К содержанию
РецензированоUZ2026

RENESSANS POYDEVORI. 1- VA 2-RENESSANS DAVRI ALLOMALARI

Abdilazizova Shaxnoza Xotamjonovna · Fargʻonaviloyati Rishton tumani

Международный журнал научных исследователей · 12 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Sharq sivilizatsiyasining yuksak bosqichi bo‘lgan I va II- Renessans davrining ilmiy-ma’naviy ahamiyati yoritilgan. I-Renessans davri allomalari – Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino tomonidan yaratilgan ilmiy meroslar hamda ularning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi tahlil qilingan. Shuningdek, II-Renessans – Temuriylar davrida Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy kabi buyuk mutafakkirlarning faoliyati va ularning ilm, adabiyot va san’at rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi o‘rganilgan. Maqolada bugungi kunda ushbu tarixiy merosning zamonaviy ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotdagi o‘rniva ahamiyati haqida ham fikryuritiladi. Kalit so‘zlar: Renessans, I-Renessans davri, II-Renessans davri, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Sharq uyg‘onishi, Temuriylar, ilm-fan, ma’naviyat, tarixiy meros, uyg‘onishdavri, Sharq allomalari. Insoniyat tarixida muhim burilish nuqtalarini belgilab bergan davrlar mavjud bo‘lib, ular jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan, madaniyat va san’at rivojida ulkan ahamiyat kasb etgan. Bunday davrlarning eng yorqin namoyonlaridan biri bu – Renessans, ya’ni uyg‘onish davridir. Garchi "Renessans" atamasi ilk bor Yevropa tarixida XV–XVI asrlarda san’at va ilm-fan sohalarida ro‘y bergan yuksalishni ifodalash uchun qo‘llanilgan bo‘lsa-da, bu jarayonning ilk ko‘rinishlari undan ancha avval, ayniqsa, Sharqda yuz bergani tarixiy haqiqatdir. Sharqda bu uyg‘onish ikki bosqichda – I-Renessans (IX–XII asrlar) va II-Renessans (XIV–XVI asrlar) sifatida namoyon bo‘lgan. O‘zbekiston hududida shakllangan mazkur ikki bosqichli uyg‘onish jarayoni – inson tafakkurining yuksalishi, ilmiy tafakkur va falsafiy qarashlarning shakllanishi, adabiyot va san’atning rivojlanishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. I-Renessans davri Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy kabi mutafakkirlarni, II-Renessans davri esa Ulug‘bek, Alisher Navoiy, G‘iyosiddin Koshiy kabi allomalarni yetishtirib berdi. Bu allomalar yaratgan ilmiy va madaniy meros nafaqat o‘z zamonasining ilm-fani va madaniyatini taraqqiy ettirdi, balki butun jahon sivilizatsiyasigaulkan hissaqo‘shdi. I-Renessans davri: Ilmiy uyg‘onishning Sharqdagi bosqichi. Sharq uyg‘onishining birinchi bosqichi IX–XII asrlarda Movarounnahr, Xuroson, Fors va Arab xalifaligi hududida yuz bergan bo‘lib, bu davr islomiy sivilizatsiyaning gullab-yashnagan, ilmiy va madaniy rivoj yuksak darajaga yetgan davr hisoblanadi. Aynan shu davrda Yunoniston, Hindiston, Eron, Arab xalqlari merosi keng o‘rganildi, tarjima qilindi va yangi ilmiy g‘oyalar bilan boyitildi. Bu uyg‘onish jarayonida Markaziy Osiyoning o‘zidan chiqqan mutafakkirlar Sharq va G‘arb ilm- fan taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Bunday allomalar nafaqat mavjud bilimlarni targ‘ib qildi,balki o‘zlariningilmiy yangiliklaribilan butun dunyoga mashhurbo‘ldilar. Abu Nasr Forobiy (873–950). Abu Nasr Forobiy – “Sharq Aristoteli” deb nom olgan, qadimgi yunon falsafasi va islom falsafasini uyg‘unlashtirgan ulug‘ allomadir. Uning “Mantiq”, “Falsafa as-siyosiy”, “Ijtimoiy axloq” kabi asarlari G‘arb falsafasining shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Forobiy jamiyatni ma’naviy jihatdan yetuk, aqlli kishilar boshqaradigan 136 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 12,issue1,June2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X “fazilatli shahar” tushunchasini ilgari surgan. Forobiyga ko‘ra, “Insonning eng oliy kamoloti – aqlnimukammal ishlatib, haqiqatni anglashga intilishidir.” Abu Rayhon Beruniy (973–1048). Beruniy ensiklopedik bilim egasi bo‘lib, 150 dan ortiq asarlar yozgan. Uning “Hindiston”, “Geodeziya”, “Osor al-boqiya” asarlari zamonaviy antropologiya, tarix, geografiya va geologiya fanlarining poydevorini tashkil qiladi. U Yerning o‘lchamini hisoblab chiqqan va Quyosh atrofida harakat qiluvchi sayyoralar g‘oyasini ilgari surgan. Abu Ali Ibn Sino (980–1037). Ibn Sino – Yevropa va Sharqda “Avitsenna” nomi bilan mashhur, tib, falsafa, matematika, musiqashunoslik va astronomiyaga oid 450 dan ortiq asarlar muallifidir. Uning eng mashhur asari – “Al-Qonun fi-t-tibb” (Tib qonunlari) 500 yil davomida Yevropa universitetlarida asosiy darslik bo‘lib xizmat qilgan. U salomatlikni saqlash, kasalliklarni tashxislash va davolash usullarini zamonaviy tibbiyotga yaqinlashgan darajada izohlagan. Ibn Sino ta’kidlaydi: “Ilm –insonnizulmatdan nurga olibchiqadigan kuchdir.” Ahmad al-Farg‘oniy (IX asr). Astronomiya va matematika ilmidagi yutuqlari bilan dunyoga tanilgan Ahmad Farg‘oniy Nil daryosining suvlari o‘lchanadigan inshootlar qurilishi, sayyoralarning harakati va Quyosh soatlari haqida chuqur tadqiqotlar olib borgan. Uning asarlari G‘arbda lotin tiliga tarjim

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Sharq sivilizatsiyasining yuksak bosqichi bo‘lgan I va II- Renessans davrining ilmiy-ma’naviy ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Sharq sivilizatsiyasining yuksak bosqichi bo‘lgan I va II- Renessans davrining ilmiy-ma’naviy ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarixiy meros, uyg‘onish davri, Forobiy, Alisher Navoiy, Sharq uyg‘onishi, Renessans, Beruniy, I-Renessans davri, ma’naviyat, Mirzo Ulug‘bek, Temuriylar, Sharq allomalari., ilm-fan, Ibn Sino, II-Renessans davri
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники