К содержанию
РецензированоUZ2026

SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VAZIFALARI

SUN’IYINTELLEKT VAZAMONAVIY TILSHUNOSLIKVAZIFALARI · MENGLIYEVBAXTIYOR RAJABOVICH · HAMROYEVA SHAHLO

Международный научный журнал · 34-40 · 2026

Аннотация

Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari dunyoning deyarli barcha sohasiga jadal tarzda kirib kelayotgan bir paytda bu jarayon lingvistika sohasida ham tub o‘zgarishlar keltirib chiqarmoqda. An’anaviy morfologik, sintaktik, semantik, fonetik va pragmatik tadqiqotlar kundan- kunga avtomatlashtirilar ekan, lingvistlar zamonaviy raqamli vositalar bilan hamkorlik qilgan holda yangidan-yangi metodologiyalar ishlab chiqishga majbur bo‘lishmoqda. SI texnologiyalari bir tomondan o‘lchovsiz qulaylik yaratib, lingvistik ma’lumotlarni tezda qayta ishlash, katta hajmdagi korpuslarni tezkor tuzish, mashinada tarjima va transkripsiya jarayonlarini kuchli ravishda optimallashtirish, yozma va og‘zaki nutqni tez va aniq tahlil qilish imkonini berayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan ba’zi an’anaviy ishlarni (masalan, lug‘at tuzish, dastlabgi morfologik va sintaktik saralash, oddiy so‘z chastotasi tahlili va b.) deyarli “keraksiz” darajaga tushirib yuborish xavfini tug‘diradi. Bunda tilshunoslar, ayniqsa, semantik nuqtayi nazardan murakkab, pragmatik kontekstga ega, madaniy xosliklar bilan bog‘liq yoki mafkuraviy ziddiyatlar aks etadigan nutq tahlillarida hamon muhim o‘rin tutadi. Maqolada SI sharoitida lingvistlarning hali ham dolzarb bo‘lib turgan, hattoki yangidan paydo bo‘layotgan ilmiy-amaliy vazifalari chuqur yoritiladi. Kirish. Bugungi globallashgan asrda texnologik taraqqiyot deyarli barcha sohaga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, SI texnologiyalari, murakkab algoritmlar va katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash usullari yildan-yilga kengayib, inson faoliyatining ko‘plab jabhalari, jumladan, lingvistikani ham yangicha bosqichga olib chiqyapti. SI dasturlari, masalan, Google Translate, DeepL, ChatGPT, Siri, Alexa kabi tizimlar, grammatika tekshiruvchilari (Grammarly, LanguageTool) va nutqni tanish dasturlari (Google Speech-to-Text, Descript, Otter.ai) nafaqat ilmiy, balki kundalik hayotda ham tez-tez uchraydigan vositalargaaylandi. Tilshunoslik – an’anaviy ravishda til qurlishi va uning turli bosqichlarini, lug‘at boyligi, fonetik o‘ziga xoslik, sintaktik qurilish, semantik kontekst va pragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilib kelgan soha. Bunday tahlillar avvallari qo‘lda yoki oddiy kompyuter dasturlari yordamida sekin sur’atda amalga oshirilgan. XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida korpus lingvistikasi paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyingi bosqichda stoxastik modellar, mashinali o‘rganish va SI lingvistikaning tadqiqot doiralarini keskin kengaytirdi. Bu maqolaning asosiy maqsadi – SI shiddat bilan rivojlanayotgan davrda lingvist olimlar oldida turgan vazifa, imkoniyat, cheklov va istiqbollar haqidagi qarashni taqdim etish. Shu bilan birga, SI texnologiyalari yuzaga keltirayotgan “tahdidlar” va kelajakda ushbu tahdidlarni qanday yengib o‘tishmumkinligi ham ko‘rib chiqiladi. Adabiyotlar sharhi. 