К содержанию
РецензированоUZ1987

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI TARIXIDA SO‘ZLAR BIRIKUVI MASALALARINING O‘RGANILISHI VA UNDAGI MUAMMOLAR

O‘RGANILISHI VAUNDAGI MUAMMOLAR

Международный научный журнал · 34-40 · 1987

Аннотация

Hozirgi davrda o‘zbek tilining barcha sathlari bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud. Jumladan, sintaksis, undan o‘rin olgan so‘zlar birikuvi, birikuv natijasida hosil bo‘ladigan so‘z qo‘shilmasi, so‘z birikmasi, ibora va gap kabilar yetarlicha tadqiq qilingan. So‘zlar birikuvi formal yondashuvda ham, substansial yondashuvda ham yetakchi olimlarimiz tomonidan o‘rganildi. Kalit so‘zlar: birikuv, sintaktikqurilmalar, so‘zbirikmasi, tilshunoslik, tobe aloqa, o‘zbektili. Kirish. 1987-yilda nashr etilgan A.G‘ulomov va M.Asqarovalar muallifligidagi “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis” kitobida so‘zlar birikuvining asosiy hosilasi sifatida gap qaraladi. “So‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvidan so‘z qo‘shilmasi hosil bo‘ladi. Bular ikki xil: 1) gap (Yaproqlar ko‘m-ko‘k); 2) so‘z birikmasi (ko‘m-ko‘k yaproqlar)”[1:7-8]. Tilning asosiy vazifasi jamiyatda, insonlarorasida aloqani ta’minlash, axborot vositasi vazifasini bajarishdan iboratdir. Fikr ifodalash vazifasini esa o‘zbek tilida asosiy sintaktik butunlik - gap bajaradi. Sintaksisning yana bir obyekti - so‘z birikmasi esa fikr ifodalay olmaydi. Ko‘rinadiki, sintaksisning bosh birligi, asosiy o‘rganish obyekti gap hisoblanib, so‘z birikmasi gapning tarkibiga kiruvchi, uni qurishda ishtirok etuvchi yordamchi birlikdir. Shu sababli sintaksisning tadqiq markazida gap, uning xususiyatlari haqidagi ta’limotyotadi. Grammatik (sintaktik) butunliklar ularni tashkil qiluvchi birliklar soniga ko‘ra bir so‘zli, ikki so‘zli va ko‘p so‘zli kabi turlarga bo‘linadi. Birgina so‘zdan iborat sintaktik qurilmalar, aksariyat hollarda, birgina mustaqil so‘z bilan ifodalanadi va so‘z-gap yoki to‘liqsiz gaplar sifatida talqin qilinadi. Bunda sintaktik qurilma tarkibida shu yagona mustaqil so‘zni kesim sifatida shakllantiruvchi bog‘lamalar qatnashishi mumkin. “Ikki so‘zli sintaktik konstruksiya yo sodda so‘z birikmasidan (Lolaxonning kitobi), yoki sodda yig‘iq gapdan (Lolaxon keldi) tashkil topadi” [2:9]. Shu o‘rinda ikki so‘zli sintaktik qurilmalar sirasiga nafaqat sodda yig‘iq gaplar, balki sodda yoyiq gap (Bugun boraman), qo‘shma gap (Kulsang – yutqazasan tipidagi qo‘shma gaplar) kabilar ham kirishi mumkinligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ko‘p so‘zli sintaktik qurilmalar esa murakkab so‘z birikmasi (osmonda uchayotgan qush), sodda gap (Bugun hikoyani yakunladi), qo‘shma gap (Ko‘p o‘qisang,ko‘pbilasan)dan iborat bo‘lishimumkin. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. So‘z qo‘shilmalari, so‘z birikmalari va gaplar hosil bo‘lishi uchun so‘zlar o‘zaro muayyan biriktiruvchi vositalar bilan birikishi lozim. Bu vositalar tilning boshqa sathlarida o‘rganilishi orqali sintaksisning morfologiya va leksikologiya bilan zich bog‘liq ekanligi asoslangan. So‘z birikmasi va gaplarni hosil qilishda ular ma’lum bir shaklda bo‘lishi talab etiladi. Bu esa sintaksis vam leksikaning morfologiyaga tayanishini anglatadi. Bunday bog‘lanish, ayniqsa, sintaksis bilan morfologiyaning munosabatida juda aniq seziladi: so‘zlar birikuvini ta’minlashda ularni bir-biriga bog‘lash vazifasini kelishik, shaxs-son, egalik shakllari kabilar bajaradi. Demak, “bular morfologik hodisalar bo‘lishiga qaramay, funksiyasi sintaktikdir”[1:8]. So‘zlarning bunday aloqalarida birikmani hosil qiluvchi so‘zlarning bir-biriga grammatik va ma’noviy jihatdan mos bo‘lishi lozim. Shuningdek, birikmaning a’zolari mansub bo‘lgan so‘z turkumlari ham o‘zaro mutanosib bo‘lishi boshqa turkum juftliklariga nisbatan ko‘proq birikma hosil qilishi asosida isbotlangan. Sintaktik butunlik hosil qilishda material sifatida so‘zlar ishtirok qiladi. So‘zlarning o‘zaro tanlanishi, masalan, sifat ot bilan ko‘proq birikma hosil qilishi (aqlli bola: shaxs va uning belgisi), ot o‘ng tomondan ko‘proq fe’lga birikishi (chol nasihat qildi: shaxs va uning harakati) kabilarda namoyon bo‘ladi. Bunday mos kelishlik bo‘lmaganligi uchun, 446 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI masalan, sifat bilan son birika olmaydi. Albatta, bu tilshunoslikda ko‘p qirrali tushuncha hisoblanadigan valentlikhaqidagi fikrlardir. O‘zbek tilshunosligidagi formal yondashuvda sintaktik aloqa turlari haqida fikr yuritilar ekan, birikmani hosil qiluvchi unsurlar teng va tobe munosabatda bo‘lishi, teng aloqa natijasida so‘z tizmasi, tobe aloqa natijasida gap va so‘z birikmasi hosil bo‘lishi haqida xulosaga kelinadi. Lekin ba’zi olimlarda teng munosabatdagi qismlardan tuzilgan so‘z birikmalari ham mavjudligi haqidagi fikrlar yo‘q emas. “So‘z birikmasini bu tarzda tushunish masalaning faqat bir tomoni bilangina bog‘liq ko‘rinadi. Negaki, komponentlarining tenglik asosida munosabatga kirishuvidan tashkil topuvchi so‘z birikmalari ham mavjud ekanligi bugungi tilshunoslikda to‘liq e’tirof etilmoqda”[3:11-12]. Bunda S.Shodiyev “O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi”dagi A.Ahmedovning fikrlariga tayanadi. Olim gap bilan so‘z birikmasi o‘zaro predikativ va nopredikativ birliklar sifatida farq qilishi haqida fi

Доказательный фрагмент

«Hozirgi davrda o‘zbek tilining barcha sathlari bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi davrda o‘zbek tilining barcha sathlari bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘zbek tili., tilshunoslik, tobe aloqa, so‘z birikmasi, birikuv, sintaktik qurilmalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники