Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIYIM TARAQQIYOTINING IJTIMOIY-ESTETIK ASOSLARI: TARIXIY DAVLARDA USLUB VA MODANING O‘RNI
KIYIM TARAQQIYOTINING IJTIMOIY-ESTETIKASOSLARI:TARIXIY · DAVLARDA USLUBVAMODANING O‘RNI · Shamsiyeva Marjona Uchqunqizi · QarshiDU San’atshunoslikfakulteti
Международный журнал научных исследователей · 12 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kiyim-kechakning insoniyat tarixidagi o‘rni, uning uslubiy va estetik shakllanish bosqichlari, moda bilan bog‘liq ijtimoiy va madaniy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi. Turli tarixiy davrlardagi kostyum shakllari orqali insonning estetik ideali, ijtimoiymavqei vamadaniy qarashlari yoritiladi. Kalitso‘zlar: kiyim, uslub, moda, estetikideal, tarixiydavr, kostyum, garmoniya. Kiyim insoniyat madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, u nafaqat himoya vositasi, balki jamiyatning ma’naviy-estetik dunyoqarashini ifoda etuvchi fenomen hisoblanadi. Kiyim evolyutsiyasi — bu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ma’naviy qadriyatlari va san’atga bo‘lgan munosabatining yaqqol ko‘rinishidir1. Kiyimningibtidoiy shakllanishi vauslubtushunchasi Insoniyatning dastlabki bosqichlarida kiyim hayvon terisi, baliq ichaklari va o‘simlik tolalaridan tayyorlangan. Bunda asosiy maqsad sovuqdan himoyalanish bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilankiyim estetik vaijtimoiy identifikatorgaaylandi2. Kiyimdagi uslub tushunchasi — bu jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyatini ifodalovchi barqaror badiiy belgilar majmuasidir. Uslub muayyan davrning badiiy tili, estetik ideali sifatidaqaraladi3. Antik davr: me’yor va garmoniya uyg‘unligi Qadimgi Yunoniston va Rim davrida estetik ideal sifatida inson gavdasi markazga chiqarilgan. Bu davrda me’yor (lot. norma) — go‘zallik mezoni, garmoniya esa barcha qismlarning muvozanati sifatida talqin etilgan4. Yunon arxitekturasi va kostyumlari “inson gavdasining aks sadosi” tarzida yaratilgan. Kostyumlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson shakli bilanuyg‘unlashgan drapirlangan matolardan iborat bo‘lgan. O‘rta asrlar:estetik idealning o‘zgarishi Feodalizm va cherkovning mafkuraviy ta’siri ostida o‘rta asrlarda inson tanasi yashiriladigan estetik ideal shakllandi. Gavda go‘zalligidan zavqlanish gunoh hisoblangan, shu sababli kostyumlar ko‘p qatlamli, og‘ir va tanani butkul yopuvchi bo‘lgan5. Bunday kiyimlar qattiq korset, shnurlar va cho‘zinchoq poyabzallar orqali gavda plastikasi buzilgan tarzda shakllantirilgan. Bu davrda disproportsiya vaasimmetriya ustuvorbo‘lgan. 1KarimovA.Modasan’ativadizaynnazariyasi.Toshkent,2018. 2G‘afurovaD.Kiyimmadaniyativazamonaviylik.Samarqand,2021. 3Platon.Davlat.Toshkent:Afrosiyobnashriyoti,2010. 4Aristotel.Poetika.Toshkent:Fan,1996. 266 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 12,issue1,June2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Uyg‘onishdavri:gumanistik estetika Uyg‘onish davrida inson tabiatining go‘zalligini ulug‘lovchi estetik qarashlar shakllanadi. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael Santi kabi rassomlar inson gavdasini mukammallik namunasi sifatidatasvirlaganlar. Kostyumlar ochiq, nafis, atlas va mo‘yna bilan bezatilgan, estetik va estetik nafosat birligi yuksak darajaga ko‘tarilgan. BarokkovaRokokouslublari:dabdabadorlikdanorzuga XVII–XVIII asrlarda Barokko uslubi paydo bo‘lib, unda teatrga xos harakatlar, dabdabadorlik, ijtimoiy mavqe ifodasi ustunlik qiladi. Kostyumlar keng yelka, poshnali poyabzal, ko‘pqatlamlimatolar orqali inson gavdasini kattaqilib ko‘rsatishgaxizmat qilgan. Keyinchalik Rokoko uslubi noziklik va orzular dunyosiga yo‘naltirilgan. Kiyimlar engil, shaffof, «gazsimon» matolardan tikilib, ayol gavdasining bel, ko‘krak va bo‘ksa qismlariga urg‘uberilgan. Zamonaviy davr: texnikavaestetik erkinlik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xususan Fransuz inqilobi (1789) va sanoat inqilobi oqibatida kiyim-kechakdagi estetik mezonlar tubdan o‘zgardi. Kiyimlar asta-sekinlik bilan funksionallik, erkinlik va amaliylik tamoyillari asosida shakllana boshlaydi5. Jamiyatdagi demokratik g‘oyalar, ayollar harakati va texnika rivoji inson salohiyatini ifodalashda yangi vositalarni taklifqiladi. Bu davrga qadar ayollar kiyimida mavjud bo‘lgan sun’iy shakllar — korset, krinolin, turnyur kabi gavda shaklini majburan o‘zgartiruvchi elementlar asta-sekinlik bilan rad etiladi. Buning o‘rniga inson tanasining tabiiy shaklini ko‘z-ko‘zqiluvchi erkin kiyimlarmodaga kiradi. Bu esa “bashanglik” tushunchasiga yangicha, individuallik va shaxsiy erkinlikni ifodalovchi mazmunbaxshetadi. Zamonaviy moda tobora individuallik, o‘zini ifodalash vositasiga aylanadi. Modadagi uslubiy erkinlik, texnologik yangiliklar (sintetik matolar, ommaviy ishlab chiqarish, konfeksion tikuvchilik) estetik qadriyatlar xilma-xilligini yuzaga keltiradi. Ayniqsa XX asrda yirik dizaynerlar — Koko Shanél, Kristin Dior, Yevs Sen-Loran kabi modachilar yangi estetik idealni shakllantiradi: ayol obrazidakuch,nafislik va zamonaviylik uyg‘unligi paydo bo‘ladi. Bugungi kunga kelib moda jamiyatdagi jadal o‘zgarishlarning estetik ifodach
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kiyim-kechakning insoniyat tarixidagi o‘rni, uning uslubiy va estetik shakllanish bosqichlari, moda bilan bog‘liq ijtimoiy va madaniy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kiyim-kechakning insoniyat tarixidagi o‘rni, uning uslubiy va estetik shakllanish bosqichlari, moda bilan bog‘liq ijtimoiy va madaniy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- garmoniya., uslub, estetik ideal, kiyim, tarixiy davr, kostyum, moda
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014