Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING KIMYO FANLARINI OʻQITISHDAGI OʻRNI
OʻQITISHDAGI OʻRNI · Xakberdiyev ShuxratMahramovich
Журнал научных исследований и их решений · 6 · 2025
Аннотация
Zamonaviy usullar taʼlim samaradorligini oshirishda oʻquvchilarning aqliy, axloqiy va ruhiy rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.Maqolada kimyo fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllashning ahamiyati va usullari yoritilgan. Pedagogik jarayonni texnologik asoslarda tashkil etish, mavzuni tarkibiy qismlarga ajratish, maqsadli tizim yaratish, nazorat topshiriqlarini belgilash vaadabiyotlar roʻyxati bilanishni yakunlash kabi bosqichlartahlil qilingan. Kalit soʻzlar: pedagogik texnologiya, mavzu loyihasi, nazorat topshiriqlari, Identiv, oʻquv maqsadlari,streotip Bugungi kunda kimyo fanlarini oʻqitishda pedagogika fani taaluqli yangiliklar juda koʻp boʻlishiga qaramasdan, oldingilardan keskin farq qiladigan, pedagogik faoliyatni tubdan oʻzgartirishni taqazo yetadigan yangilik - bupedagogik jarayonni texnologik asoslarda yoʻlga qoʻyishdan iboratdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilim beruvchini (oʻqituvchi) va bilim oluvchini (oʻquvchi) taʼlim jarayonida faol boʻlishini, ongini batamom oʻzlashtirayotgan oʻquv materialiga qaratishni taqazo yetadi. Oʻqituvchi, ayniqsa taʼlim mazmuninitexnologik loyihaga aylantirish jarayonida, oʻta chuqur bilimga ega boʻlishi, eng kichik detallargacha eʼtiborda saqlashi va ularni loyiha mazmuniga kiritishga erishmogʻi darkor. Oʻquv materialini texnologik loyihaga aylantirish qanday tartibda boʻladi, qanday qoidalarga amal qiladi, nima bilan boshlanib, nima bilan yakunlanadi? degan savollar paydo boʻlishi tabiiy. Biz quyida pedagogik texnologiya loyihasi tarkibiy qismlari haqida maʼlumotbermoqchimiz. Kimyo fanlarini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oʻrganiladigan mavzuning nomidan boshlanadi. Mavzuning mazmuni asosiy savollarga boʻlinadi. Savollar mavzu ichidagi tugallangan fikrlarda va keyingisidan maʼlum darajada farqlanadigan tushunchalarni qamrab oladi. Savollar sunʼiy tarzda koʻpaytirilmasligi va kamaytirilmasligi kerak. Bu yerda bilim beruvchini (oʻqituvchi)ning bilimi vamahorati katta rol oʻynaydi. Mavzu asosiy savollarga boʻlingandan keyin mavzuning ikkinchi yelementi, yaʼni tayanch tushuncha va iboralar yozib chiqiladi. Mazkur mavzu uchun ahamiyatli boʻlgan asosiy tushunchalar alohida-alohida qayd yetiladi. Ularning maʼnosi mazmuni ichida izohlanadi. Lekin bilim oluvchi tayanch tushunchalarni mazmunniboshidakoʻrib, nimalarga eʼtiborqaratish kerakligini biliboladi. Oʻtilayotgan mavzuning uchinchi elementi maqsadli tizim hisoblanadi. Bunda har bir asosiy savol uchun alohida maqsadlar qoʻyiladi. Avvalo (darsning) oʻqituvchining maqsadlari (taʼlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi) va bilim oluvchilarning maqsadlari (identiv oʻquv maqsadlari) ketma -ketlikda aniqbelgilab chiqiladi. Bilim oluvchilar uchun qoʻyiladigan maqsadlar identiv oʻquv maqsadlari yoki oʻquvchilarning mashgʻulot davomidagi oʻquv vazifalari deb ham ataladi. Bilim oluvchilarning oʻquv vazifalari aniqlanib, pedagogik texnologiyalarning yana birqoidasiga amal qilinadi. Oʻtilayotgan mavzuning beshinchi yelementi nazorat topshiriqlari hisoblanadi. Nazorat topshiriqlari identiv oʻquv maqsadlari, bilimlarni oʻzlashtirish darajalari va mazmuniga mos holda qoʻyiladi. Nazorat topshiriqlari test shaklida, yozma, ogʻzaki va amaliy boʻlishi mumkin. Savolning mazmuni va oʻquvchi tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalardan kelib chiqqan holda nazorat topshiriq turlari aniqlanadi. Nazorat topshiriqlari iloji boricha koʻproq boʻlishi zarur. Oʻquvchilar nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini sinab koʻradilar. Oʻquvchilarning bilimlari tekshirib reyting asosidabaholanadi. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Oʻtilayotgan mavzuning soʻngida mavzu yuzasidan umumiy nazorat savollari qoʻyiladi. Bu mavzuni yaxlit, birbutun holdatasavvur etishini,qoʻshimcha bilimvatajribalarni egallashni taʼminlaydi. Oʻtilgan mavzu boʻyicha foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati bilan yakunlanadi. Oʻquv mashgʻulotlarini tashkil yetishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash uchun birinchi navbatda yuqorida bayon yetilgan tartibda oʻtilayotgan mavzu mos kelishi shart. Bu mashgʻulotlarning qiziqarli va yuqori saviyada oʻtishini taminlaydi. Faqat oʻqituvchi va oʻquvchilar bunday mashgʻulotlarga avvalo ruhiy jihatdan tayyor boʻlishi kerak. Yillar davomida hosil boʻlgan tajriba, koʻnikma va malakalar ayniqsa streotiplar (qoliplangan odatlar) xalaqit berishi mumkin. Oʻqituvchibuni yengishi, oʻziniva oʻquvchilarni tayyorlashi lozimboʻladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilganda taʼlimning samaradorligi ortishi bilan birga, oʻquvchilarning aqliy, axloqiy va ruhiy ulgʻayishlari oʻzaro uygʻun holda takomillashib borishi aniqlangan. Bunda oʻquvchi yoshlarda bilim olishga munosabat oʻzgaradi. Oʻzlarining aqliy qobiliyatlariga boʻlgan ishonchlari kuchayadi. Kelajakka yuksak umidlar bilan qarash hissi orta
Доказательный фрагмент
«Zamonaviy usullar taʼlim samaradorligini oshirishda oʻquvchilarning aqliy, axloqiy va ruhiy rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.Maqolada kimyo fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllashning ahamiyat…»
Образец извлечения
Демо-превьюZamonaviy usullar taʼlim samaradorligini oshirishda oʻquvchilarning aqliy, axloqiy va ruhiy rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.Maqolada kimyo fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllashning ahamiyat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mavzu loyihasi, Identiv, nazorat topshiriqlari, pedagogik texnologiya, oʻquv maqsadlari, streotip
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014