Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
BOSHLANG‘ICHSINF O‘QUVCHILARINING NUTQIYKOMPETENSIYASINI · RIVOJLANTIRISHNINGNAZARIY ASOSLARI · Nazirova Robiya Mamirjonqizi
Международный журнал научных исследователей · 12 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini shakllantirishning nazariy va metodik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Nutqiy kompetensiya tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, boshlang‘ich taʼlim bosqichida til o‘rganish jarayonidagi roli, pedagogik yondashuvlar va zamonaviy metodikalar asosida rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda kompetensiyani oshirish strategiyalari bayon qilinadi. Tadqiqotda ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalarga tayanilgan holda nutqiy rivojlanishsamaradorligini oshirishga qaratilgan nazariy tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar:nutqiy kompetensiya, boshlang‘ich taʼlim, til o‘rgatish, lingvodidaktika, kommunikativko‘nikmalar, metodika, taʼlim texnologiyalari Nutqiy kompetensiyani rivojlantirish bugungi kunda taʼlim jarayonining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bu kompetensiyani shakllantirish ularning keyingi taʼlim bosqichlaridagi muvaffaqiyatli o‘qishlari, fikrlash qobiliyatlari, mustaqil fikr yurita olish malakalariga bevosita ta’sir qiladi. Nutqiy kompetensiya bu – shaxsning o‘z fikrini aniq, to‘g‘ri, tushunarli va mantiqiy tarzda ifodalash, boshqalarni tushunish, turli kommunikativ vaziyatlarda to‘g‘ri munosabat bildirish layoqatidir. Bu kompetensiya til o‘rganishning asosiy poydevoridir va boshqa fanlarni o‘zlashtirishda ham hal qiluvchirol o‘ynaydi. Boshlang‘ich sinfda nutqiy kompetensiyani shakllantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar o‘quvchilarning tilga oid bilimlarini mustahkamlash, og‘zaki va yozma nutq faoliyatini faollashtirish, og‘zaki muloqot madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ushbu jarayonning nazariy asoslarini tahlil qilishda tilshunoslik, psixologiya, pedagogika, didaktika va lingvodidaktika fanlarining yondashuvlarini kompleks yoritish zarur. Nutqiy kompetensiya nafaqat grammatik bilimlarni o‘z ichiga oladi, balki madaniy, ijtimoiy, emotsional va etik komponentlarni ham qamrab oladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hali mustaqil fikr yuritish, mavzuni to‘liq bayon qilish, kontekstda nutq qurish kabi ko‘nikmalarga ega emasligi bois, ularda bu kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirish lozim. Bu jarayonda maktabgacha yoshdan boshlab berilgan tayyorgarlik, oilaviy muhit,atrofdagi nutqiymuhitham muhimrol o‘ynaydi. Pedagog nutqining boyligi, emotsional boyligi vatalaffuz aniqligi esa o‘quvchilarga namuna bo‘ladi. Nutqiy kompetensiyani shakllantirish nazariyasida bir nechta yondashuvlar mavjud. Jumladan, kommunikativ yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv, kognitiv yondashuv va lingvistik yondashuvlarni alohida ta’kidlash mumkin. Kommmunikativ yondashuv asosida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot, o‘quvchining o‘z tengdoshlari bilan erkin fikr almashishi, og‘zaki nutqni qo‘llashga yo‘naltiriladi. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvda esa 158 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 12,issue1,June2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X o‘quvchining mustaqil muloqotga kirishishi, muammoni yechish uchun til vositalaridan foydalana olishitalab qilinadi. Til kompetensiyasini shakllantirishda grammatik, leksik, fonetik bilimlarni berish muhim bo‘lsa-da, bu bilimlar kommunikativ vaziyatda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llanilmas ekan, natija bermaydi. Shu sababli o‘quvchilarda tilning amaliy jihatini shakllantirish maqsadida rolli o‘yinlar, suhbatlar, mashqlar, vaziyatli topshiriqlardan keng foydalanish kerak. Yana bir muhim jihat – bolalarda eshitish, esda saqlash, qayta hikoya qilish, fikr bildirish kabi psixik funksiyalarni faollashtirishdir. Chunki bu funksiyalar nutqiy kompetensiyaning shakllanishida asosiy o‘rin tutadi. Zamonaviy taʼlim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda tilga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni muloqotga undash mumkin. Masalan, “fikrlar bahsi”, “savol- javob”, “klasterlar”, “fikrlar zanjiri” kabi metodlar o‘quvchining faolligini oshirib, uning nutqiy ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu metodlar orqali bolalar o‘z fikrini erkin ifoda etish, boshqalarning fikrini tinglash, o‘z nuqtai nazarini dalillar asosida isbotlash ko‘nikmalarini egallaydi. Bunday yondashuvlar nafaqat o‘zbek tilini o‘rgatishda, balki boshqa fanlarda ham nutqiykompetensiyani rivojlantirish imkoniniberadi. Psixologik tadqiqotlarga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z fikrlarini qisqa, sodda, holatli jumlalar orqali ifoda etadi. Demak, ularning tafakkuri obrazli va emotsional xarakterga ega. Shu sababli nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda dramatik mashg‘ulotlar, obrazli
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini shakllantirishning nazariy va metodik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini shakllantirishning nazariy va metodik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kommunikativ ko‘nikmalar, metodika, boshlang‘ich taʼlim, nutqiy kompetensiya, til o‘rgatish, taʼlim texnologiyalari, lingvodidaktika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025