Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAHON TILSHUNOSLIGIDA FONOLOGIYA-FONEMA TUSUNCHALARINING O‘RGANILISHI
JAHONTILSHUNOSLIGIDA FONOLOGIYA-FONEMA TUSUNCHALARINING · IBRAGIMOVYULDASH MATKARIMOVICH
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada fonologiya hamda fonema tushunchalarining jahon tilshunosligida o‘rganilishi, dunyo tilshunosligida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yetakchili olim va tadqiqotchilarning fonema haqidabildirgan fikrvamulohazalarini haqida fikryuritiladi. Kalit so‘zlar: fonema, jahon tilshunosligi, so‘z, tovush, tilbirliklari, paradigma. Kirish. Maʼlumki, tildagi har bir sath o‘z birliklariga egadir. Til belgisining belgi sifatida namoyon bo‘lishida fonematik sath birligi bo‘lgan fonema nihoyatda yuqori o‘ringa ega. Fonema terminini dastlab I.A. Boduen de Kurtene o‘zining “Slavyan tillari qiyosiy grammatikasidagi baʼzi bo‘limlar” asarida tatbiq qildi, fonema nazariyasini tovush almashinuv nazariyasi asosida o‘rganib chiqdi. Uning fikricha, fonema so‘zning fonetik qismlari bilan qiyoslash nuqtai nazaridan fonetik butunlik demakdir[1]. L.V. Shcherba o‘zining “Фонетика французкого языка” asarida shunday fikr bildiradi: “…jonli nutqda turli xil tovushlar talaffuz etiladi, har bir tilda uchraydigan bunday turli tovushlar so‘z va uning formulalarini farqlashda hamda butun jamiyat uchun xizmat qiladigan tovush turi bu fonema deb nomlanadi”[2:18]. Ingliz olimi D. Jons taʼrifi bilan aytadigan bo‘lsak, bir-biriga yaqin (qarindosh) tovushlar guruhi yoki oilasini o‘zida mujassam etgan fonema so‘zlarni bir-biridan farqlash imkoniyatiga ega. Tovush bir oilaga, bir orfografik, grammatik va semantik butunlikka birlashadi. Masalan “k” tovushining variantlari ingliz so‘zlari call, cool, cup kabi so‘zlarda bir-biridan fizik jihatdan ajralib turadi, ammo tajribaviy yaxlitlikdabiz ularnibittafonema deb hisoblashimizkerak. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Fonema borasida rus tilshunoslari N.Trubetskoy, R.Yakobson va S.Kartsevskiylarning xizmatlari kattadir. N.S.Trubetskoy fonemani fonologik birlik deb tushunadi. Uning fikricha “Fonema — mavjud fonologik belgilar yig‘indisidir”[3:42]. Taʼkidlash joizki, til birliklari orasida fonema belgi deb hisoblanmaydi, fonema faqat ifodalovchi xususiyatga ega. Baʼzi tilshunoslar fonemani til belgisi sifatida baholaydilar. V.N.Golovin fikricha, fonema kichik, to‘liqsizbelgi, ammo ubelgidir[4]. Bu fikrga qo‘shilish, bizningcha, mushkul. Chunki fonema faqatgina maʼno farqlashda xizmat qiluvchi xususiyatga ega. Buxususiyat mustaqil maʼnoifodasi degan tushunchaga teng emas. V.M. Solntsev fonemaga quyidagicha taʼrif beradi: “Fonema tildagi tovush sistemasining bir tomonlama birligi, u bir-biriga ham funksional, ham fizik o‘xshash bo‘lgan tovushlar sinfini o‘zida namoyon etadi. Fonema maʼno farqlovchi va maʼno ifoda etuvchi funksiyaga ega, fonema o‘zi yakka holda garchi maʼno ifoda eta olmasa-da, ammo so‘z va morfemalarning tovush tomonini tashkil etib, ulardagi maʼnofarqlanishidamuhimahamiyat kasbetadi”[5:33]. Til birliklari borasida tilshunoslar turli qarashlarni keltiradilar. V.M. Solntsev til birliklariga fonema, morfema va so‘zni kiritadi. V.M. Solntsev fikriga ko‘ra, bunday birliklar umumiy til sistemasidaturli statusga vaturli xususiyatga ega[5]. Tadqiqot metodologiyasi. A.I. Smirnitskiy taʼbiricha, til birligi “tilning muhim umumiy belgisi”ga ega bo‘lishi hamda buning taʼsirida ikki tomonlamalik kuzatilishi shart, yaʼni maʼno ifodalashi lozim. Tilbirligi javob berishi kerak bo‘lgan ikkinchi talab –buuning tayyor ko‘rinishida aks etishidir[6:13]. A.I.Smirnitskiy nuqtai nazari bilan aytsak, til birliklari ikki tomonlama bo‘lishi kerak. A.I. Smirnitskiy fonemani bir tomonlama birlik deb qaraydi, shu bois uni til birliklari safiga kiritmaydi. 457 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI U shunday yozadi: “Фонемы определяются или как единицы в строении языковых единиц, но неязыковыеединицы”[6:14]. G. Glison shunday yozadi: “Fonema – bu tovushlar sinfi: 1) tovushlar o‘xshashligi va 2) o‘rganilayotgan til yoki dialektikada muayyan (maʼlum) bir distributsiya modeli yordamida xarakterlanadi”[7:229]. A.A. Reformatskiy fikricha: “Talaffuz etiladigan tovushlarning turli-tumanligi har bir tilda cheklangan va hisobiga ega bo‘lgan asosiy tovush birligi – fonemalarga ajratiladi; tovushlar turli talaffuz qilinsa-da,birxil vazifanibajaradi –ana shu xususiyat fonemaga xosdir”[8:174]. O.S. Axmanova fikricha, fonema va variant maʼlum muayyan bir maʼnoda bir xil tushunchalardir: ularko‘rinishio‘zgarsa-da,funksiyasi jihatdan tengdirlar[9:12]. V.M. Solntsev taʼkidlashicha, fonema – bu, albatta, abstrakt (mavhum) tovush, ammo bu abstrakt tovushuning funksiyasida ko‘rib chiqiladi[10:221]. Tahlil va natijalar. Fonemaga taʼrif berishda uni til birligi ekanligini ham hisobga olish, bizningcha o‘rinlidir. Chunki til birligi sifatida fonema boshqa birliklarning shakllanishida cheksiz xizmat qiladi. Tilda fonemalarni o‘z ichiga olgan sath – bu fonematik sathdir. U mustaqil sath va barcha fonemalarni o‘zida mujassamlashtirib, yirik paradigma sifatida namoyon bo‘ladi. Bu yirik paradigma — makroparadigma nomi bilan atalishi mu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada fonologiya hamda fonema tushunchalarining jahon tilshunosligida o‘rganilishi, dunyo tilshunosligida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yetakchili olim va tadqiqotchilarning fonema haqidabildirgan fikrvamulohazalar…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada fonologiya hamda fonema tushunchalarining jahon tilshunosligida o‘rganilishi, dunyo tilshunosligida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yetakchili olim va tadqiqotchilarning fonema haqidabildirgan fikrvamulohazalar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- til birliklari, so‘z, jahon tilshunosligi, tovush, fonema, paradigma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026