К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUVCHILARDA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA AKSEOLOGIK YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

O‘QUVCHILARDA MULOQOTMADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA · Jumanov AlisherTolibjonovich

Журнал научных исследований и их решений · 6 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada akseologik yondashuv asosida o‘quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Muallif muloqot madaniyatini faqat til vositasidagi faoliyat emas, balki axloqiy-estetik qadriyatlar tizimi sifatida ko‘rib chiqadi. Yondashuv asosida ijtimoiy va madaniy qadriyatlar kontekstida shaxsning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, umumta’lim maktablari sharoitida muloqot madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: akseologik yondashuv muloqot madaniyati qadriyatlar kommunikativ ko‘nikma ta’limjarayoni shaxs rivoji Kirish qismi Bugungi globallashuv va raqamli axborotlashuv davrida insonlar o‘rtasidagi muloqotning sifati va mazmuni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yosh avlod vakillarida muloqot madaniyatini shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘quvchilarning kommunikativ salohiyatini rivojlantirish nafaqat ularning ijtimoiy faolligini oshiradi, balki ular orasida sog‘lom psixologik muhitni ta’minlashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, muloqot madaniyatini akseologik yondashuv asosida tahlil qilish va takomillashtirish bu sohadagi muhim ilmiy va amaliy vazifalardan biridir. Akseologiya – bu qadriyatlar haqidagi ta’limot bo‘lib, u orqali shaxsiy hamda ijtimoiy ongda shakllanadigan muloqotmadaniyati elementlarini chuqur o‘rganish va tahlilqilish mumkinbo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishda faqat til vositalaridan foydalanish yetarli emas. Bu jarayonda hissiy-intellektual muhit, axloqiy-psixologik tarbiya, estetik idrok va tanqidiy fikrlashning o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Akseologik yondashuv o‘quvchilarni muloqot jarayonida nafaqat axborot almashishga, balki muloqot orqali insoniy qadriyatlarni anglashga, o‘zgalarning hissiyotlarini tushunishga, empatiya asosida fikryuritishga o‘rgatadi. Bu esakommunikativsavodxonlikning yuqori bosqichidir. Shuningdek, maktabdagi barcha fanlar orqali muloqot madaniyatini rivojlantirish mumkin. Masalan, adabiyot darslarida badiiy obrazlar vositasida axloqiy qarorlar muhokamasi, tarix darslarida turli madaniyat va qarashlarga nisbatan hurmatni rivojlantirish, biologiya va texnologiya darslarida guruhlarda ishlash orqali fikr almashishni yo‘lga qo‘yish orqali muloqotning mazmuni boyitiladi. Akseologik yondashuvda o‘quvchi shunchaki bilim oluvchi emas, balki faol qadriyat egasi sifatida shakllanadi. Muloqot madaniyatini rivojlantirishda psixologik jihatlar ham muhim o‘rin egallaydi. O‘quvchilarning o‘zini anglash darajasi, o‘z fikrini ifodalashdagi ishonchi, ijtimoiy muhitdagi o‘zini tutish qoidalarini tushunishi – bularning barchasi muloqot jarayonining sifatini belgilaydi. Shu nuqtai nazardan, akseologik yondashuv asosida o‘quvchilarning ichki dunyosi, hissiy holati va shaxsiy qadriyatlariga e’tibor qaratish ta’limning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlaydi. O‘quvchining ichki motivatsiyasi faqat bilim olishga emas, balki o‘z shaxsiy qadriyatlarini anglash va namoyon etishga yo‘naltirilsa, u muloqotga ongli va mas’uliyatli yondashishni o‘rganadi. Muloqot madaniyatini shakllantirishda sinf jamoasining roli ham beqiyosdir. O‘quvchilar o‘rtasida ijobiy muhit yaratish, o‘zaro hurmat, tenglik, ochiqlik tamoyillarini amaliyotga tadbiq etish orqali muloqot jarayoni erkin, tabiiy va samimiy tus oladi. Akseologik yondashuv aynan jamoaviy qadriyatlarga tayangan holda har bir a’zoni jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini anglashga undaydi. Shu orqali o‘quvchi muloqotni shaxsiy ehtiyoj emas, balki ijtimoiy va madaniy zarurat sifatida qabul qilaboshlaydi. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Zamonaviy ta’lim texnologiyalari – loyiha asosida o‘qitish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kollaborativ (hamkorlikdagi) ta’lim usullari muloqot madaniyatini shakllantirishda samarali vosita bo‘la oladi. Masalan, “fikrlar doirasi”, “rolli muloqot”, “ixtilofli holatlarda qaror qabul qilish” kabi usullar orqali o‘quvchilar o‘z fikrini asoslash, boshqalarning fikrini inobatga olish, bahs qilish madaniyatini o‘zlashtiradilar. Bu faollik jarayonida akseologik yondashuv muloqotni nafaqat mantiqiy, balki ma’naviyvaaxloqiy asosda olib borishga yo‘naltiradi. Milliy qadriyatlar kontekstida olib borilgan muloqot madaniyatining rivoji ham alohida o‘rganishga arzigulik yo‘nalishdir. O‘zbek xalqining tarixiy madaniy merosi, odob-axloq me’yorlari, mehmondo‘stlik, kattalarga hurmat, murosaga moyillik kabi qadriyatlar yoshlar ongiga singdirilsa, ular bu qadriyatlarni kundalik muloqotda ham amaliyotga tatbiq etishni o‘rganadilar. Bu jarayonda folklor namunalaridan, maqollardan, tarixiy shaxslar hayotidagi muloqot madaniyati bilan bog‘liq voqealardan

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada akseologik yondashuv asosida o‘quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada akseologik yondashuv asosida o‘quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
akseologik yondashuv muloqot madaniyati qadriyatlar kommunikativ ko‘nikma ta’lim jarayoni shaxs rivoji
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники