К содержанию
РецензированоUZ2026

VITAMINLARNING INSON ORGANIZMIDAGI ROLI

VITAMINLARNINGINSONORGANIZMIDAGI ROLI · Abdumutalova XosilaAlisher qizi · Zafarova Muxtabar Zoxidjonqizi

Международный журнал научных исследователей · 12 · 2026

Аннотация

Vitaminlar organizmda juda kam miqdorda kerak bo‘lishiga qaramay, ko‘plab hayotiy jarayonlarda — modda almashinuvi, immunitet, asab tizimi, suyaklar va qon aylanish faoliyatida faol ishtirok etadi. Maqolada vitaminlar suvda va yog‘da eriydigan turlarga bo‘lingan holda tahlil qilinib, ularning tabiiy manbalari, yetishmovchiligi va ortiqchaligi oqibatlari batafsil bayon qilingan. Mazkur maqola sog‘lom ovqatlanish va profilaktika choralarini tushunishdafoydalibo‘lishimumkin. Kalit so'zlar: Vitaminlar, organizm, sog‘liq, A vitamini, B guruhi vitaminlari, C vitamini, D vitamini, E vitamini, K vitamini, immunitet, oziq-ovqat, moddalar almashinuvi, gipovitaminoz, ovqatlanish, biologik ahamiyat. Kirish: Inson organizmi hayotiy jarayonlarni samarali bajarishi uchun turli oziq moddalariga muhtojdir. Ulardan biri —vitaminlar. Vitaminlar —bu hayot uchun zarur bo‘lgan, lekin organizm tomonidan yetarli miqdorda sintez qilinmaydigan organik moddalardir. Ular ko‘plab biokimyoviy jarayonlarning koenzimlari sifatida ishtirok etadi, hujayraviy metabolizmni, o‘sishni, immunitetni va asab tizimi faoliyatini tartibga soladi. Vitamin yetishmovchiligi esa nafaqat yallig‘lanish va surunkali kasalliklarga, balki jiddiy hayotiy xavflarga ham olib keladi. Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot vitaminlarning roli va ta’sir mexanizmlarini chuqur o‘rganmoqda.Vitaminlar organizm uchun juda muhim bo‘lib, kichik miqdorda bo‘lishiga qaramay, organizmning sog‘lom faoliyati uchun zarur. Ular modda almashinuvi,immun tizimi,asab tizimiva boshqako‘plabjarayonlarda ishtiroketadi. Asosiy qism: Vitaminlar organizmning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan biologik faol moddalar bo‘lib, ularning har biri muayyan fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi. Ular modda almashinuvini tezlashtiradi, hujayralarning yangilanishi, immunitetni mustahkamlash, asab tizimi va qon aylanish tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, vitaminlar antioksidantxususiyatlarga ega bo‘lib,erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiladi. Vitaminlarnima? Vitaminlar—organizmning normal faoliyati uchun zarur bo‘lgan organik birikmalar bo‘lib, ko‘p hollarda tanada sintez qilinmaydi. Shu sababli ularni oziq-ovqat orqali olish zarur. Vitaminlaryog‘da eriydigan vasuvda eriydigan vitaminlarguruhlariga bo‘linadi. Vitaminlarning turlari vaularning roli Yog‘da eriydigan vitaminlar — A, D, E va K vitaminlari. Ular tanada yog‘ to‘qimalarida saqlanadi vauzoqvaqt ta’sirko‘rsatadi. • A vitamini ko‘rish qobiliyatini saqlashda, teri va shilliq qavatlarning sog‘lom bo‘lishida, immunitetnimustahkamlashda ishtirok etadi. • D vitamini suyak va tishlarning rivojlanishi uchun kerak, kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi. •Evitaminihujayralarni oksidlanishdan himoya qiladi vateri salomatligini ta’minlaydi. •Kvitaminiqonivish jarayonidamuhim rol o‘ynaydi. 68 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 12,issue1,June2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Suvda eriydigan vitaminlar — B guruhi vitaminlari va C vitamini. Ular organizmda uzoq vaqt saqlanmaydi, shuning uchun doimiyravishda iste’mol qilishzarur. • B guruhi vitaminlari (B1, B2, B6, B12 va boshqalar) energiya ishlab chiqarish, asab tizimini mustahkamlash, qonhosilqilishdaishtirok etadi. • C vitamini immunitetni oshiradi, yaralarni tez bitishini ta’minlaydi va organizmni zararli ta’sirlardan himoya qiladi. Vitaminlarnimasababdan kamayadi? Vitaminlar darajasining kamayishi (ya’ni gipovitaminoz) bir qancha sabablar tufayli yuzaga keladi. Asosiy sabablar quyidagilardan iborat: 1. Noto‘g‘ri ovqatlanish- bu zamonaviy jamiyatdagi eng katta salomatlik muammolaridan biridir. Vitaminlarning yetishmovchiligi nafaqat individual sog‘liq uchun, balki butun aholining umumiy salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Sog‘lom ovqatlanish odatlari – meva-sabzavotlarni, to‘liq don mahsulotlarini, foydali yog‘larni, hayvoniy oqsillarni yetarli iste’mol qilish orqali oldiniolishmumkin. Ko‘plab odamlar kundalik ovqatlanishda sabzavot va mevalarni cheklaydi. Bu C vitamini, beta-karotin (A vitamini oldingi shakli), folat (B9), K vitamini tanqisligiga olib keladi.Chips, kolbasa, gazlangan ichimliklar, konserva ovqatlar vitaminlarga boy emas.Bu ovqatlar “bo‘sh kaloriya” deb ataladi – kaloriyasi ko‘p, foydasi yo‘q.Ayniqsa, B-kompleks vitaminlari va antioksidantlar (E, C) bu ovqatlarda deyarli yo‘q.Sabzavotlarni uzoq qaynatish, qovurish yoki mikroto‘lqinda uzoq pishirish natijasida C, B1, B6, B9 kabi vitaminlar parchalanadi.Masalan, kartoshkani qovurish natijasidaundagi C vitamini80% gacha yo‘qoladi. 2. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatsizligi ham organizmda vitaminlar kamayishiga olib keladi.Vitaminlar past bo‘lgan yoki saqlashda yaroqsiz h

Доказательный фрагмент

«Vitaminlar organizmda juda kam miqdorda kerak bo‘lishiga qaramay, ko‘plab hayotiy jarayonlarda — modda almashinuvi, immunitet, asab tizimi, suyaklar va qon aylanish faoliyatida faol ishtirok etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Vitaminlar organizmda juda kam miqdorda kerak bo‘lishiga qaramay, ko‘plab hayotiy jarayonlarda — modda almashinuvi, immunitet, asab tizimi, suyaklar va qon aylanish faoliyatida faol ishtirok etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Vitaminlar, organizm, sog‘liq, A vitamini, B guruhi vitaminlari, C vitamini, ovqatlanish, oziq-ovqat, K vitamini, gipovitaminoz, D vitamini, immunitet, E vitamini, biologik ahamiyat., moddalar almashinuvi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники