К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA QO‘LLANILGAN AYRIM YORDAMCHI SO‘ZLARNING IFODA IMKONIYATLARI, EVALUTSIYASI

RAJABOVA IRODAXONSHOKIRQIZI

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Maqolada leksik sathda mustaqillik belgisi va boshqa umumlashgan ma’nolariga ko‘ra atash ma’noli so‘zlar va affiksoidlar oralig‘ida turuvchi O‘tkir Hoshimov asarlarida qo‘llanilgan ayrim yordamchi so‘zlarning umumiy tavsifi, ularning ifoda imkoniyatlari hamda bugungi kunga qadar shakllanib kelgan evalutsiyasi haqida qisqacha ekskurs qilingan. Yordamchi so‘zlarning vazifaviy va ifodasemasi ayrim yuklamalar misolidayoritilgan. Kalit so‘zlar: Yuklama, ko‘makchi, o‘zbek tilshunosligi, so‘z turkumlari, yordamchi so‘zlar, ifoda sema, vazifasema, sof, vazifadosh. Kirish. Tilshunoslik, xususan, o‘zbek tilshunosligi hozirgi darajaga yetguncha uzoq tarixiy rivojlanishni bosib o‘tdi. Tilshunoslik fani bosib o‘tgan uzoq o‘tmishga nazar tashlasak, o‘zbek tili taraqqiyoti va takomillashuvining olis moziyga borib taqalishiga guvoh bo‘lamiz. Shu davr mobaynida boshqa sohalar singari o‘zbek tilshunosligining barcha tarmoqlarida ilmiy izlanishlar olib borildi va fandagi yangiliklar hayotda tadbiq etilmoqda. Albatta, bugungi kunga kelib ham ushbu sohadagi erishilgan yutuqlarning son-sanog‘i yo‘q deya bemalol ta’kidlay olamiz. Keyingi paytlarda badiiy asar tili, badiiy asar uslubiyati, lingvopoetika, lingvostilistika kabi sohalar yuzasidan salmoqli tadqiqotlar olib borildi. Bunga matn lingvistikasi deb ataluvchi tilshunoslik yo‘nalishining katta sur’at bilan rivojlanib borayotganligini misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Matn lingvistikasi tilshunoslikning alohida yo‘nalishi sifatida shakllandi va muttasil rivojlanib bormoqda. O‘tkir Hoshimov asarlarida yordamchi so‘zlarning ifoda imkoniyatlaridan unumli foydalana olgan. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). An’anaviy ravishda so‘z turkumlari deb ataladigan leksik-grammatik sinflar jahon tillari tipologiyasining universalligining bir qismidir. Tilshunoslar so‘zlarni turkumlashtirishning turli tamoyillarini ishlab chiqdilar. Klassik ingliz grammatikasida bunday mezonlar birinchi navbatda so‘zning vazifasi, keyin uning rasmiy xarakteri va nihoyat so‘zning ma’nosi inobatga olinadi. L.V. Shcherba ushbu mezonlarda leksik ma’no, morfologik xususiyat va sintaktik funksiyani o‘z ichiga oladi, V.V. Vinogradov ushbu belgilar miqdorini ko‘paytiradi va sintaktik vazifasini, morfologik tuzilishi va shaklini, leksik ma’nosini, u yoki bu so‘z turkumiga nisbatan shaxsning ifodalash usulini va grammatik kategoriyaning mavjudligi mezonlari deb hisobga oladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, T.Bushuy ingliz tilidagi so‘zlarni tasniflashda umumiy qabul qilingan uchta belgi (ma’no, shakl, vazifa) bilan bir qatorda so‘zning uyushiq xususiyatini ham hisobga olishni taklifini kiritadi. So‘z turkumlari soni bo‘yicha tilshunoslar o‘rtasida bir fikr yo‘qligini ta’kidlab, u ingliz tilida otlar odatda ot, sifat, olmosh, son, fe’l, yuklama, bog‘lovchi va ergash gaplarga bo‘linadi deya qayd etgan. P. Long zamonaviy ingliz tilida oltita toifani ajratadi: fe’l, ot, sifat, qo‘shimcha, olmosh, mutlaq yoki kesim. T.Bushuy so‘z turkumlarining tasnifini umumlashtirib, so‘zlarni 11 turkumga bo‘lish kerak degan xulosaga keladi va ularning ichki bo‘linishlarini quyidagicha tavsiflaydi: Leksik ma’no ifodalovchi mustaqilso‘zlar to‘plami:ot, sifat, olmosh, son, fe’l,ergash gap. Yordamchi so‘z turkumlari deb, yakka holda ma’no anglatmaydigan, gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanmaydigan, grammatik ma’nolarni ifodalashga ishlatiladigan so‘zlarga aytiladi. Ular mustaqil so‘zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so‘zga va gapning 450 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI mazmuniga turliqo‘shimchama‘nolar qo‘shishmaqsadida foydalaniladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida yordamchi so‘zlar uch guruhga bo‘lib o‘rganiladi: ko‘makchilar, bog‘lovchilar va yuklamalar. Yordamchi so‘zlarning umumiy ta’rifida so‘z va uyushiq bo‘laklarni, sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash yoki so‘z va gaplarga qo‘shimcha ma‘no yuklash vazifasini bajaradi deb yozilsa-da, bu turkum so‘zlar matnda juda katta ahamiyatga molik grammatik vazifani bajaradi. Bu so‘zlarsiz fikr bildirish, muloqot qilish, matn yaratishning umuman iloji yo‘q. Ya’ni, lingvistikada yordamchi so‘zlarga aslida leksema sifatida qaralmasa-da, sintaktik birliklar va gap tuzishda yordamchi leksemalarsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Jumladan, so‘z va gaplarni tenglantirib yoki tobelantirib gap tuzishda bog‘lovchidan, so‘z birikmalarini tobelantirib bog‘lashda ko‘makchidan foydalanmasdan fikr anglatish imkonsiz. Sintaktik aloqada o‘rni uncha sezilmasa-da, so‘z va gaplarga qo‘shimcha ma’no beruvchi yuklamalarsiz ham kerakli ma’noni anglatish amrimahol. Shu ma’noda so‘nggi yillarda tilshunos olimlarimiz tomonidan o‘zbek lingvistik milliy korpusini yaratish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda yordamchi so‘zlarga ham korpusdagi leksik bazaning bir turi sifatida qarash o‘rinlidir. Chunki yo

Доказательный фрагмент

«Maqolada leksik sathda mustaqillik belgisi va boshqa umumlashgan ma’nolariga ko‘ra atash ma’noli so‘zlar va affiksoidlar oralig‘ida turuvchi O‘tkir Hoshimov asarlarida qo‘llanilgan ayrim yordamchi so‘zlarning umumiy t…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada leksik sathda mustaqillik belgisi va boshqa umumlashgan ma’nolariga ko‘ra atash ma’noli so‘zlar va affiksoidlar oralig‘ida turuvchi O‘tkir Hoshimov asarlarida qo‘llanilgan ayrim yordamchi so‘zlarning umumiy t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yordamchi so‘zlar, sof, ifoda sema, Yuklama, vazifadosh., so‘z turkumlari, o‘zbek tilshunosligi, vazifa sema, ko‘makchi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники