Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOMILA DAVRIDA KO‘RISH A’ZOSINING PAYDO BO‘LISHI VA TAKOMILLASHISHI
Mamasoliyeva ShahnozaFarhodqizi
Международный журнал научных исследователей · 12 · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiymaqolada ko‘ruv a’zosi–ko‘zning embrional rivojlanish bosqichlari, uning tuzilishi va funksiyalarining shakllanish jarayonlari tadqiq qilinadi. Ko‘zning barcha qismlari, shuningdek, qon tomirlari, nerv sistemasi, suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlar va ularning kanallari rivojlanishi tahlil qilinadi. Embriogenez davrida genlar, molekular signal yo‘llari va atrof-muhit omillarining ko‘rish a’zosining normal yoki patologik rivojlanishiga ta’siri, tug‘ma nuqsonlar va ularning kelib chiqish sabablari batafsil yoritiladi. Shu bilan birga, embriologik, gistologik va genetik usullarasosida olingan zamonaviy ma’lumotlar tahlil qilinib, klinikahamiyati ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar.Homila, ko‘rish a’zosi, embrional rivojlanish, genetik omillar, tug‘ma nuqsonlar, tadqiqotlar. Ko‘rish a’zosi inson organizmidagi eng murakkab tizimlardan biri bo‘lib, uning shakllanishi homila davridan boshlanadi. Uning embrional rivojlanishi bir qator murakkab morfogenetik jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlarda genetik omillar, hujayralarning o‘zaro ta’sirlari va tashqi muhit omillari muhim rol o‘ynaydi. Ko‘zning embryonal rivojlanishi neyroektodermadan boshlanadi. Homilaning 3-haftasida neyral naycha yon tomonlaridan optik qopchalar hosil bo‘ladi. Bu qopchalar keyinchalik ektodermaga yaqinlashib, optik shoxchalar orqali miya bilan bog‘lanadi. 4-haftada linzalar yuzaga kela boshlaydi. BMP7 va FGF2 genlari linza induksiyasini boshlaydi. 5-haftada linza chuqurchasi shakllanadi va chuqurcha yopilib linza xaltasi vujudga keladi. 7-haftada linza xaltasining orqa hujayralari elongatsiyalanib, linza tolalariga aylanadi. CRYAA va CRYBB2 genlari linzaning shaffofligini ta’minlaydi. Mezenximadan trabekulyar to‘r, qon tomirlari va biriktiruvchi to‘qimalar shakllanadi. Mezenximal hujayralar va gialuron kislotasi to‘planib, shaffof gel hosil qiladi. 5-6 haftalik embrion yuz sathining ko‘z qismida yuqori va pastki ikkita yarim oy shaklidagi yupqa va nozik teri burmachasi – qovoqlar kurtagi paydo bo‘ladi. Shishasimon tana shakllana boshlagan, to‘r parda besh qavatdan iborat. 6-7 haftalikda ko‘z qadahchasining tug‘ma tirqishi paydo bo‘lib, u glial hujayral va nerv tolalari bilan to‘la boshlaydi. 7-8 haftalikda ko‘z yosh bezlari yuza ochila boshlaydi. 9-10 haftalikda bezlar takomillashgan, shox parda shakli va shaffofligi mukammallashgan, to‘r parda esa olti varaqdan iborat. 11-12 haftalikda ko‘z soqqasining shakli, rangdor parda, kipriksimon tana yaxshi takomillashgan. Homiladorlikning ikkinchi oyidan uchinchi oyiga qadar barcha tuzilmalar uch martagacha kattalashadi. Tug‘ilishidan oldin bolada barcha tuzilmalar takomillashgan bo‘ladi. Shlemm kaanali takomillashadi, gavharning orqa sathidagi embryonal tomirning pardasi so‘rilib ketadi, oqsil parda, nerv hujayralari va nerv tolalari taraqqiy etadi, pigment epiteliysi brogan sari yupqalashib, to‘r pardaning xususiy varaqlari bilan bir qatordan joy oladi. Ko‘zning shakllanishida bir qancha genlar va signal 47 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 12,issue1,June2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X yo‘llari ahamiyatga ega. PAX6 geni – ko‘zning umumiy rivojlanishini nazorat qiladi. BMP, FGF, SHH signal yo‘llari – linza, ko‘z pardalari va boshqa tuzilmalarning differensatsiyasida ishtirok etadi. MITF geni – melanotsitlarning migratsiyasini boshqaradi (agar buzilsa, albinizm yoki ko‘kko‘zlik kuzatilishi mumkin). Homiladorlik davrining datlabki uch oyi va undan keyingi davrlarda ham ayol o‘zini turli salbiy tashqi omillardan saqlashi, yaxshi ovqatlanishi, stresslarga uchramasligi lozim. Chunki homiladahar xiltug‘ma nuqsonlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘zningembrional rivojlanishi buzilishidan quyidagi nuqsonlar kelib chiqishi mumkin: Anoftalmiya – ko‘zning butunlay shakllanmasligi, mikroftalmiya – kichik bo‘lib qolishi, katarakta – linza shaffofligining bo‘lmasligi, glaukoma – ko‘z ichi bosimining oshishi, retinoblastoma kabi turli xil o‘sma kasalliklari kabilar. Statistika ma’lumotlariga asoslansak, yurtimizda har 1000 nafar chaqaloqdan 3-5 tasida ko‘zning tug‘ma nuqsonlari uchraydi. Profilaktika qilish maqsadida homiladorayollar doimiy skrining tekshiruvlariga borishlari, vitaminlar va ayniqsa, folat kislota qabul qilishlari, genetik maslahatlar olishlari va salbiy atrof-muhit omillaridan saqlanishlari kerak. Xulosa. Homila davrida ko‘zlarning rivojlanishi juda nozik va tartibga solingan jarayon hisoblanib, unda genlar, hujayralararo signalizatsiya va tashqi faktorlar muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayonlardan birortasining buzilishi yetarlicha muammolarga sabab bo‘ladi. Shu sababli, ko‘z embriogenezini chuqur o‘rganish va tahlil qilish tibbiyotda tug‘
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiymaqolada ko‘ruv a’zosi–ko‘zning embrional rivojlanish bosqichlari, uning tuzilishi va funksiyalarining shakllanish jarayonlari tadqiq qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiymaqolada ko‘ruv a’zosi–ko‘zning embrional rivojlanish bosqichlari, uning tuzilishi va funksiyalarining shakllanish jarayonlari tadqiq qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tadqiqotlar., Homila, tug‘ma nuqsonlar, embrional rivojlanish, ko‘rish a’zosi, genetik omillar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024