К содержанию
РецензированоUZ2025

INSULT KASALLIGI

Qobiljonova SarvinozRaxmatullo qizi · Email:skkobiljonova@gmail.com Tel: + · YusupovaGulmira Ziyoddinqizi · Email:yusupovagulmira@gmail.com Tel:+

Журнал научных исследований и их решений · 6 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada insult kasalligi uning patogenezi , klinik belgilari va davolash usullari haqida ilmiy-tanqidiy tahlil berilgan Insult bu oddiy qon quyilishi bilan kechishiga oid kasallik bo’lishi mumkin, lekin imson salomatligi uchun yoshi kattalarda bo’lgan insonlarda kata xavf tug’dirishi mumkin.Maqolada aynan shu jihatlar keng yoritilgan hamda turli tibbiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan .Shuningdek, profilaktika choralariga ham e’tibor qaratilgan. Sog’liqni saqlash vazirligi ushbu vashunga o’xshash kasalliklarni oldiniolishchoralarini ishlab chiqmoqdava zamonaviy usullardan foydalanmoqda. Kalit so’zlar: Insult, diagnostikasi, patalogiyasi, xalq tabobati usullari, parhez, kelib chiqish sabablari, turlari. Asosiy qism Insult (lotincha: insulto — zarba, hujum qilmoq) — bosh miyada qon aylanishning toʻsatdan buzilib, miya toʻqimasining zararlanishi va funksiyasining izdan chiqishi; miyaga qon quyilishi. Gipertoniya kasalligi, miya tomirlari aterosklerozi, anevrizma, vaskulit va boshqa bir qancha kasalliklar insultga sabab boʻla oladi. Gemorragik va ishemik insultlar farq qilinadi. Gemorragik insult yoki apopleksiyada miyaga qon quyiladi. Garchi insult koʻpchilik odamlarda toʻsatdan paydo boʻlsada, biroq kasallik nishonasi oldindan seziladi. Masalan, gipertoniy kasalligi va aterosklerozda miyaga toʻsatdan, koʻpincha kishi hayajonlanganda qon quyiladi. Baʼzan bosh gʻuvillaydi, ogʻriydi, aylanadi, boshda ogʻirlik seziladi. Qon quyilishi (gemorragiya) miya toʻqimasini yemirib, tegishli funksiyalarni buzadi; kishi hushdan ketib, qusadi, yuzi qizaradi, tez-tez chuqur, koʻpincha xirillab nafas oladi, pulsi tarang va siyraklashgan boʻladi, harorati koʻtariladi, siydik va najasi kelmay qoladi yoki beixtiyor chiqib ketadi. Hayot uchun xavfli bu holat 1—3 kun davom etib, keyin bemor hushiga keladi va miyaning biror sohasi zararlanganligini koʻrsatuvchi belgilar yuzaga chiqadi; koʻpincha gavdaning oʻng yoki chap qismi falaj boʻladi (gemiplegiya), bemor tildan qoladi yoki tuzuk gapira olmaydi. Bir necha oydan keyin falaj deyarli barham topishi,bemor yana tilga kirishi mumkin. Ishemik insult miya tomirlarining trombozi natijasida paydo boʻladi, bu miya toʻqimasining yumshashi — miya infarktiga sabab boʻladi. Bosh ogʻrishi, aylanishi kabi dastlabki belgilar paydo boʻlgandan keyin bemor hushdan ketmay, qoʻl yoki oyoq uvishadi, soʻngra parez yoki falaj boʻladi, sezish qobiliyati yoʻqoladi yoki pasayadi, nutq buziladi. Bemorning rangi oʻchgan, koʻz qorachiqlari tor, pulsi zaif, ammo harorati normal boʻladi. Buzilgan funksiyalar bir necha oyda asliga kelishi mumkin. Emboliyaga aloqador insultda miyada qon aylanishi toʻsatdan (baʼzan jismoniy zoʻriqishdan) buziladi. Emboliyadan oldin kishining umumiy ahvoli ogʻirlashadi: darmoni quriydi, halloslaydi, worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI yuragi "oʻynaydi", harorati koʻtariladi. Miya toʻqimasi qonsizlanganligi tufayli qoʻl-oyoq falaj boʻladi, sezmaydi, baʼzan nutq buziladi. Buzilgan funksiyalar 1—3 oy ichida (baʼzan toʻla) tiklanishi mumkin. Insultning dastlabki belgilari paydo boʻlganda darhol vrach chaqirish, bemorni tamomilatinch qoʻyish kerak. Keyin uvrach maslahati bilan parvarish qilinadi[1]. Ishemik insultlar Ishemik insult—boshqacha miya infarkti ham deyiladi. Ishemik insult, asosan, 45—50 yoshdan keyin ko‘proq qariyalarda uchraydi. Bu kasallik kelib chiqishining asosiy sabablari, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, xafaqon kasalligi, bosh miya qontomirlarining yallig‘lanishi, qon bosimning pasayishi, bosh miya qontomirlarning anevrizmlaridir. Ishemik insultning kelib chiqishi asosan bosh miya qontomirlarining qisilishi, ya’ni angiospazmidir. Turli xil gemodinamik o‘zgarishlar har xil ruhiy holatlar bosh miya qontomirlarining qisilishiga olib keladi va u yerdan qonning o‘tishi sekinlashadi. Bunda bosh miya to‘qimasida yumshashish holati yuzaga keladi. Qon tomirlari ichida tromb hosil bo‘lishi, bunda bosh miya qontomirlarida qonning sekin aylanishi tufayli qontomirlardevorida qonning shaklli elementlari cho‘kaboshlaydi. Natijada, qonning o‘zidan tromb hosil bo‘ladi. Tromb hosil bo‘lishiga yana qonning biokimyoviy o‘zgarishi, ya’ni uni ivishining buzilishidir. Bundan tashqari, kalla suyagi tashqarisidagi ekstrokranial qontomirlarining qisilishi ham ishemik insultga olibkeladi. Klinikmanzarasi Ishemik insult bo‘lishidan oldin bir necha hafta yoki oylar oldin belgi beradi. Bu belgilar: bosh aylanishi, qisqa vaqt hushning yo‘qolishi, ko‘z oldining qorang‘ilashishi, umumiy darmonsizlik, o‘tib ketuvchi paresteziyalar yoki qo‘l-oyoqdagi parezlardir. Kasallik ko‘pincha asta-sekin boshlanadi. Kechasi yoki ertalabga yaqin kuzatiladi. Buning asosiy sababi kechasi tinch yotganda bosh miyadagi qon aylanishi sekinlashadi va tromb hosil bo‘lishiga moyillik ko‘payadi. Ertalab uyqudan turgandan keyin bemor, asosan, hushini yo‘qotmaydi, bemor

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada insult kasalligi uning patogenezi , klinik belgilari va davolash usullari haqida ilmiy-tanqidiy tahlil berilgan Insult bu oddiy qon quyilishi bilan kechishiga oid kasallik bo’lishi mumkin, lekin imson…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada insult kasalligi uning patogenezi , klinik belgilari va davolash usullari haqida ilmiy-tanqidiy tahlil berilgan Insult bu oddiy qon quyilishi bilan kechishiga oid kasallik bo’lishi mumkin, lekin imson… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
parhez, kelib chiqish sabablari, turlari., diagnostikasi, xalq tabobati usullari, Insult, patalogiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники