К содержанию
РецензированоUZ2025

TIL TIZIMI VA IJTIMOIY MUHITI

TILTIZIMI VAIJTIMOIYMUHITI · Omonova Gulsoat · TerDPI Tillarfakulteti

Журнал научных исследований и их решений · 6 · 2025

Аннотация

This article discusses the importance of language in human society, the language system, its components, linguistic and social functions. In addition, aspects of language related to sociolinguistics are revealed. Keywords: Language, language system, phonetics, lexicon, grammar, syntax, semantics, sociolinguistics. Til - bu insonlar orasidagi fikr almashish, his-tuygʻularni ifodalash, axborot yetkazish uchun xizmat qiladigan belgilar tizimidir. Til - qalbimiz ohangi, millatimiz ruhi - tafakkurimiz koʻzgusidir. Til kishilik jamiyatida yaratilgan boʻlib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki omma jamiyat uchun xizmat qilishidanamoyon boʻladi. Til tizimi - har qanday tabiiy tilning oʻzaro munosabatlar bilan bogʻlangan, muayyan birlik va butunlikni tashkil etuvchi lisoniy unsurlari majmui. Til muloqot vositasi boʻlib, insonlar oʻzaro axborot va fikrlarini almashadi, oʻz fikr hamda his - tuygʻularimizni boshqalarga yetkazamiz, u orqali tarix, anʼana va bilimlarni avloddan avlodga uzatamiz hamda jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni oʻrnatamiz. Til tizimi, yaʼni tilni tashkil etuvchi asosiy qismlar boʻlib : ular soʻzlar, soʻzlarning maʼnolari, grammatika qoidalari, fonetik kabi boʻlimlar kiradi. Tilshunoslikda til tizimining tarkibiy qismlarida: Fonetika (yunoncha phonetike - tovushga oid ) nutq tovushlari va tovush vositalari haqidagi tilshunoslik sohasidir.Leksikologiya (yunoncha lexikos - lugʻatga, soʻzga oid - logos - taʼlimot) tilshunoslikning leksema, leksik (lugʻaviy) maʼno tuzilishi, shakl va maʼno munosabatiga koʻra turlari, ularning hududiy va ijtimoiy qatlamlari yangi soʻzlarning paydo boʻlishi kabi masalalarni oʻrganuvchi boʻlimi.Grammatika (grekcha grammatika - harf oʻqish va yozish sanʼati) tilshunoslikning soʻz shakllarini, soʻz birikmasi, gap va uning turlarini, yaʼni tilning grammatik qurilishini oʻrganuvchi boʻlimi. Sintaksis grammatikaning ikkinchi boʻlimini tashkil etadi va unda soʻzlarning oʻzaro munosabatlari oʻrganiladi. Anʼanaga koʻra, sintaksisda soʻz birikmalari, sodda va qoʻshma gaplar, gap boʻlaklari tekshiriladi. Misol uchun: Eshik sekin ochildi va Ikromjon otaning yuzi koʻrindi (qoʻshma gap), Men talabaman (sodda gap). Semantika - (yunoncha "semantikos" - maʼno bildiruvchi, ifodalovchi ) - 1)Til yoki uning biron bir birligi yaʼni soʻz, soʻzning grammatik shakli, worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI frazeologizm, soʻz birikmalari orqali ifodalanadigan butun mazmun maʼno, axborot .2.Turli til birliklarining maʼnaviy tomonini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi ; semasiologiya. Bu kabi birliklar til tizimining tarkibiy qismlari hisoblanadi.Tilning ijtimoiy muhiti - bu tilning jamiyatdagi funksiyasi, rivojlanishi va qoʻllanilishiga taʼsir etuvchi ijtimoiy omillar majmuasidir. Til faqat lingvistik tizim emas, balki u ijtimoiy hodisa sifatida ham mavjud boʻladi. Til joʻn qilib aytganda, insonlar oʻrtasidagi asosiy muomala vositasidir. Tilsiz kishilik jamiyatida va xalq ham boʻlmaydi. Til inson uchun berilgan buyuk bir neʼmat boʻlib, jamiyat bilan birga taraqqiy etadi va shu jamiyat uchun xizmat qiladi yaʼni ijtimoiy aloqaga kirishadi. Til hududiyjihatdan dialektlarga va lahjalarga boʻlinadi. Har bir hududiy guruh oʻzining oʻziga xos talaffuzi, soʻz boyligi va grammatik uslubiga ega boʻladi. Bu esa oʻznavbatida tilningijtimoiy hududiy rang- barangligini koʻrsatadi. Til va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya bilan bogʻliq jihatlarini oʻrganuvchi soha Sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) deyiladi. Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni: jamiyat va til aloqadorligi, tilning ijtimoiy vazifalarini, adabiy til, shevalar, lugʻat boyligining kengayishi kabi turlarini oʻrganadi. Tabiat va jamiyatda inson tiliday serqirra, shakl va mazmun munosabati murakkab hodisa kam topiladi. Til bilan jamiyat oʻzaro bogʻliqboʻlib, til alohidatizimsifatida birnechta vazifalarni bajaradi: 1) Aloqa - munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa - munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bufunksiya tilning asosiy ijtimoiyvazifasi hisoblanadi. 2) Tilning hissiy taʼsir vazifasi ( emotsional - ekspressiv) . Bunda soʻzlovchi maʼlum maʼlumotni ifoda etib,tinglovchiga hissiy taʼsir koʻrsatish vazifasi hisoblanadi. Bundan javob talab qilinmaydigan ritorik gaplar, tasviriy vositalar, modal soʻzlarvainversiyalardan foydalaniladi. 3) Tilning toʻplash vazifasi. Bunda aloqa - munosat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari nazarda tutiladi . Tilning ijtimoiy muhiti - bu til yashaydigan va rivojlanadigan ijtimoiy makondir. U jamiyat bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uning har bir ijtimoiy jihati tilga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, til bemisl boylik, sehri - sinoatga, koʻrk-u komillikka limmo - lim bir neʼmat

Доказательный фрагмент

«This article discusses the importance of language in human society, the language system, its components, linguistic and social functions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the importance of language in human society, the language system, its components, linguistic and social functions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Language, language system, phonetics, lexicon, grammar, syntax, semantics, fonetika, sintaksis, grammatika, sotsiolingvistika., Til, semantika, til tizimi, leksika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники