К содержанию
РецензированоUZ2025

ALISHER NAVOIYNING “XAZOIN UL-MAONIY” ASRINING O’RNI VA AHAMIYATI

XabibjonovIzzatbek Dilshodjono‘g‘li

Журнал научных исследований и их решений · 6 · 2025

Аннотация

Alisher Navoiyning komil inson g’oyasi davlatni boshqarishda, uning tasavvuridagi ideal, mukammal jamiyat to’g’risidagi qarashlarida, odil shoh haqidagi fikr-o’ylarida, hukmdorning raiyatga munosabatida, diniy-huquqiy qoidalarga rioya qilishidao’z in’ikosinitopadi. Alisher Navoiy bugun o‘zbek xalqi uchun milliy iftixor ramziga, adabiy, ma’naviy kamolot timsoliga aylangan. Xalqimiz ulug‘ bobokalonimizning bebaho merosini sevib e’zozlaydi. Alisher Navoiy 1472 yili Husayn Boyqaroning istagi bilan yozgan she’rlarini to‘plab devon tuzadi va 1476 yilda tugatadi, unga "Badoe’ ul-bidoya” ("Go‘zalliklarning boshlanishi”) deb nom qo‘yadi. 1480- 1487 yillarda esa she’rlaridan "Navodir un-nihoya” nomli devon tuzadi. Umrining oxirgi yillarida yozgan g‘azal, ruboiy, musaddas va qasidalarini to‘plab 4 devondan iborat "Hazoyin ul-maoniy” ("Ma’nolar xazinasi”)ni tuzadi: ular "G‘aroyibus-sig‘ar”, "Navodir ush-shabob”, "Badosul-vasat”, "Favoyidul-kibar”. Alisher Navoiy o‘zining o‘lmas asarlari bilan o‘zbek xalq mumtoz she’riyatini jahon adabiyoti vaumumbasharmadaniyati miqyosiga olib chiqqan buyuk shoirdir. Kalit so‘zlar: SharqUyg‘onish,AlisherNavoiy,komil inson,davlat, huquq,siyosat, tarbiya, axloq. “Ilk devon”dagi barcha she’rlarning keyinchalik “Xazoyinu-l- maoniy”ga kiritilganligi ularning Alisher Navoiy uchun ham qadrli bo‘lganligini ko‘rsatadi. Navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov jahon qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalarni o‘rganish asnosida Alisher Navoiyning ixlosmandlari tomonidan tuzilgan yana bir devoni qo‘lyozmasini aniqlab, 2012 yilda fanga ma’lum qildi. Mazkur devon shoirning Oqquyunlilar sulolasi (Ozarbayjon va G‘arbiy Eron hududida 1378-1508 yillarda hukmronlik qilgan o‘g‘uz turklari) hukmronligi hududidagi muxlislari tomonidan tuzilgan bo‘lib, hozircha fanda shartli ravishda “Oqquyunlilar devoni” nomi bilan yuritilmoqda. Devon 1471 yil 25 dekabrda Anisiy taxallusi bilan she’rlar yozgan shoir va xattot Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Oqquyunlilar saltanatining markazlaridan biri bo‘lgan SHeroz shahrida ko‘chirilgan. Devonda jami 229 ta she’r bor: 224 g‘azal, 1 mustazod, 3 muxammas va 1 tarje’band. Bu majmuadagi 224 g‘azaldan 217 tasi “Badoe’ ul-bidoya”ga va faqat bittasigina “Navodir un-nihoya”ga o‘tgan. Devondagi 90% g‘azal «Ilk devon»da uchramaydi. Bu holat mazkur g‘azallarning katta qismi 1466 yildan keyingi 5 yil orasida (1471 yilgacha) yaratilganligini ko‘rsatadi. Avvallari Alisher Navoiyning turkiy tildagi she’riyati 4 bosqichda: “Ilk devon”, “Badoe’ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya”,“Xazoyin ul-maoniy”tarzidao‘rganilib kelinardi. Alisher Navoiy 1492-1498 yillarda Husayn Boyqaroning taklifi bilan o‘zining barcha she’rlari, jumladan, avvalgi rasmiy devonlariga kirgan she’rlarini ham to‘plab, “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”) nomli yirik kulliyot yaratadi. Kulliyot to‘rt devonni o‘z ichiga olganligi uchun “Chor devon” deb ham yuritiladi. Kulliyotning Sankt-Peterburg (1498-99, inv. Xanikov-55; 1592-96, inv. Dorn-558), Istambul (1495-97, xattot Darvesh Muhammad Toqiy ko‘chirgan, inv. № 808), Parij (1525-27, kotib al-Hijroniy ko‘chirgan, inv. № 316-317) nusxalari mavjud bo‘lib, ular asosida professor H.Sulaymonov kulliyotning ilmiy-tanqidiy matnini yaratdi (1959-60). Mazkur matn matning 3-6 jildlarinitashkil etuvchi devonlaruchun asos bo‘lgan. Alisher Navoiy to‘rt devonning har biriga inson umrining fasllariga moslab nom berdi. Shu ma’noda 7-8 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan davrni inson umrining bahori deb atadi va kulliyotning birinchi devonini “G‘aroyib us-sig‘ar” (“Bolalik g‘aroyibotlari”) deb nomladi. 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan davrni inson umrining yozi deb belgiladi va “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik nodirliklari”) deb atadi. 35-45 yoshni umrning kuziga qiyos etdi va "Badoe’ ul-vasat" ("O‘rta yosh go‘zalliklari") deb nomladi. 45-60 yoshini umrining qishiga o‘xshatib, "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") deb atadi. Har bir devonga 650 tadan g‘azal kiritdi, shunga muvofiq boshqa she’riy janrlarga ham joy ajratdi. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Olim H.Sulaymonovning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotini tuzish ustida bir necha yil tinimsiz mehnat qilgan va 1498 yildagina uni hozirgi holatda tugal tarzda yakunlagan. Navoiy kulliyot devonlarini o‘zaro ichki mustahkam bog‘liq holda va qat’iy mutanosiblikda tuzadiki, ularga keyinchalik birorta g‘azal kiritish yoki devonlar tarkibidan tushirib qoldirishva hatto ichki o‘rnini almashtirish ham mumkinbo‘lmagan. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining ichki tuzilishi jahatidan nihoyatda mustahkam tarzda tartib berilganligini shundan tasavvur qilish mumkinki, Alisher Navoiy undagi to‘rt devonning har biriga teng miqdorda 650 tadan g‘azal joylashtirgangina emas, balki shu bilan birga, shu g‘azallarning qofiyalanishiga ko‘ra ham har bi

Доказательный фрагмент

«Alisher Navoiyning komil inson g’oyasi davlatni boshqarishda, uning tasavvuridagi ideal, mukammal jamiyat to’g’risidagi qarashlarida, odil shoh haqidagi fikr-o’ylarida, hukmdorning raiyatga munosabatida, diniy-huquqiy…»

Образец извлечения

Демо-превью

Alisher Navoiyning komil inson g’oyasi davlatni boshqarishda, uning tasavvuridagi ideal, mukammal jamiyat to’g’risidagi qarashlarida, odil shoh haqidagi fikr-o’ylarida, hukmdorning raiyatga munosabatida, diniy-huquqiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquq, tarbiya, Alisher Navoiy, axloq., komil inson, davlat, Sharq Uyg‘onish, siyosat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники