Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISH: O’ZBEKISTONNING YANGI IQTISODIY YO’LI
YASHILIQTISODIYOT VABARQAROR RIVOJLANISH:O’ZBEKISTONNING · YANGI IQTISODIYYO’LI
Международный журнал научных исследователей · 12 · 2026
Аннотация
;Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mazmuni, barqaror rivojlanish bilan o‘zaro bog’liqligi hamda O‘zbekiston Respublikasida bu borada olib borilayotgan islohatlar yoritilgan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivoji,xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar,yashil kreditlar va davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Maqola O‘zbekistonning ekologik barqarorligi va iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi amaliy harakatlarini ko‘rsatib beradi. Kalit so’zlar.Yashil iqtisidiyot,barqaror rivojlanish ,qayta tiklanuvchi energiya , ekologik siyosat, O‘zbekiston ,yasil kreditlar, xalqaro hamkorlik , quyosh energiyasi ,shamol elektr stansiyasi. 1Kirish Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, ekologik muommolar va tabiiy resurslarning cheklanganligi global iqtisodiyotning asosiy tahdidlari bo‘lib qolmoqda. Shu sababli dunyo mamlakatlari yashil iqtisodiyotga o‘tish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqmoqda. Yashil iqtisodiyotga o‘tish global miqyosda dolzarb masalaga aylandi. Bunga bir qator omillar, xususan iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi, atrof-muhitning ifloslanishi kabi global muammolar sabab bo‘lmoqda. Shu qatorda, yashil texnologiyalarning rivojlanishi va ularning narxi pasayishi ham bu jarayonni tezlashtirmoqda. O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishda faol ishtirok etib ,2025-yilni “Ekologik himoya va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu strategiya mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi. Yashil iqtisodiyot -bu atrof muhitga zarar yetkazmasdan, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan yondashuvdir. Bu modelda energiya tejamkorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish , chiqindilarni kamaytirish va resurslardan oqilonafoydalanish asosiy mezon sifatida qaraladi. Barqaror rivojlanish esa insoniyat ehtiyojlarini hozirgi avlod ehtiyojlarini qondirgan holda, kelajak avlodlar imkoniyatlarini kamaytirmaslik tamoyiliga asoslanadi. Yashil iqtisodiyot butamoyilni amaliyotda ro‘yobga chiqarish vositasi hisoblanadi. 2Eksperimentalnatijalar vaularning muhokamasi 236 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 12,issue1,June2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Yashil iqtisodiyotga o‘tish global tendensiya bo‘lib, ko‘pgina mamlakatlar bu yo‘nalishda faol harakatlarni amalga oshirmoqda. Bu jarayon bir qator afzalliklar va imkoniyatlar yaratadi.Birinchidan, yashil iqtisodiyot modeliga o‘tish ekologik barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi. UNEP ma’lumotlariga ko‘ra, yashil iqtisodiyot atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda muhim rol o‘ynaydi. Bu ayniqsa, iqlim o‘zgarishi kabi global muammolar sharoitida juda muhimdir. Ikkinchidan, yashil texnologiyalar resurslardan yanada samaraliroq foydalanish imkonini beradi, bu esa iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Barbier (2011) ta’kidlaganidek, bu resurslarning cheklanganligi sharoitida muhim ahamiyatga ega. Masalan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari an’anaviy yoqilg‘ilarga bo‘lgan ehti-yojni kamaytiradi.Uchinchidan, yashil iqtisodiyot sohalari rivojlanishi yangi “yashil” ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi. Bu esa bandlik va iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.To‘rtinchidan, yashil iqtisodiyot yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlar ishlab chiqishni rag‘bat-lantiradi. Masalan, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari sohasidagi innovatsiyalarenergetika sektorini butunlayo‘zgartirmoqda. Yashil Kreditlar va Barqaror Iqtisodiy Rivojlanish –bu ekologik jihatdan tozava barqaror rivojlanishni ta’minlaydigan loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlardir. Ular iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda atrof-muhitni muhofaza qilish, energetika samaradorligini oshirish va yashil infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi. Yashil kreditlar berilishining asosiy yo‘nalishlari: Quyosh va shamol energiyasi loyihalari; Energiya samaradorligini oshirish (izolyatsiya, LED yoritish, ventilyatsiya); Ekologik toza transport vositalarini xarid qilish; Qayta ishlash va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha loyihalar; Suv tejovchi texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi sohasida ekologik tashabbuslar. O‘zbekiston tajribasi: O‘zbekistonda 2020- yildan boshlab yashil kreditlar faol joriy etilmoqda. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD), Osiyo taraqqiyot banki (ADB) va Jahon banki kabi moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda yashil moliyalashtirish dasturlari ishlab chiqilgan. Ipoteka-bank, Agrobank, Hamkorbank va boshqa tijorat banklari ushbu kreditlarni aholiga va tadbirkorlarga taklif etmoqda. 1-jadval:O’zbekistondabanklartomo
Доказательный фрагмент
«;Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mazmuni, barqaror rivojlanish bilan o‘zaro bog’liqligi hamda O‘zbekiston Respublikasida bu borada olib borilayotgan islohatlar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превью;Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mazmuni, barqaror rivojlanish bilan o‘zaro bog’liqligi hamda O‘zbekiston Respublikasida bu borada olib borilayotgan islohatlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yasil kreditlar, Yashil iqtisidiyot, quyosh energiyasi, xalqaro hamkorlik, shamol elektr stansiyasi., ekologik siyosat, qayta tiklanuvchi energiya, O‘zbekiston, barqaror rivojlanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014