Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING YOSH XUSUSIYATLARI
BOSHLANG‘ICHSINF O‘QUVCHILARINING YOSHXUSUSIYATLARI · EGAMBERDIYEVFARXOD TUXTAYEVICH · ROʻZIYEVA MADINA
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichining yakuniy sinfi hisoblangan 4- sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari chuqur tahlil qilingan. Mazkur yoshdagi bolalarning jismoniy o‘sishi, intellektual rivojlanishi, psixologik holati va ijtimoiy moslashuvi bosqichlari alohida yoritilgan. O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, mustaqil fikrlashga bo‘lgan intilishi, shaxsiy baholash va o‘zini anglash jarayonlari kabi omillar ularning umumiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Shuningdek, pedagoglarning o‘quvchilarga nisbatan individual yondashuvi, tarbiyaviy ishlarning yosh xususiyatlariga muvofiq tashkil etilishi ta’lim samaradorligini oshirishi asoslab berilgan. Maqola maktab ta’limida sifatli rivojlanishga erishishda yosh xususiyatlarini hisobga olishmuhimligini namoyon etadi. Kalit soʻzlar: Boshlang‘ich, sinf, o‘quvchilari, xususiyatlari, psixologik rivojlanish, aqliy faoliyat, ijtimoiymoslashuv. Keywords: Primary school, grade students, age characteristics, psychological development, cognitiveactivity, social adaptation. Ключевые слова: Начальная школа, ученики класс, возрастные особенности, психологическое развитие,умственная деятельность,социальная адаптация. Kirish. Inson hayotining har bir bosqichi o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlariga ega. Ayniqsa, maktabgacha va maktabning boshlang‘ich davri bolalar shaxsining shakllanishida asosiy o‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinf, jumladan 4-sinf bosqichi – buo‘quvchining shaxs sifatida yetilaboshlagan, bilim olishga nisbatan ongli munosabat shakllanayotgan, mustaqil fikrlash va xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirayotgan bosqichidir. Metod va metodologiya. Ushbu maqolada 4-sinf o‘quvchilarining jismoniy, aqliy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishiga xos xususiyatlar atroflicha tahlil qilinadi. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari o‘rtacha 10–11 yosh oralig‘ida bo‘lib, bu davr jismoniy rivojlanish jarayonida faollikning davom etish bosqichidir. Bolaning skeleti va mushak tizimi shakllanishda davom etadi, tananing umumiy muvozanati yaxshilanadi. Ularning harakatlari avvalgiga nisbatan aniqlashadi, kichik motorika yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shu sababli yozish, chizish, qurish kabi mashg‘ulotlar nisbatan oson bajariladi. Biroq hali jismoniy holatning to‘liq shakllanmaganligi tufayli charchash, holsizlik holatlari kuzatilishi mumkin. Shuning uchun mashg‘ulotlar va tanaffuslar o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhim hisoblanadiAqliy rivojlanish 4-sinf bosqichida sezilarli darajada o‘sadi. O‘quvchilar mustaqil fikrlashga harakat qilishadi, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlay oladilar, fikrni mantiqan asoslashga intiladilar. Nutq, eslab qolish, diqqatni jamlash, tasavvur qilish qobiliyatlari rivojlanishda davom etadi. O‘quvchilar o‘z faoliyatini rejalashtirishga va uni baholashga urinadilar. Bu yoshda abstrakt fikrlash elementlari paydo bo‘ladi, lekin baribir ko‘proq aniq va ko‘rinadigan narsalarga tayangan holda o‘rganish samaraliroq kechadi. Shu sababli darslarda ko‘rgazmalilik, tajribalar vajonli misollar muhimo‘rin tutadi. Natijalar va tahlil. Psixologik rivojlanish nuqtayi nazaridan 4-sinf o‘quvchilari o‘z shaxsiyatini anglashga, ichki dunyosini tushunishga intiladigan bosqichga kirib boradi. Ular o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini sezishadi, o‘ziga bo‘lgan baho shakllanishni boshlaydi. Bu davrda o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonch, intilish, maqsad qo‘yish va unga erishish istagi paydo bo‘ladi. Biroq, bu hislar hali beqaror bo‘lib, tashqi omillar (ota-ona, o‘qituvchi, sinfdoshlar) 493 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI ta’sirida tez o‘zgarib turadi. Bolalar rag‘batlantirishga, iliq muomalaga juda sezgir bo‘lishadi, salbiy tanqid esa ulardao‘ziga nisbatan ishonchsizlikniyuzaga keltirishi mumkin. Ijtimoiy rivojlanish jarayoni bu yoshda faol davom etadi. O‘quvchilar jamoadagi o‘rnini topishga intiladilar, o‘z guruhiga mansubligini his qilishadi. Do‘stlik, o‘zaro yordam, hamkorlik kabi ijtimoiy ko‘nikmalar rivojlanadi. 4-sinf o‘quvchisi uchun o‘qituvchi – nafaqat bilim manbai, balki muhim ijtimoiy namuna hisoblanadi. Shu sababli pedagogik yondashuvda mehribonlik, adolat, izchil talabchanlik asosiy mezonlar bo‘lishi lozim. Bu yoshda ota-onalar va pedagoglarning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, bola ulardan olgan bahoga qarab o‘zini baholaydi. Bu esa bolalarga nisbatan doimiy ijobiy motivatsiyani shakllantirishni talab etadi. 4-sinf o‘quvchilari shaxs sifatida shakllanish yo‘lida muhim bosqichdan o‘tmoqdalar. Ularning jismoniy, aqliy, psixologik va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari o‘qituvchi va ota-onalardan chuqur pedagogik yondashuvni talab qiladi. Ta’lim jarayonini mazkur yosh xususiyatlariga mos tarzda tashkil qilish o‘quvchilarning rivojlanishida katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda darslarning interfaol usullarda tashkil etilishi, individual yondashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash, hamkorlik muhiti katta ahamiyat kasb etadi. Aynan mana shu da
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichining yakuniy sinfi hisoblangan 4- sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari chuqur tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichining yakuniy sinfi hisoblangan 4- sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari chuqur tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Primary school, grade students, age characteristics, psychological development, xususiyatlari, Boshlang‘ich, sinf, ijtimoiy moslashuv., psixologik rivojlanish, o‘quvchilari, aqliy faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025