1.1. Sun’iy intellekt va uning lingvistikaga ta’siri. Sun’iy intellekt tushunchasi dastlab XX asrning o‘rtalarida shakllangan, matnni tushunish, gapiryotgan odamni tanish, shaxmat o‘ynash kabi vazifalariga asoslangan dastlabgi sinovlar shunchaki eksperimental ahamiyatga ega bo‘lgan edi. Keyinchalik kompyuter quvvatining ortishi, neyron tarmoqlarning rivoji, ma’lumotni tez va katta hajmda saqlash imkoniyatlarining paydo bo‘lishi bilangina SI texnologiyalari keng dasturlarga ega bo‘ldi. O‘zbekiston, Rossiya va Yevropa mamlakatlarida ham SI tamoyillari tadbiq qilinishi bo‘yicha turli labaratoriyalar faoliyat yurita boshladi [Mengliyev, 2024]. Tilshunoslikda SI ning shiddatli rivoji asosan ikki bosqichga bo‘linadi: 1) kompyuter lingvistikasi rivojlanishi; 2) korpus lingvistikasi va mashinali o‘rganish algoritmlari paydo bo‘lishi. Birinchi davrda asosan lug‘aviy ma’lumotlarni elektronlashtirish, matnni tez qayta ishlash vositalari 440 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI yaratilgan bo‘lsa, ikkinchi davrda mashinali tarjima, ovozli buyruqlarni tushunish, matnni tasnif qilish,sentiment tahlil vasemantik tahlillarilg‘orbosqichga chiqdi. [Smith,2021; DeMauro, 2020] 1.2. Lingvistika sohasida avtomatlashgan ish turlari. Avvallari lingvistlar tomonidan qo‘lda bajarilgan morfologik tahlil, sintaktik strukturani ifodalash, so‘z chastotasi, lug‘atlar tuzish kabi vazifalar so‘nggi o‘n yillikda keskin sur’atda avtomatlashtirila boshladi. Google va Yandex tomonidan taqdim etiladigan tarjima vositalari, maxsus dasturlar yordamida tilshunoslar to‘plashi mumkin bo‘lgan korpus tahlili, hatto xatoni avtomatik tuzatishtizimlari (Grammarly, LanguageTool) ushbu jarayonlarning misollaridir. [Brown, 2019] Biroq mazkur tizimlardagi ba’zi cheklovlar – xususan, kontekst, madaniy xoslik, kinoyali (ironik) gaplarni to‘g‘ri tushunish, shuningdek, bir tilning turli sheva va dialektlarini adekvat qayta ishlash masalalari hanuz yechimga muhtoj bo‘lib qolmoqda. Ushbu nuqsonlar inson omilining, aniqrog‘i, lingvistlar nazorati va tahlili muhim bo‘lib qolishiniisbotlashdadavom etadi. 1.3. T

Доказательный фрагмент

«Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari dunyoning deyarli barcha sohasiga jadal tarzda kirib kelayotgan bir paytda bu jarayon lingvistika sohasida ham tub o‘zgarishlar keltirib chiqarmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari dunyoning deyarli barcha sohasiga jadal tarzda kirib kelayotgan bir paytda bu jarayon lingvistika sohasida ham tub o‘zgarishlar keltirib chiqarmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
LanguageTool) va nutqni tanish dasturlari (Google Speech-to-Text, Siri, jumladan, inson faoliyatining ko‘plab jabhalari, Descript, DeepL, SI texnologiyalari, Alexa kabi tizimlar, Otter.ai) nafaqat ilmiy, Google Translate, balki kundalik hayotda ham tez-tez uchraydigan vositalarga aylandi., Bugungi globallashgan asrda texnologik taraqqiyot deyarli barcha sohaga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, murakkab algoritmlar va katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash usullari yildan-yilga kengayib, masalan, grammatika tekshiruvchilari (Grammarly, lingvistikani ham yangicha bosqichga olib chiqyapti. SI dasturlari, ChatGPT
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники