Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XURSHID DAVRONNING BADIIY MAHORATI BORASIDA BA’ZI MULOHAZALAR
To‘rayeva SadoqatQahramon qizi
Журнал научных исследований и их решений · 6 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri —Xurshid Davronning badiiy mahorati xususida fikr yuritiladi. Uning she’riyati va nasriy asarlarida aks etgan poetik tasvirlar, badiiy ifoda vositalari, tarixiy va zamonaviylik uyg‘unligi, hamda milliy ruhning talqini tahlil etiladi. Muallifning ijodiy individual uslubi, obraz yaratish san’ati, ramziy ifoda va falsafiy teranlik bilan sug‘orilgan satrlar asosida Xurshid Davronning adabiy makonidagi o‘rni ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Badiiy mahorat, o‘zbek she’riyati, poetik tasvir, milliy ruh, tarixiylik, zamonaviylik, ramziy ifoda, adabiy tahlil. Kirish. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos poetik yo‘nalish va falsafiy qarashlari bilan ajralib turuvchi adiblardan biri — Xurshid Davrondir. Uning she’rlari, esselari va tarixiy hikoyalari orqali bugungi o‘zbek adabiyotining ruhiy, estetik vabadiiy olami yuksak pog‘onaga ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. Shoir asarlarida qadimiylik va zamonaviylik uyg‘unligi, tarixiy xotira va milliy g‘urur, ruhiy kechinma va falsafiy teranlik o‘zaro chambarchas bog‘liq. Shoir ijodida adabiyot alohida o‘rin kasb etadi. Buyuk shoir va yozuvchimiz Oybek aytganidek, “Adabiyot — bu yurakda kechgan tuyg‘ularning so‘zga aylangan shaklidir. Shoir qalbidan chiqqan har bir satr — xalqning ichki olamidan darak beradi”. Xurshid Davron o‘z ijodida faqatgina go‘zal so‘zlar bilan o‘ynashmaydi, balki u orqali xalqning ruhiy holati, tarixiy ongi, madaniy merosi va bugungi zamon muammolarini poetik tasvirga olib kiradi. Shoir she’riyatida hayotning nozik qatlamlari, inson ruhiyati, vaqt va makon tushunchalari o‘z badiiy ifodasini topgan. Mazkur maqolada Xurshid Davronning badiiy mahorati, ya’ni uning she’riy obrazlar yaratishdagi o‘ziga xosligi, tarixiy ongni badiiy ifodalash mahorati, til va uslubdagi yangilanishlar borasida ayrim mulohazalar bildiriladi. Shu orqali adibning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, ijodiy tamoyillari va estetik qarashlari chuqur tahlil qilinadi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Xurshid Davron ijodi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va adabiy tahlillar adabiyotshunoslikda muhim o‘rin egallaydi. Uning badiiy mahorati, asarlaridagi tarixiylik, poetik tafakkur, obraz yaratish san’ati hamda ramziy tasvirlar ko‘plab adabiy manbalarda keng yoritilgan. Xususan, adabiyotshunos olima G.G‘ulomovaning tadqiqotlarida Xurshid Davronning tarixiy obrazlarni zamonaviy fikr bilan uyg‘unlashtira olganligi alohida e’tirof etiladi. Shoir ijodidagi badiiy teranlik, milliy g‘urur va ma’naviy poklik timsoli bo‘lgan she’rlar ustida professor A.Nazarov, D.Sodiqova kabi olimlarning maqolalarida tahliliy yondashuvlar mavjud. Bu tadqiqotlarda shoirning g‘oya va mazmun uyg‘unligini saqlagan holda, badiiy vositalarni mohirlik bilan qo‘llagani ta’kidlanadi. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolani yozishda adabiy-tahliliy, solishtirma hamda tarixiy yondashuv usullari asos qilib olindi. Xurshid Davronning badiiy mahoratini yoritishda, eng avvalo, uning adabiy merosi — she’riy va nasriy asarlari tahlil qilindi. Asarlardagi poetik ifoda vositalari, ramziy obrazlar, tarixiyva falsafiy qatlamlaradabiy-nazariy mezonlarasosida o‘rganildi. Tahlil va natijalar. Xurshid Davron o‘zining she’riy va nasriy ijodi orqali o‘zbek adabiyotiga badiiy yuksaklik, ramziy teranlik va milliy-falsafiy ruh olib kirgan adibdir. Uning asarlarida tarixiy worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI xotira, shaxsiy kechinma va umumxalq ruhiyatining uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Shoirning badiiy mahoratini tahlil qilishda, birinchi navbatda, uning obraz yaratish san’ati, ramzlardan foydalanish uslubiva poetiktafakkuriga e’tiborqaratish lozim. Shoirlarin o‘ldirganda xalq, Bo‘larekan o‘ziqonga g‘arq. Xurshid Davronning “1937-yil” nomli she’ridagi ushbu ikki misra qisqa, ammo favqulodda teran ma’no anglatadi. She’rda 1937-yilda yuz bergan xalqning ma’naviy qatli, ijod erkinligining bo‘g‘ilishi, va eng achinarlisi — bu fojeada xalqning o‘zi ham befarq guvoh, ba’zan esa bevosita qatnashchi bo‘lib qolganini ayanchli, ammo halol poetik ifodabilan tasvirlaydi. “Shoirlarin o‘ldirganda xalq” — bu satrda “xalq” subyekti aslida ijodkorni ko‘tara olmagan jamiyat timsolida ko‘rsatiladi. Shoir, yozuvchi, ziyolining o‘ldirilishi — bu nafaqat jismoniy qatl, balki xalqning madaniyati, tafakkuri, ruhiyati ustidan amalga oshirilgan hujumdir. Shoir bu yerda xalqni qoralamaydi, aksincha, ayanchli haqiqatni ochib beradi: shoirning o‘limi — xalqning o‘zini yo‘qotishidir. “Bo‘lar ekan o‘zi qonga g‘arq” — bu ikkinchi misra birinchi satrdagi fikrni kuchaytiradi va oqibatni ko‘rsatadi: shoirni o‘ldirgan xalq — o‘zini qonga belagan xalqdir. Bu “qon” — faqat jismoniy emas, balki ma’naviy halokat, ruhiy zulmat, vijdon azobi belgisi sifatida metaforik ma’noga ega. Shoir bu yerda tarixiy xotira orqali zamonaviy o‘quvchini ogohlantiradi: ziyolilarni yo‘qotish —
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri —Xurshid Davronning badiiy mahorati xususida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri —Xurshid Davronning badiiy mahorati xususida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarixiylik, zamonaviylik, ramziy ifoda, o‘zbek she’riyati, milliy ruh, Badiiy mahorat, poetik tasvir, adabiy tahlil.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025