Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IBN SINO FALSAFASIDA TABIIY-ILMIY QARASHLAR MOHIYATI
IBNSINOFALSAFASIDATABIIY-ILMIY QARASHLARMOHIYATI · Omonova Sevinch · Inoyatova SaodatxonJoxongirqizi (Toshkent farmatsevtikainstituti,Sanoat farmatsiyasi)
Журнал научных исследований и их решений · 6 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy va falsafiy merosi, uning jahon ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Ibn Sino Sharq uyg‘onish davrining yetuk vakili sifatida tibbiyot, falsafa, matematika, astronomiya, farmakologiya va boshqa ko‘plab sohalarda inqilobiy ilmiy yutuqlarga erishgan. Uning "Al-Qonun fi-t-Tibb" asari asrlar davomida Yevropa va Islom olamida asosiy tibbiyot qo‘llanmasi sifatida qo‘llanilgan. Ushbu ishda uningqarashlarining zamonaviy fanlarga ta’siri vaahamiyati ham ko‘rsatildi. Kalit so‘zlar: Ibn Sino, falsafa, ilmiy tafakkur, tabiatshunoslik, sabablilik, unsur nazariyasi, anatomiya. Kirish. Ibn Sino haqida ko‘p eshitganmiz, u Sharqning buyuk allomasi sifatida tanilgan. Meningcha, uning faqat tabibligi emas, balki tabiat va dunyoni ilmiy asosda tushunishga bo‘lgan yondashuvi ham juda qimmatli. U o‘z davrida ilm va falsafani birlashtirib, tabiiy jarayonlarni chuqur o‘rganib, ilmiy asosda tushuntirgan. Shu sababli men ushbu mavzuni tanladim, chunki Ibn Sinoningilmiymerosi bugungi kunda ham ahamiyatli. Asosiy qism. XXI asrda Ibn Sinoning ilmiy merosidan foydalanish faqat tarixiy ahamiyat kasb etmay, balki tibbiyot va farmatsevtikaning kelajakdagi rivoji uchun ham mustahkam ilmiy asos bo‘libxizmatqiladi. Shu bois, uning ilmiy yondashuvlari hali-hanuz o‘zdolzarbligini yo‘qotmagan. Ibn Sino olam va tabiatni tushunishda an’anaviy fikrlarni yangilagan. Uning asarlarida har bir hodisaning sababi borligi haqida fikr bor, ya’ni hech narsa tasodifiy sodir bo‘lmaydi. U o‘zining mashhur "Shifo" kitobidatabiatdagi sabab-oqibat qonunlarini batafsil tushuntirgan. Shuningdek, Ibn Sino qadimiy unsur nazariyasini chuqur tahlil qilgan. To‘rt unsur – havo, suv, olov va tuproq – inson organizmida muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblagan. Menimcha, bu qarashlar tabiat bilan inson o‘rtasidagi bog‘liqlikni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. U yurak, jigar va miya kabi a’zolarni o‘rganib, ularning funktsiyalarini aniq bayon qilgan. Bu esa u davrda tibbiyotda katta yutuq edi. Ibn Sinoning ilmiy tafakkuri faqat organlar bilan chegaralanmaydi, u yorug‘lik, tovush, ob-havo o‘zgarishlari va yulduzlar harakatini ham izohlashga harakat qilgan. U tajriba va aqlni bilim olishning eng muhim vositasi deb bilgan, bu esa hozirgi fan asoslariga juda o‘xshaydi. Men uning tabiatni yaxlit tizim sifatida ko‘rishini o‘rganib, tabiatdagi barcha jarayonlar bir-biriga bog‘liq ekanligini angladim. Unga ko‘ra, har birvoqea boshqa voqeaga sabab bo‘ladi, bu esa ilmiy izlanishlar uchun muhim tamoyil hisoblanadi. Eng mashhur asarlaridan biri – "Al-Qonun fi-t-Tibb" (Tibbiyot qonunlari) faqat kasalliklarni tavsiflash va ularni davolash usullari haqida emas, balki dorilarni tayyorlash, ularning ta’sir mexanizmlari va dozalarini ham o‘z ichiga olgan. Ibn Sino o‘simliklardan tayyorlangan dorilarni sinflarga ajratib, ularning harakat mexanizmlarini batafsil tavsiflagan. Ayniqsa, u dorivor moddalar va kimyoviy birikmalarning organizmdagi o‘zaro ta’sirini tushuntirib bergan birinchi olimlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, uning "Kitob al- Adviyah al-Qalbiyah" (Yurakka ta’sir qiluvchi dorilar kitobi) nomli asari farmakologiya sohasida muhim o‘rin tutadi. Ushbu asarda Ibn Sino yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan tabiiy dori vositalari va ularning qo‘llanilish usullarini yoritib bergan. Ibn Sino o‘zining "Al-Qonun fi-t- Tibb" asarida dorilarni tasniflash, ularning organizmga ta’siri, kasalliklarni davolash va oldini olish metodlarini ilmiy asosda bayon qilgan. Ushbu asar nafaqat tibbiyot, balki farmakologiya va dorishunoslikning shakllanishida ham muhim rol o‘ynagan. Hozirgi farmatsevtika va tibbiyotda IbnSino g‘oyalari qanday aks etayotgani ushbu maqolaning asosiy tadqiqot mavzusidir. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Xulosa. Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy qarashlari meni juda qiziqtirdi va ularni o‘rganish orqali ko‘p yangi bilimlarga ega bo‘ldim. Uning tabiiy hodisalarni ilmiy asosda tahlil qilishi va falsafiy yondashuvi hozirgi tibbiyot va fan rivojida katta ahamiyatga ega. Menimcha, bunday meros yoshlar uchun ham ilmiy fikrlashni rivojlantirishda yordam beradi. Shu sababli Ibn Sinoning asarlarini o‘rganish vaundan ilhomlanish muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.IbnSino. Donishnoma(Kitob an-Najot). –Toshkent: Fannashriyoti, 1980. 2.SultonovB. Ibn Sino falsafasining asosiy gʻoyalari. –Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1999. 3.G‘ulomovA.O‘zbekxalq tabobati tarixidanlavhalar. –Toshkent: Sharq nashriyoti, 2004. 4. Axmedov Sh. Sharq allomalari va ularning ilmiy merosi. – Samarqand: Zarafshon nashriyoti, 2018. worldlyjournals.com
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy va falsafiy merosi, uning jahon ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy va falsafiy merosi, uning jahon ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- unsur nazariyasi, ilmiy tafakkur, tabiatshunoslik, anatomiya., falsafa, Ibn Sino, sabablilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024