Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING STRUKTURASI VA ELEMENTLARI
MaraximovAbdullajon Asrorjon o‘g‘li
Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning asosiy tuzilishi va ularni tashkil etuvchi elementlarga bag'ishlangan. Raqamli texnologiyalar zamonaviy axborot va kommunikatsiya tizimlarining poydevori bo'lib, ular ma'lumotlarni raqamli shaklda qayta ishlash va uzatishga imkon beradi. Mavzuda raqamli qurilmalar, ularning komponentlari, signallar va ularning ishlash prinsiplari haqida tushunchalar beriladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning asosiy elementlari — protsessorlar, xotira, kirish-chiqish qurilmalari va dasturiy ta'minot haqida ma'lumotlar keltiriladi. Ushbu bilimlar raqamli tizimlarni tushunish va ulardan samarali foydalanish uchunmuhimdir. Kalit so'zlar:Raqamli texnologiyalar, raqamli qurilmalar, signallar, protsessor, xotira, kirish- chiqishqurilmalari, dasturiy ta'minot, axborot tizimlari, ma'lumotlarni qayta ishlash. - Raqamli struktura Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli texnologiyalarni umumiy bir ma’noda tushunish mavjud emas, shunday bo‘lsada, uning ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, raqamli texnologiyalar - jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob- uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. Yuqorida aytganimizdek, raqamli texnologiya gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘ladigan texnologiyadir. Ushbu ta’rif ham to‘g‘ri bo‘lib, mohiyatni aks ettiradi. Lekin kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda, amaliyotda undan foydalanish bir muncha murakkabdir. Aynan shu sababli, biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik: Raqamli (elektron) iqtisodiyot bu –axborot, jumladan, shaxsiy axborotdau foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikdagi dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat sub’yektlari tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni ob’yektlari va sub’yektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin. To‘laqonli o‘zaro aloqa qilish uchun barcha iqtisodiyot ob’yektlari va sub’yektlari sezilarli raqamli tarkibiy qismlarga ega bo‘lishlari lozim. Masalan, hozirgi paytda avtomobilning iste’mol xususiyatlari va xavfsizlik ko‘rsatkichlari uning hisobiga sezilarli darajada yaxshilanadigan raqamli tarkibiy qismlari (dasturiy ta’minot va datchiklar) avtomobil qiymatining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Kelajakda ko‘plab tovarlar va xizmatlar qiymatinmg sezilari qismi uning raqamli tarkibiy qismi bilan belgilanadi. Bunday tovarlar "aqlli” buyumlar deb ataladi. Raqamlashtirishda mahsulot yoki xizmatlaming asosiy xususiyatlari jiddiy yaxshilanishi (masalan, avtomobil xavfsiziigi oshadi va uning ekspluatatsiya qiymati kamayadi) yoki yangi xususiyatlar (ovoz bilan boshqarish, internet yoki mobil telefondan turib masofadan boshqarish kabilar) paydo bo‘lishi lozim. 729 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qo‘llanilmoqda. iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek ta’lim jarayonini ham tez sur’atlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan tortib nafaqaxo‘rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida, robotlarvaishchilaro‘rtasidagi raqobatmasalasiham ko‘tarilmoqda. Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning so‘zsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari o‘rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog‘liq masalalar tobora ko‘proq e’tiborga olinmoqda. Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borishimkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab e
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning asosiy tuzilishi va ularni tashkil etuvchi elementlarga bag'ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli texnologiyalarning asosiy tuzilishi va ularni tashkil etuvchi elementlarga bag'ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Raqamli texnologiyalar, raqamli qurilmalar, signallar, protsessor, xotira, kirish-, kirish-chiqish qurilmalari, ma'lumotlarni qayta ishlash., dasturiy ta'minot, axborot tizimlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026