К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAXSLAR NUTQIDA MADANIY MULOQOTNING SHAKLLANISHI

SHAXSLARNUTQIDAMADANIYMULOQOTNING SHAKLLANISHI · IBRAGIMOVA UMIDA YULDASHEVNA

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Maqola sharqda muloqot madaniyatining paydo bo‘lishi, muloqot madaniyati bo‘yicha ilk ilmiy qarashlarning tarqalishi, og‘zaki oratorlik nazariyasi va turk mutafakkirlarining so‘z va nutq haqidagi qarashlari, odamlarni tarbiyalash bo‘yicha sharq talablarini, oratorlik va uning xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar. nutq axloqi, muloqot, shaxsiyat, jamiyat, grammatika, mantiq, ijtimoiy kelishuv, ilhomnazariyasi. Kirish. Manbaalarda til, nutq va madaniyat mushtarakligi masalalari uyg‘un holda talqin etiladi. Aniqrog‘i, til va madaniyatning chambarchas bog‘liqligi haqida ko‘p gapiriladi. Buni kundalik hayotimizda faol iste’molda bo‘lgan nutq madaniyati, notiqlik san’ati kabi atamalardan, xalq orasida mashhur bo‘lgan oz so‘zla, ko‘p o‘yla, o‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir, yaxshi so‘z jon oziqi, yomon so‘z bosh qozig‘i, yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqadi, yomon so‘z bilan pichoq qinidan chiqadi kabi son-sanoqsiz maqol va matallardan ham bilsa bo‘ladi. Demak, bu muammo “ko‘hna va hamisha navqiron” masalalardan. Madaniyat o‘ta keng qamrovli tushuncha. Ko‘pchilikka hatto uning moddiy va ma’naviy turlari borligi ham yod bo‘lib ketgan. Lekin tildagi madaniyat uning qaysi turiga kirishi masalasiga kelganda ikkilanishi mumkin. U moddiy madaniyat tarkibiga kiradimiyoki ma’naviy madaniyat unsuri? Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Til, avvalo, kishilarning eng muhim aloqa vositasi. Bu nuqtai nazardan u moddiy tabiatli. Zero, sezgi a’zosi (eshitish, ko‘rish kabi) ga ta’sir qiluvchi hodisa moddiy sanaladi. Demak, kishilarning o‘zaro aloqa vositasi sifatidagi tilga xos bo‘lgan madaniyat moddiy xususiyatga ega. Lekin, ma’naviy madaniyat sifatida qadrlanuvchi boylig‘imiz – qadriyatlarimiz, bobolardan qolgan ulkanbadiiy vailmiymeros, san’at asarlari bizga til,ya’niuning asosan, yozma, ba’zan og‘zaki ko‘rinishlarida etib kelgan. Xo‘sh, ma’naviy madaniyat “tashuvchisi” sifatida u qanday baholanishi lozim? Biz bu madaniyatni o‘qish, eshitish orqali bilamiz, o‘zlashtiramiz. Bunda ham, e’tibor qilinsa, til ma’naviy madaniyatning “qobig‘i” - moddiy ifodalovchisi sifatida yuzaga chiqadi. Shuningdek, kishilarning axloqiy tabiati, dunyoqarashi ham til orqali namoyon bo‘ladi. Ko‘rinadiki, til millatning moddiy boyligi, undagi madaniyat moddiy madaniyatdir. Albatta, til birliklari shakl va ma’no yahritligidan iborat. Ammo til madaniyati ana shu ma’noning ijtimoiy voqealanishi bilan belgilanadi. Buni yaqqol tasavvur qilish uchun til va nutqni farqlash lozim. Ma’lum bir millatning eng muhim o‘zaro aloqa-aralashuv vositasi til deyiladi. Uning ming-ming yillar davomida shakllangan qonun-qoidalari shu tilda so‘zlashuvchi barcha kishilar uchun majburiy. Barchamizda uzoq zamonlar osha yig‘ilgan boylik – til imkoniyatidan foydalanish ehtiyojimiz bor. Tilimiz fikr almashish ehtiyojlarimizni to‘la qondira olish darajasida har jihatdan mukammallik kasb etgan. Ana shu mukammallik til madaniyati deyiladi. Til madaniyati millatning umumiy madaniyati hisoblanadi. Uning ma’lum bir kishi voqe-lantiradigan ko‘rinishi nutqdir. Nutqning mukammallik darajasi nutq madaniyati deyiladi. Nutq madaniyatida shaxsning til madaniyatidan foydalanish darajasi namoyon bo‘ladi. Kishining umumiy madaniy saviyasi, bilim darajasi, intellektual salohiyati, farosati kabi omillar uning til madaniyatini o‘zlashtirib, nutq madaniyatiga aylantirishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun tilimiz qancha go‘zal bo‘lmasin, ba’zi kishilarning nutqini eshitganda beihhtiyor qulog‘ingni berkiting keladi. Ayrim kishilar gapirganda so‘z topolmay qiynaladi. Bu uning til madaniyatidan foydalanishda zarur bo‘lgan o‘qimishlilikning yetishmasligidir. Kimlardir tovushlarni talaffuz qilishdaqiynaladi. Bunda ularning sog‘ligi tilmadaniyatini voqe-lantirishiga imkonbermaydi. Tadqiqot metodologiyasi. Shunday kishilar bor-ki, ular so‘zlaganda sel bo‘lib ketasan. 468 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Bunday kishilarni so‘z san’atkori deyishadi. So‘z san’atkorlari til madaniyatini mukammal darajada nutq madaniyatiga aylantira oladilar. Buning zaminida ularning mashaqqatli mehnati ham yotadi. O‘z nutqida yuqorida ta’kidlangan o‘zbek tili madaniyatini emas, balki sun’iy ravishda o‘zga til madaniyatini voqe-lantirishga intiluvchilar ham uchrab turadi. Uning nutqida qo‘llangan so‘z va iboralar til madaniyatiga muvofiq emas ekan, uning nutqi ham madaniylikdan begona, o‘zi esa har qancha chiranmansin, ayrimlar o‘ylagancha “jaa madaniyatli” kishi emas. Umuman olganda, til madaniyatining xususiy ko‘rinishi bo‘lgan nutq madaniyatini yuksaltirish uchun nimaga e’tibor qaratilishi lozim? E’tibor berilsa, ommalashgan koreys seriallari dublyajida qahramonlar bir-biriga shunaqa chiroyli lutflar qilishadiki, men bunning bolalar nutqiga qancha ta’sir qilganligini, ular ham shunday gapirishga uringanlarini kuzatganman. Demak, birinchidan, faqat til qoidalarini yodlatmasdan, jonli muloqot madaniyat

Доказательный фрагмент

«Maqola sharqda muloqot madaniyatining paydo bo‘lishi, muloqot madaniyati bo‘yicha ilk ilmiy qarashlarning tarqalishi, og‘zaki oratorlik nazariyasi va turk mutafakkirlarining so‘z va nutq haqidagi qarashlari, odamlarni…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola sharqda muloqot madaniyatining paydo bo‘lishi, muloqot madaniyati bo‘yicha ilk ilmiy qarashlarning tarqalishi, og‘zaki oratorlik nazariyasi va turk mutafakkirlarining so‘z va nutq haqidagi qarashlari, odamlarni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mantiq, ilhom nazariyasi., grammatika, nutq axloqi, muloqot, jamiyat, ijtimoiy kelishuv, shaxsiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники