Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONKOLOGIK KASALLIKLARDA GENETIK BIOMARKERLARGA ASOSLANGAN MAQSADLI DORI VOSITALARINING TAHLILI VA ISTIQBOLLARI
Turayeva G · Otabekova F.O.
Международный журнал научных исследователей · 12 · 2026
Аннотация
This article analyzes the importance, modern approaches, and prospects of targeted drug therapies based on genetic biomarkers in oncological diseases. Unlike traditional chemotherapy methods, targeted therapy offers precision at the cellular level and enables an individualized approach for each patient. This method increases the effectiveness of treatment while reducing adverse side effects. The article also provides information about some widely used targeted drugs, such as Trastuzumab, Erlotinib, and Vemurafenib. Personalized therapy based on genetic biomarkers such as HER2, EGFR, KRAS, BRAF, and ALK represents a new erainoncology. Keywords. genetic biomarkers, Trastuzumab, Erlotinib, Vemurafenib, HER2, EGFR, KRAS, BRAF, ALK, personalized therapy, targeted treatment, oncology Kirish. Saraton kasalligi bugungi kunda global miqyosdagi eng jiddiy sog‘liq muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili taxminan 19,3 million odamda yangi saraton holatlari aniqlanadi va 2030 yilga borib bu raqam 24 milliondan oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 2020 yilda taxminan 10 million odam saratondan vafot etgan, bu butun o‘lim holatlarining taxminan 1/6 qismini tashkil qiladi. Shunga qaramasdan ushbu kasallikni davolash usullari ham jadal rivojlanmoqda. An’anaviy kimyoterapiya usullari ko‘plab hollarda o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa-da, ularda nojo‘ya ta’sirlar soniko‘pvabemorning hayot sifatiga jiddiyta’sirko‘rsatadi. Bugungi kunda onkologik kasalliklarni davolashda yangi yondashuv — genetik biomarkerlarga asoslangan maqsadli terapiya keng e’tiborni tortmoqda. Bu usul yordamida saraton hujayralarining molekulyar xususiyatlari aniqlanib, faqat o‘sha hujayralarni nishonga oluvchi dori tanlanadi. Avvallari saraton kasalligi bo‘lgan odamlar bir xil davolanar edi — hammasiga bir xil kimyoterapiya, bir xil doza. Bu usul ko‘pchilikka yordam bergan, lekin hamma odamda ham ishlamagan. Chunki har bir insonning organizmi, ayniqsa DNKsi — ya’ni genetik kodi — 151 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 12,issue1,June2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X o‘ziga xos bo‘ladi. Aynan shu farq dori ta’sirini belgilab beradi. Shu yerda “genetik biomarkerlar” degan tushuncha kirib keladi. Biomarkerlar bu — saraton hujayralarida yoki bemorning DNKsi, RNKsi, oqsillari ichida aniqlanadigan aniq belgilar, boshqacha qilib aytganda organizmdagi biologik jarayonlarning ko‘rsatkichlaridir. Ular genetik (DNK, RNK), oqsillik yoki metabolik o‘zgarishlar orqali aniqlanadi. Saraton kasalliklarida ba’zi genlar yoki oqsillar me’yordan ortiqcha ifodalanadi yoki mutatsiyaga uchraydi. Masalan: HER2 — ko‘krak bezi saratonida ko‘p uchraydi; EGFR — o‘pka saratonida ahamiyatli; KRAS, BRAF, ALK — ichki a’zolardagi saratonlarda muhim o‘rin tutadi. Agar biz bemorda HER2 yuqori darajada ekanini bilsak, unda aynan HER2 ni nishonga oladigan dori masalan, trastuzumab (Herceptin) beramiz. Bu dori sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmasdan, faqat saraton hujayralarini “topib yo‘q qiladi”. Bu — maqsadli terapiya deyiladi. Bugungi kunda bir nechta yuqori samarali maqsadli preparatlar ishlab chiqilgan va amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Masalan: Trastuzumab (Herceptin) — HER2 ijobiy ko‘krak bezi saratoni uchun, Erlotinib — EGFR mutatsiyasiga ega o‘pka saratoni uchun, Vemurafenib — BRAF mutatsiyasi mavjud teri melanomasi uchun foydalaniladi. Bu dori vositalari yuqori aniqlikka ega bo‘lib, davolash jarayonini individuallashtirish imkonini beradi. Maqsadli terapiya yuqori samaradorlikka ega, nojo‘ya ta’sirlari esa nisbatan kamroq. Shuningdek, bemorning genetik xususiyatlariga moslashtirish imkoniyati mavjud va kasallikni erta aniqlash hamda kuzatib borish uchun qulay. Kelajakda ushbu yo‘nalishda genom tahliliga asoslangan dori ishlab chiqish, AI yordamida molekulyar modellashtirish, hamda personalizatsiyalangan terapiya kengroq rivojlanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, genetik biomarkerlarga asoslangan maqsadli davolash saratonni davolash samaradorligini 15–30% ga oshiradi, demak, saraton tufayli o‘lim holatlarining kamida 15–30 foizini oldini olish mumkin. Bu degani, har yili 1,5-3 million odam hayotini saqlab qolish mumkin. Lekin, O‘zbekiston kabi davlatlarda bu yondashuvlar hali keng joriy qilinmagan, biroq busohadagi istiqbollari judakatta. Xulosa. Genetik biomarkerlarga asoslangan maqsadli terapiya — bu faqatgina yangi davolash usuli emas, balki bemorga individual yondashuvni ta’minlovchi inqilobiy yondashuvdir. Ushbu usul orqali nafaqat saraton hujayralari nishonga olinadi, balki davolash jarayonida bemorning hayot sifati saqlanadi. Tibbiy kimyo fanining kelajagi ham aynan shu yo
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the importance, modern approaches, and prospects of targeted drug therapies based on genetic biomarkers in oncological diseases.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the importance, modern approaches, and prospects of targeted drug therapies based on genetic biomarkers in oncological diseases. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- genetic biomarkers, Trastuzumab, Erlotinib, Vemurafenib, HER2, EGFR, KRAS, personalizatsiyalangan terapiya., genetik biomarkerlar, BRAF, ALK
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024