К содержанию
РецензированоEN2025

TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASIDA VATANPARVARLIK (PATRIOTIZM) KONSEPTSIYASI

Axralova Marg‘ubaAkmalxanovna

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025

Аннотация

The concept of patriotism has been manifested at all stages of the history of human civilization as one of the socio-psychological and moral-philosophical phenomena, distinguished by its complex, multifaceted and dynamic character. At the heart of this concept istheinextricable connection of individualand collective consciousness with a specific territory, national identity, historical memory, cultural heritage and political and legal units. Therefore, a comprehensive analysis of the conceptual foundations of patriotism from the point of view of modern social sciences, including philosophy, political science, sociology, historiography and psychology, remains one of the urgent scientific tasks. This article sheds light on the concept of patriotismin themethodology ofeducational work. Keywords:thinking, socio-cultural space, philosophical-categorical structures of education, patrioticideas and feelings. 620 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Kirish. Patriotizm inson tafakkurining eng qadimiy, ammo shu bilan birga zamonaviy holatda ham dolzarb bo‘lgan falsafiy-kategorial strukturalaridan biri sifatida ko‘rib chiqilishi lozim. U nafaqat individning muayyan ijtimoiy-madaniy makonga sodiqligini, balki bu makon bilan ontologik-intelektual bog‘liqligini ham anglatadi. Patriotizm o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy-aksiyologik hodisa bo‘lib, u sotsial ontologiya, g‘oyaviy epistemologiya va tarbiyaviy pedagogika singari sohalar bilan uzviy integratsiyalashgan. Mazkur maqola aynan shu doirada patriotizmni falsafiy kontseptsiya sifatida tahlil qilishni, shuningdek, uning tarbiyaviy-didaktik konstruksiyalarini ochib berishni maqsad qiladi. Epistemologik jihatdan patriotizm bilim va g‘oya shaklidagi kategoriyadir. U o‘zida milliy tarix, madaniyat, til, urf-odatlar, me’yorlar va ijtimoiy institutlar haqidagi axborotlarni konsolidatsiya qiladi va bu axborotlar individ ongida ijtimoiy anglashuv, hissiy sodiqlik va axloqiy majburiyatlar orqali shakllanadi. Shu tariqa patriotizm noetik-madaniy kapital sifatida individning ijtimoiy ongini tashkil etuvchi asosiy komponentlardan biriga aylanadi. Bu o‘rinda u "passiv identifikatsiya" emas, balki "faol aksiologik tanlov" sifatidanamoyon bo‘ladi. Mavjud adabiyotlar tahlili. Georg Vilgelm Fridrix Gegelning "Huquq falsafasi" asarida patriotizm "etik g‘oya" sifatida tushuniladi. Uning fikricha, haqiqiy vatanparvarlik bu shunchaki shaxsiy tuyg‘u emas, balki "aqlga asoslangan davlat" g‘oyasiga axloqiy sadoqatdir. Gegelga ko‘ra, insonning erkinligi davlat orqali obyektivlashadi, shuning uchun davlatga sadoqat — bu o‘z-o‘zini anglashning oliy bosqichi, ya’ni patriotik o‘zlikning amalga oshishidir. Gegel patriotizmni "axloqiy tartibning ichki zaruriyati" sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, fuqarolik burchini anglash va ongli tarzda davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yish patriotizmning yuksak falsafiy bosqichidir. Gegel konsepsiyasida patriotizm etatizm (davlatparastlik) bilan sinonim emas, balki individuallik va umumiylik sintezi asosidagi etik zaminli g‘oyaviy holatdir. Jan-Jak Russo patriotizmni "ijtimoiy shartnoma" konsepsiyasi bilan bog‘liq holda tushuntiradi. Uning "Ijtimoiy shartnoma" asarida patriotizm bu shaxsning umumiy irodaga sadoqati sifatida talqin qilinadi. Russo fikricha, shaxs erkinligi umumiy irodaga bo‘ysunish orqali amalga oshadi, bu esa vatanparvarlikni demokratik fuqarolikning muhim komponenti sifatida qarashga olib keladi. Russo tarbiyada, ayniqsa yosh avlodda fuqarolik ongini shakllantirish orqali patriotik tuyg‘ularni rivojlantirish zarurligini urg‘ulaydi. U ta'kidlaydiki, vatan uchun muhabbat — bu ijtimoiy tizimga ishonch, jamoaviy maqsadlarga sadoqat va insoniylikning oliy shakli sifatida tarbiyalanmog‘i lozim. Fransuz faylasufi va tarixchisi Ernst Renan o‘zining mashhur "Millat nima?" (1882) nomli nutqida patriotizmni millat konsepti bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra, millat bu qon, irq yoki til birliklaridan iborat emas, balki "tarixiy xotiraning umumiyligi" va "birgalikda yashash istagi" asosidagi ongli tanlovdir. Shunday ekan, Renan nazariyasida patriotizm — bu individual identitet va kollektiv tarixiy ongning birlashgan shakli bo‘lib, tarbiyaviy jihatdan u tarixiy haqiqatga asoslangan, ongli va tanqidiy qabul qilingan qadriyatdir. Renan bu g‘oyani "har kuni takrorlanuvchi plebissit" sifatida ifodalaydi — ya’ni millat (va unga sodiqlik) har kuni ongli tarzda qayta tanlanadi. Bu esa patriotizmni statik emas, balki dinamik va evolyutsion g‘oya sifatida tushunishga olib keladi. Pestalozzi — nemis pedagogik maktabining asoschilaridan biri sifatida, tarbiyani shaxsning

Доказательный фрагмент

«The concept of patriotism has been manifested at all stages of the history of human civilization as one of the socio-psychological and moral-philosophical phenomena, distinguished by its complex, multifaceted and dyna…»

Образец извлечения

Демо-превью

The concept of patriotism has been manifested at all stages of the history of human civilization as one of the socio-psychological and moral-philosophical phenomena, distinguished by its complex, multifaceted and dyna… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
thinking, socio-cultural space, philosophical-categorical structures of education, tarbiyaning falsafiy-kategorial strukturalari, ijtimoiy-madaniy makon, tafakkur, patriotic g‘oya va tuyg‘ular.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники