К содержанию
РецензированоUZ2026

“MA’NAVIY IMMUNITET”NI SHAKLLANTIRISHDA “FAROSAT” KONSEPTINING O‘RNI

“MA’NAVIY IMMUNITET”NI SHAKLLANTIRISHDA“FAROSAT”KONSEPTINING

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Maqola shaxs ma’naviyati va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rniga bag‘ishlangan bo‘lib, ma’naviyatning tilvositasidaifodalanishi va tilshunoslik doirasidao‘rganilishinitahlil qiladi. Unda ma’naviyatning jamiyat tanazzulini oldini olishdagi ahamiyati ta’kidlanadi hamda til va ma’naviyat o‘zaro bog‘liqligi lingvoma’naviyatshunoslik yo‘nalishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Xususan, “farosat” konsepti markaziy o‘rin tutib, uning aqliy, hissiy va axloqiy jihatlari, leksik-semantik guruhlari va til birliklari bilan bog‘liqligi atroflicha tahlil qilinadi. Maqola globallashuv sharoitida tilshunoslikning ma’naviyat muammosini o‘rganishdagi mas’uliyatini ta’kidlaydi va farosatninginsonning ma’naviy yetukligidagi rolini ilmiyasosda yoritadi. Kalit so‘zlar. Ma’naviyat, farosat, tilshunoslik,lingvoma’naviyatshunoslik, shaxsma’naviyati, til birliklari,leksik-semantik guruhlar, aqliy qobiliyat, axloqiy fazilatlar, globallashuv, konsept. Shaxs ma’naviyati va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni beqiyos. Qanday vaziyat, sharoit va imkoniyat bo‘lishidan qat’i nazar insoniyat uchun shaxs ma’naviy sifatlari har narsadan ustun bo‘lishi shart, chunki mazkur holat jamiyat tanazzulini oldini oladi hamda hech qanday tanazzulga imkon bermaydi. Shu boisdan mazkur soha eng yaqin “qarindoshi” bo‘lmish ona tilidan ayro o‘rganilishi mumkin emas. Xususan, til va ma’naviyatning o‘zaro aloqadorligi masalasi turli yechimlarga ega bo‘lib, tilshunoslik doirasida ham, boshqa fanlar bilan hamkorlikda ham o‘rganiladi. Tilshunoslikning sistem-struktur yondashuvi “ma’naviyat” tushunchasining mohiyatini, tarkibini va til birliklari bilan bog‘liq xususiyatlarini tahlil qiladi. Bu esa boshqa ilmiy sohalar uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Bugungi kunda jadal globallashuv ma’naviyat muammosini yanada o‘tkirlashtirib, boshqa tegishli fanlar qatori tilshunoslik zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklamoqda. Bu esa til va ma’naviyat muammosini o‘rganadigan alohida soha – lingvoma’naviyatshunoslik yo‘nalishi shakllanishini talab etdi. Ma’naviyatning til vositasida ifodalanishi, til birliklarining ma’naviy qadriyatlarni aks ettirishi ilmiy va milliy farosatning namoyon bo‘lishidir. Zero, tilsiz ma’naviyatni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Insonning fikrlash qobiliyati, dunyoqarashi, axloqiyme’yorlari til orqali shakllanadi varivojlanadi. “Ma’naviyat” kategoriyasining til birliklari orqali ifodalanishi va tilda o‘ziga xos sistemani tashkil etishi ham inson aql-idroki hamda ilmiy farosatining samarasidir. Til tizimining murakkabligi, uning ma’naviy olamni aks ettirishdagi imkoniyatlari millatning ma’naviy yuksakligidan dalolat beradi. Demak, tilni o‘rganish orqali ma’naviyat olamini, shaxs ma’naviy sifatlaridagi eng muhimjihatlarini yanada chuqurroq anglaymiz. Avvalo, shaxs ma’naviy sifatlari haqida gap borar ekan, “ma’naviyat” kategoriyasiga oid bo‘lgan ellikdan ortiq konseptlarni sanash mumkin. Xususan, axloq, farosat, vijdon, muhabbat, sabr, samimiyat, nafs, faoliyat, halollik, poklik, tartiblilik, intizom, ma’rifat va shu kabilar. “Farosat” mazkurkonseptlar ichidaengmuhim vaamaliy ehtiyojga asoslanishi shart bo‘lgan kategoriya. Farosat deganda aql-idrokning yuksak darajasi, voqelikni chuqur anglash va to‘g‘ri baho bera olish qobiliyati tushuniladi. Farosatli inson nafaqat bilimli, balki hayot tajribasiga boy, o‘z xatti- harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘ra oladigan, ezgulik va adolat tamoyillariga amal qiladigan ma’naviyatlikishi hisoblanadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da FAROSAT leksemasi samimiyat, ziyraklik; zakovat, o‘tkir aql semalari bilan kengayib, “kishidagi tez va to‘g‘ri fahmlay olish qobiliyati, sezgisi, fahm, 454 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI zakovat, didi1” kabi ma’nalarini anglatadi. Mazkurtushunchaning hajmi va mundarijasi keng bo‘lib, insonningaqliy qobiliyati, bilimi, idroki vaaxloqiy fazilatlarini ifodalaydi. “Farosat” so‘zi turli mavzuiy va ma’noviy guruhlarni shakllantiradi. Mazkur guruhlar o‘z- o‘zidan shakllanmaydi, albatta. Ular farosat leksemasiga bevosita va bilvosita birikuvchi so‘zlar asosida shakllanadi. Masalan, “aql-farosat”, “fahm-farosat”, “zehn-farosat”, “did-farosat”, “zako- farosat” birikmalarning ma’noviy taraqqiyotidan yuzaga keladi. Bu birikmalar insonning aqliy va ma’naviy yetukligini ifodalaydi. “Farosat” leksemasini tasniflashda uning qaysi ma’noda qo‘llanilganiga e’tibor berish kerak. Agar aqliy qobiliyat haqida gap ketsa, u “ziyraklik”, “zakovat” kabi so‘zlar bilan sinonim bo‘ladi. Agar sezgi va hissiy idrok haqida gap ketsa, u “sezgi”, “did” kabi so‘zlar bilan sinonim bo‘ladi. Agar axloqiy fazilat haqida gap ketsa, u “samimiyat” so‘zi bilan sinonim bo‘ladi. Shu boisdan aytish mumkinki, leksik-semantik guruhlarga ajratish umumiy va xususiy semalarga asoslanadi. Xususan: 1.Aqliy qobiliyatlar asosidashakllanadigan “farosat” mavzuiyguruhi: 1.1. “Ziyraklik” ma’noviy guruhi: Voqealarni tez va to‘g‘ri anglash, vaziyatni to‘g

Доказательный фрагмент

«Maqola shaxs ma’naviyati va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rniga bag‘ishlangan bo‘lib, ma’naviyatning tilvositasidaifodalanishi va tilshunoslik doirasidao‘rganilishinitahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola shaxs ma’naviyati va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rniga bag‘ishlangan bo‘lib, ma’naviyatning tilvositasidaifodalanishi va tilshunoslik doirasidao‘rganilishinitahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaxs ma’naviyati, til birliklari, globallashuv, lingvoma’naviyatshunoslik, tilshunoslik, axloqiy fazilatlar, aqliy qobiliyat, konsept., Ma’naviyat, leksik-semantik guruhlar, farosat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники