · 2026

Аннотация

This article explores the theme of national spirit and national values in contemporary Uzbek prose. It examines the reflection of national values and traditions in modern stories, their uniqueness, as well as the correlation between the national spirit and thepsychological states of thecharacters. The theoretical foundations of the concept of nationality, the cultural and historical roots of national values, and their role in contemporary Uzbek literature are analyzed. Using the works of Javlon Jovliyev and Jasur Kengboyev as examples, the article highlights the modern manifestations ofthenational spiritand itssignificance in prose art. Keywords: national spirit, National values, Contemporary Uzbek prose, Javlon Jovliyev, Jasur Kengboyev, National identity, Cultural heritage, Literary analysis, Modern Uzbek literature, Psychological portrayal. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti asarlarida milliy qadriyatlar ko‘pincha insonlarning ichki kechinmalari, jamiyatdagi o‘zgarishlar va global jarayonlar kontekstida o‘rganiladi. Shu bilan birga, milliy qadriyatlar zamonaviylik bilan uyg‘unlashib, milliylikning yangi ko‘rinishlarini yaratadi. Bu esa adabiyotning faqat tarixiy yoki folkloriy qiyofasidan chiqib, zamonaviy jamiyatning murakkab ruhiy-ijtimoiy muammolarini aks ettirish imkonini beradi. Natijada, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni zamonaviy badiiy usullar bilan boyitish o‘zbek adabiyotining rivojlanishi uchun muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy o‘zbekhikoyachiligi milliy ruhni ifodalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Milliy ruh – bu xalqning tarixiy tajribasi, madaniy qadriyatlari, urf-odatlari va milliy ongining badiiy ifodasidir. Hikoyachilikda esa bu ruh qahramonlarning xarakteri, voqealar rivoji va muhit orqali ko‘rsatiladi. Mustaqillik davrida o‘zbek hikoyachiligi yangi bosqichga ko‘tarilib, milliy qadriyatlarni zamonaviy kontekstda talqin qilish imkoniyatini oldi. Hikoyachilar insonning ichki dunyosini, uning jamiyatdagi o‘rni va zamonaviy 205 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 12,issue1,June2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X muammolarni milliy ruh bilan uyg‘unlashtirib, yangi obrazlar yaratishga intiladi. Bu jarayon milliylik vaumuminsoniylik o‘rtasidagi muvozanatnita’minlaydi. Zamonaviy hikoyachilikda milliy ruh nafaqat tarixiy voqealar yoki an’anaviy madaniyat elementlari orqali, balki inson qalbining murakkab kechinmalari, axloqiy izlanishlari va jamiyatdagi o‘zgarishlar doirasida ifodalanadi. Javlon Jovliyev va Jasur Kengboyev kabi yozuvchilar asarlarida milliy ruhning zamonaviy ko‘rinishlari yaqqol sezilib, ularning badiiy dunyosi xalqning tarixiy va ma’naviy merosini zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. Ularning hikoyalari milliy qadriyatlarni yangi estetika va gumanizm mezonlaridayangilab, o‘quvchini chuqur tafakkurgachorlaydi. Shunday qilib, zamonaviy o‘zbek hikoyachiligi milliy ruhni asrab-avaylab, uni bugungi kunning murakkab realiyatlariga moslashtirish orqali milliy o‘zlikni saqlash va rivojlantirishdamuhimvazifabajaradi. Javlon Jovliyev va Jasur Kengboyev o‘zbek adabiyotining zamonaviy hikoyachiligi sohasida milliy ruhni ifodalashda muhim o‘rin egallaydi. Ularning asarlari milliy qadriyatlar, urf- odatlar va xalqning ma’naviy olami bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, badiiy jihatdan chuqur vako‘pqirrali tasvirlarni taqdim etadi. Javlon Jovliyev hikoyalarining asosiy kuchi — uning obrazlarida. Masalan, “Qo‘rqma” asaridagi bosh qahramon o‘zligini izlab, tarixiy xotira sari sayr qiladi. Bu obraz orqali yozuvchi milliylikni o‘tmishga nazar, ajdodlarga hurmat va ma’naviy merosni anglash orqali ko‘rsatadi. Obrazlar odatiy emas — ular zamonaviy, lekin ich-ichidan xalq ruhi bilan yashaydi. Yana bir jihat — ayol obrazlaridagi milliylik. Ular shunchaki obraz emas, ular sabr-toqat, mehr, or-nomus ramzi. O‘zbek ayoli qanday bo‘lishi kerak degan savolga yozuvchi badiiy javob beradi. Bu javob esazamonaviylik bilan uyg‘un. Xususan, “Jilovdoshim” hikoyasida aynan turkiy birlik mavzusi badiiy talqin etilgan. “Raddi balo bo‘lsin Turkistonga” degan ibora bilan boshlanuvchi ushbu hikoyada turkiy xalqlarning mushtarak ildizlari, ularning tarixiy fojialari, milliy qahramonlari — xususan, “Afrosiyob” kabi timsollarni tarix sahnasidan yo‘qotish harakatlari, o‘z tariximizni “chin” — ya’ni ishonchli manbalar orqali tiklash zaruriyati haqida so‘z yuritiladi. Muallif, shuningdek, turkiy xalqlarning dunyo bo‘ylab tarqalib ketgani, sovet davridagi “milliy chegaralanish” siyosati oqibatida Turkiston birligi parchalanganini tanqidiy ruhda yoritadi. Hikoyada Turkiston timsolida ifodalangan turkiy birlik g‘oyasi ramziy va obrazli vositalar orqali chuqurochibberil

Доказательный фрагмент

«This article explores the theme of national spirit and national values in contemporary Uzbek prose.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the theme of national spirit and national values in contemporary Uzbek prose. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
national spirit, National values, Contemporary Uzbek prose, Javlon Jovliyev, zamonaviy o‘zbek nasri, milliy o‘zlik, milliy ruh, adabiy tahlil, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, Jasur Kengboyev, milliy qadriyatlar, madaniy meros, ruhiy tasvir.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники