Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA EKOLOGIK ATAMALARNING STRUKTURAL-KOMPOZITSION XUSUSIYATLARI
Bo’riyev Umarbek Ulug’beko’g’li
Журнал научных исследований и их решений · 6 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ekologik atamalarning keng qo’llanilishi, ularning o’xshasha va farqli tomonlari qisqacha tanishtirib o’tilgan. Maqolada ekologik atamalarning struktual-kompozitsion xususiyatlari haqidaso’zboradi. Kalit so’zlar: ekologik leksika, sema, leksema, ekologik atamalarning farqlari va o’xshashligi, semantika. Maʼlumki, insonning maʼnaviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-maʼrifiy rivojida ona tilining o‘rni favqulodda muhimdir. Milliy maʼnaviyat, maʼrifat va madaniyatning eng xolis va yorqin ko‘zgusi1 sifatida til (o‘zbek tili) azaldan ekologiyaga oid tushunchalarni qisqa, lo‘nda va sodda shakllarda ifodalab kelgan. Ular ichida damba, yog‘in, isish, kecish, qirqish, kovlash, qurish, quritish, suv, tutun, urug‘, o‘toq, chang, cho‘l kabi turkiy qatlamga oid; bog‘, bo‘ron, ishqor, kushanda, toza singari forsiy; iflos, muvozanat, musaffo, muhit, sel, tabiat, havo, xavf, hayot, harorat singari arabiy qatlamga oid leksemalar uchraydi va ularning har birida «ekologiya» semasi yashiringan bo‘ladi. Bu turdagi atamlar nafaqat turli tillardan olingan o‘zlashmalar bilangina emas, ularning turli leksik qatlamga oidligi bilan ham ajralib turadi. Aksariyat hollarda ekologik leksikaga oidbo‘lgan so‘zlar boshqa sohalarda ham ayni yoinki yaqin leksik maʼnolari bilan keng qo‘llaniladi. Ekologik leksikaga oid so‘zlarning ushbu jihatlari boshqa tillarga ham birdek xosdir. Bunda keyini yillardagi ijtimoiy asoslardan kelib chiqqan holda ekologiyaning alohida fan sohasiga aylangani alohida o‘rin tutadi. Jumladan inliz tilidagi ekologik atamalarining taraqqiyoti va alohida leksik birliklar sifatida rivojlanishi shubhasiz ekologiyaning alohida fanga aylangani va atamalarning funksional semantikasidagi xususiylashishi, ularning tematik guruhlarining shakllanishi aynan fanning boshqasohalar bilanuzviy aloqasi asnosidayuzaga keldi. Ingliz tilidagi ekologik atamalarning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti va struktural-semantik jihatlari tadqiqi R.Vitgix, I. Dedyu, I.N.Ponomarev, B.Shtrayt, L.Trepl kabi xorijiy va Z.A.Djurabayeva, X.D.Paluvanova kabi o‘zbek olimlari izlanishlari asosida amalga oshirildi. Buning natijasida ekologik atamalarning lisoniy xususiyatlari va taraqqiyoti shubhasiz qiyosiy tadqiqotga sharoit yaratish bilan bir qatorda, globallashuv jarayonida atamalarning tillararo aloqasi tamoyillarini ham tahlil qilindi. Oldingi boblarimizda aytib o‘tganimizdek ekologiya alohida fan sohasi sifatida paydo bo‘lganiga uzoq vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, sohadagi atamalar umumisteʼmoldagi so‘zlarning semantikasida torayish va xususiylashish sodir bo‘lganligi asnosida hosil bo‘lgan. Shuni alohida aytib o‘tish joizki ekologiya bilan bog‘liq so‘zlar barcha tillarda ham qadim zamonlardan ayni shu semantikada keng qo‘llanilgan. Jumladan o‘zbek tilida “to‘qay, qayir, dasht, cho‘l, qurg‘oqchilik” kabi so‘zlar qadim zamonlardanoq Beruniy, Navoiy, Bobur kabi allomalar asarlarida ayni sohaga oid maʼnolarda qo‘llanilgan. Xuddi shundayholat ingliz tilidaham kuzatilib, bu sohadagi so‘zlarning paydo bo‘lishi ilk davri sifatida 7-19 asrlar davomida kundalik turmush xo‘jaligi, tabiat hodisalari, tirik organizmlarning nomlari sifatidagi so‘zlartarzidashakllana boshlagan. Buyuk geografik kashfiyotlar, tabiatning keng miqiyosda ilmiy o‘rganilishi va Darvizim, naturalizm kabi ijtimoiy harakatlarning paydo bo‘lishi bilan 19 asrdan keyin ingliz tilida ekologiya sohasida tubdan burilish va keskin taraqqiyot yuzaga kelishi atamalarning taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Ammo bu davrdagi ekologik atamalarning paydo bo‘lishida lotin va grek tillaridan olingan so‘zlar negiziga qurilgan bo‘lib, ko‘p hollarda ingliz tilining leksik jihatlarini aks ettirsada, negizdagi o‘zlashma birliklar yaqqol seziladi. Ayni shu davrda ingliz tilida biologiya, zoologiya va boshqa fanlar negizida alohida ekologiya bilan shug‘ullanuvchi sohalar paydo bo‘lib, fanda yeso va worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI bio o‘zakli atamalar, ecology - ekologiya, ecosystem – ekotizim, biometry - biometriya, biocenosis –biotsenozkabi yangi konseptlarham shakllanaboshladi. Ekologik atamalarning keyingi taraqqiyotida umumiy leksikaga xos bo‘lmagan alohida nominatsiyalar ham paydo bo‘lib, ular shubhasiz tilning ichki tuzilishi qonuniyatlari va derivatsiyalari asnosida shakllandi. Shu sababli ekologik atamalarning shakllanishida turli tillardagi derivatsion tamoyillarni tahlil qilishalohidao‘rin egallaydi. Ekologik atamalarning struktural-semantik jihatlarini tahlili qiladigan bo‘lsak ularning strukturasi sodda, yasama va ko‘p komponentli atamalarga ajratilganligini ko‘ramiz. Tadqiqotlarimiz davomida Britaniya Milliy korpusi(BNC-British National Corpus) orqali ingliz tilida keng foydalaniladigan va lug‘atlarda ko‘rsatilgan 2000 ortiq ekologik atamalarni tahlil qildik. Ularning lisoniy jihatlarini o‘rganish jarayonida s
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ekologik atamalarning keng qo’llanilishi, ularning o’xshasha va farqli tomonlari qisqacha tanishtirib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ekologik atamalarning keng qo’llanilishi, ularning o’xshasha va farqli tomonlari qisqacha tanishtirib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekologik atamalarning farqlari va o’xshashligi, ekologik leksika, sema, semantika., leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024