К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARDA NUTQNING TO‘G‘RILIGI VA MANTIQIYLIGI SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH

TO‘RAYEVA UMIDA EGAMBERDIYEVNA · O‘SAROVA DILDOR

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada nutqning og`zaki va yozma shakllari, ularning o`ziga xos xususiyatlari, nutqning kommunikativ sifatlari, xususan, gapda nutqning to`g`riligi va mantiqiyligi qo`llanilishi o`rganish, nutqning leksik-grammatik jihatdan to`g`ri shakllantirish, nutqni tahlilqilish, matn uchun mos bo'lgan fikrni tanlash xususiyati haqida fikr-mulohazalar yoritibberilgan. Kalit so‘zlar: og‘zaki va yozma nutq, leksik tahlil, adabiy til, nutqning to`g`riligi va mantiqiylik sifatlari, termin, sinonim,fonetik valeksik vositalar Nutqning og‘zaki va yozma shakllari mavjud. Og‘zaki nutq so`zlovchi gapirib turgan vaqt mobaynida mavjud bo‘lib, bu jarayon nutq tugashi bilan yakunlanadi. Og‘zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi va tahrirga ega bo‘lmaydi. Og‘zaki nutq so‘z boyligi jihatdan yozma nutqdan farqlanadi. U dialogik nutqda ko`proq uchraydi hamda bir xil so'zlar, bir xil shakllar takror-takror qo'llaniladi. Bu holat so'zlarni tanlash bilan bog'liq hisoblanadi. So‘zlovchining faol nutqiy harakati to‘xtam, ohang, urg‘u, turli xil imo-ishoralar orqali tinglovchiga yetib boradi. Dalillar keltirish va muallifning umumlashtira olish qobiliyati nutqni mazmundorligini kafolatlaydi. Fonetik va leksik vositalardan to'g'ri foydalanish esa ifodaligini oshiradi. Bu turdagi nutqning o'ziga xos xususiyatlardan yana biri shuki, nutqning biron bir nuqtasiga qaytib bo‘lmaydi. Shu bilan birga mantiqiy o'ylab gapirish ham maqsadga muvofiq. Og‘zaki nutqni tayyorlash ham mumkin va aksincha tayyorlanmasdan so'zlash ham mumkin. Tayyorlangan og‘zaki nutq o‘ychanlik, aniqrog'i tarkibi bilan ajralib turadi. Ammo shu bilan birga odatdagidek nutqni to'g'ridan to'g'ri aloqa o'rnatishga intiladi. Tayyorlanmagan og‘zaki nutq bunda juda ko‘p pauzalar bo‘ladi. Lekin bu pauzalar o'ylab gapirishlik imkonini beradi. Yozma nutq - bu og‘zaki nutq. Yozuvda ishlatiladigan harflar bu nutq tovushlari. Matnda ishlatiladigan tinish belgilari nutqq a'zo bo'lishga xizmat qiladi: nuqta, vergul, o‘zaki nutqning intonatsion pauzalariga mos keladi. Bu harflar yozuvning moddiy shakli ekanligini anglatadi. Yozmavaog‘zaki nutq quyidagilar bilan ajralib turadi: -nutqni yozayotgan muallifvaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatigaega. - u o‘z nutqni va butun nutqni ham tahlil qilish, matn uchun mos bo'lgan fikrni tanlash xususiyatiga ega. -yozma nutq og‘zakinutqdan ravon hisoblanadi. Yozma adabiy tilning sintaktik qurilishi esa o'zining ancha murakkabligi bilan ajralib turadi. Unda ergash gapli qo'shma gaplar kirish so‘z va iboralar murakkab qurilishli sodda gaplar, ajratilgan vauyushiq bo'laklar, murakkab qo'shmagaplar ancha keng ishlatiladi. Adabiy tilning og‘zaki shakli maruza va suhbatlarda, yozma shakli esa fan, texnika va asarlarida, rasmiy ish hujatlari, nashriyot va matbuot sohalarida ishlatiladi. Lekin bular o'zaro uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ma'ruzalar, har xilchiqishlar o‘z xususiyatlari bilan yozmaadabiy tilga yaqin turadi. Shuningdek, yozma adabiy tilda ayniqsa, badiiy asarlarda so'zlashuv nutqiga xos so‘z va iboralar ham qo'llaniladi. Nutqning kommunikativ sifatlarini dars mashg`ulotlarida o`rganish borasida o`quvchilarda ayrim muammolar uchraydi. Nutqning to`g`riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, ta`sirchanligi va h.k. xususiyatlari ko`pgina tilshunos olmlarimiz tomonidan o`rganilgan. Biz quyida nutqning to`g`riligi va mantiqiylik sifatlarini o`quvchilar dars mashg`ulotlarida qanday usullarda o`rganishi mumkinligi 465 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI haqida to`xtalibo`tamiz. Nutqning mantiqiysifatlarida quyidagi talablarga rioya qilish mumkin; - nutq mantiqiy bog'langan bo`lishi uchun har bir fikr o'zaro mantiqiy bog'lanishga ega bo'lishikerak, shunda nutq tushunarli vaizchilbo'ladi. - o'z fikrlaringizni isbotlash uchun dalillar va misollar keltirish, nutqingizning mantiqiyligini oshiradi. - nutqni aniq va tartibli tuzish, fikrlarni ketma-ketlikda ifodalash, mantiqiy izchillikni ta'minlaydi. - qarama-qarshi fikrlarni ko'rib chiqish va ularni mantiqiy tahlil qilish, nutqning ob'ektivligini oshiradi. - har bir mavzuni muhokama qilgandan so'ng, aniq xulosa chiqarish, nutqning mantiqiy tugallanishinita'minlaydi. Ona tili darslarida mantiqiynutqni to'g'ri tuzish uchun quyidagi mashqlarni berish mumkin: 1. Fikrlarni tartiblash: O'quvchilarga bir necha fikrlar berib, ularni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishni so'rang. Masalan, "O'qishning foydalari" yoki "Yozgi ta'tilni qanday o'tkazish kerak" mavzularidafikrlarni tartibgasolish. 2. Dalil va misollar keltirish: O'quvchilarga biror fikrni (masalan, "Sport sog'lik uchun foydali") ifodalashni so'rang va ularning fikrlarini dalil va misollar bilan mustahkamlashlarini talab qiling. 3. Mavzu bo'yicha munozara: O'quvchilarni ikki guruhga bo'lib, bir mavzu bo'yicha munozara o'tkazishniso'rang. Har birguruh o'zpozitsiyasini mantiqiy asosdahimoya qilishikerak. 4. Xulosa qilish: O'quvchilarga berilgan matndan asosiy fikrlarni

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada nutqning og`zaki va yozma shakllari, ularning o`ziga xos xususiyatlari, nutqning kommunikativ sifatlari, xususan, gapda nutqning to`g`riligi va mantiqiyligi qo`llanilishi o`rganish, nutqning leksik-gram…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada nutqning og`zaki va yozma shakllari, ularning o`ziga xos xususiyatlari, nutqning kommunikativ sifatlari, xususan, gapda nutqning to`g`riligi va mantiqiyligi qo`llanilishi o`rganish, nutqning leksik-gram… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fonetik va leksik vositalar, og‘zaki va yozma nutq, nutqning to`g`riligi va mantiqiylik sifatlari, leksik tahlil, adabiy til, termin, sinonim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники