К содержанию
РецензированоUZ2025

BOLALAR NUTQINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Musurmonova DildoraIkrom qizi

Международный журнал научных исследователей · 11 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bolalar nutqining o‘ziga xos xusuiyatlari, bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari, bolaning aktiv nutqqa o‘tishi, nutqida qiyoslash vositalaridan foydalanish jarayonlari ilmiy jihatdan asoslab ko‘rsatilgan va tabiiy nutq jarayonidagi hamda badiiyasarlarda uchraydigan misollarorqali o‘rganilib, fikr-mulohazalar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar:bola nutqi, semantik doira, kognitiv rivojlanish, egosentrik nutq, verballashuv, ontogenez. Annotation:This article scientifically examines the specific features of children's speech, the stages of its development, the transition of a child to active speech, and the use of comparative expressions in their speech. These aspects are explored through examples from both natural speech processes andliterary works, with accompanying analysis and commentary. Key words:Child speech, semantic field, cognitive development, egocentric speech, verbalization,ontogenesis. Bola nutqi inson hayotining dastlabki yillarida shakllanadigan murakkab va bosqichli jarayondir. Bu jarayon tilga oid bilimlarning ijtimoiy muhit orqali o‘zlashtirilishi, muloqotga bo‘lgan ehtiyoj va nutq faoliyatining asta-sekin rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari uning fiziologik, psixologik, ijtimoiy va lingvistik omillar bilan chambarchas aloqadorligini ko‘rsatadi. Psixolingvistik nuqtai nazardan qaralganda, bola nutqi tafakkur bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. L.S. Vigotskiy fikricha, bola nutqi dastlab ijtimoiyxarakterga ega bo‘lib,keyinchalik ichki nutqqaaylanadi. Bu esauning fikrlash jarayoni va tushunchaviy dunyosining kengayib borishini anglatadi. Shu sababli, bola nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda psixik rivojlanish darajalari, idrok, eslab qolish, e’tibor kabi kognitiv omillarmuhimahamiyat kasb etadi.1 Nutqiy rivojlanishning har bir bosqichida bolaning til birliklarini o‘zlashtirish darajasi, ularning mazmunan to‘g‘ri ishlatilishi, gap tuzish malakasi va kontekstual muloqotga kirishish qobiliyati farq qiladi. 2 - 3 yoshli bolalarda nutq fonetik jihatdan cheklangan, so‘zlar soddalashtirilgan va semantik jihatdan tor doiraga ega bo‘lsa, 4 - 5 yoshdan boshlab bola murakkab gaplar tuzishga intiladi, o‘xshatish, qiyoslash, sabab–oqibat munosabatlarini ifodalashga urinadi. Shubosqichlarda sintaktik tuzilmalarsoni ham ortadi. Bolalar nutqining yana bir o‘ziga xos jihati –bu individuallik vaemotsional ifodalilikdir. Bola nutqida ko‘pincha subyektiv baholash, hissiy ohang, obrazli ifodalar uchraydi. Bu holat, 1Z.Nishanova,G.Alimova.Bolalarpsixologiyasivaunio‘qitishmetodikasi.O‘quvqo‘llanma.–Toshkent: O‘zbekistonYozuvchilaruyushmasiAdabiyotjamg‘armasinashriyoti,2006.–B.19. 595 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 11,issue2,May 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda tez-tez kuzatiladi. Masalan, “Onam quyoshga o‘xshaydi”kabi ifodalarbolatafakkurining obrazli vaqiyosiy xususiyatlarini namoyon qiladi. Shuningdek, bola nutqida normadan og‘ishlar, ya’ni nutqiy xatolar ham tabiiy jarayon sifatida qaraladi. Bu xatolar fonetik (tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish), leksik (so‘zlarni noto‘g‘ri tanlash), grammatik (tuzilmalarda xatolik), hamda pragmatik (nutqiy vaziyatga mos kelmaslik) darajalarda yuzaga kelishi mumkin. Bu holatlarning sabablari ko‘pincha bola miyasining yetilmaganligi, nutq apparatining fiziologik jihatdan to‘liq shakllanmaganligi va yetarli tilmuhitining mavjud emasligi bilan izohlanadi.2 O‘zbek tilshunosligida ham bolalar nutqining lingvistik xususiyatlariga oid tadqiqotlar mavjud. Jumladan, M. Jo‘rayev, N. Yusupova, O. Jo‘raqulova kabi olimlar bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari, fonetik va leksik imkoniyatlari, shuningdek, qiyosiy ifodalarning qo‘llanishi haqida muhim ilmiy qarashlarni ilgari surganlar. Bola nutqining o‘ziga xosligi uning rivojlanish bosqichlari, psixik holati, til muhitiga bog‘liqligi hamda tafakkur darajasi bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarni chuqur o‘rganish, ayniqsa qiyoslash kabi lingvistik hodisalarning bolalarnutqidaqanday shakllanishinianglashda muhim omilbo‘lib xizmat qiladi. Bolalar nutqi - bu tabiiy rivojlanish jarayoni bo’lib, ularning tilni o‘rganish va ifodalash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bolalar nutqining qanday paydo bo‘lishini tushunish uchun, bir nechta muhim jarayonlarga, shu jumladan, biologik, psixologik va ijtimoiy omillarga e’tibor qaratish lozim. Quyida bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida ayrim asosiy fikrlarni keltiramiz: Bolalar nutqi biologik asosga ega. Ularning miya va nerv tizimlari tuzilishi tilni o‘rganish uchun moslashgan. Nutqni o‘rganish jarayoni bolaning miyasi tom

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalar nutqining o‘ziga xos xusuiyatlari, bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari, bolaning aktiv nutqqa o‘tishi, nutqida qiyoslash vositalaridan foydalanish jarayonlari ilmiy jihatdan asoslab ko‘rsa…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalar nutqining o‘ziga xos xusuiyatlari, bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari, bolaning aktiv nutqqa o‘tishi, nutqida qiyoslash vositalaridan foydalanish jarayonlari ilmiy jihatdan asoslab ko‘rsa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Child speech, semantic field, cognitive development, egocentric speech, ontogenez., semantik doira, egosentrik nutq, bola nutqi, verballashuv, kognitiv rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники