К содержанию
РецензированоUZ2025

BOLALARNING RIVOJLANISHIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING AHAMIYATI

BOLALARNING RIVOJLANISHIDAMAKTABGACHATA'LIMTASHKILOTINING · Davronova Sevinch Alisherovna

Журнал научных исследований и их решений · 6 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada bolalarning har tomonlama rivojlanishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Maktabgacha ta’lim – bola shaxsining intellektual, ijtimoiy, emotsional va jismoniy rivojlanishining asosiy bosqichi bo‘lib, bu davrda ta’lim va tarbiya maxsus tashkil etilgan muhitda olib borilishi bolaning keyingi maktab ta’limiga tayyorgarligini kuchaytiradi. Tadqiqotda bolalar rivojiga ijobiy ta’sir etuvchi pedagogik sharoitlar, o‘yin texnologiyalari, tarbiyaviy metodlar, o‘quv muhiti va mutaxassislar roli tahlil qilinadi. Maqola amaliy tavsiyalar va ilmiy mulohazalar asosida yozilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim tizimidafaoliyat yurituvchi pedagoglar, psixologlarva ota-onalar uchun foydalidir. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, bolaning rivojlanishi, pedagogik muhit, tarbiya, o‘yin faoliyati, intellektual rivojlanish, emotsional barqarorlik Inson shaxsining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida maktabgacha yosh davri eng muhim poydevor bosqichlardan biri hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaning fikrlashi, til ko‘nikmalari, ijtimoiy xulq-atvori, emotsional holati va psixologik barqarorligi shakllanadi. Jahon tajribasi va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolaning ilk yillardagi rivojlanish sur’atlari keyingi o‘quv faoliyatining muvaffaqiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bois, zamonaviy ta’lim tizimida maktabgachata’limga alohidae’tiborqaratilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkiloti – bu nafaqat bolani maktabga tayyorlovchi muassasa, balki uning shaxsiy rivojlanishining, muloqot madaniyatining, mustaqil fikrlash va muomala ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy muhitdir. Bu yerda bola o‘yin faoliyati, kuzatuv, tajriba, ijodiy mashg‘ulotlar orqali atrof-muhitni o‘rganadi, o‘zini anglaydi va boshqalar bilan muloqotga kirishishnio‘rganadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola faqat bilim emas, balki axloqiy tarbiya, jismoniy sog‘lomlashuv, madaniy qadriyatlar va milliy an’analar bilan ham tanishadi. Shusababli bu davrda sifatli pedagogik rahbarlik, ijobiy psixologik muhit, ilg‘or metodik yondashuvlar juda muhim hisoblanadi. Ta’lim muassasalarining samarali faoliyati bolalarda bilimga qiziqish, mustaqillik, ijtimoiy mas’uliyat, shaxsiy intizom kabi muhimfazilatlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalar rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri, bu sohadagi zamonaviy yondashuvlar, shart-sharoitlarva tarbiyaviy strategiyalar tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalar rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’sirini aniqlash maqsadida amalga oshirildi. Tadqiqotda Toshkent shahri va viloyatidagi bir nechta davlat hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi. Tadqiqotda kuzatuv, suhbat, so‘rovnoma vaamaliy tahlilmetodlari qo‘llanildi. Kuzatuvlar davomida bolalarning kunlik faoliyati, o‘yin jarayoni, muloqot ko‘nikmalari, mustaqil fikrlashi va o‘zini tutish xulq-atvori tahlil qilindi. So‘rovnomalar orqali pedagoglar va ota- onalarning fikrlari, bola rivojida maktabgacha ta’lim muassasasining tutgan o‘rni borasidagi worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI qarashlari yig‘ildi. Suhbatlar orqali esa bolalarning o‘zini tutishi, darslarga bo‘lgan qiziqishi va ijtimoiy moslashuv darajasi haqidama’lumotlar olindi. Shuningdek, pedagogik hujjatlar, mashg‘ulot rejalari, bolalarning tarbiyaviy kuzatuv kartalari, rivojlanish dinamikasini ko‘rsatuvchi portfoliolar o‘rganildi. Turli maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, pedagogik yondashuvlari va metodik qo‘llanmalari qiyosiy tahlilqilindi. Tadqiqot jarayonida maktabgacha ta’lim muassasasida faol qatnashayotgan bolalarda ijtimoiy faollik, og‘zaki nutqning aniqligi, ijodiy fikrlash, o‘yin orqali bilim o‘zlashtirish ko‘nikmalarining shakllangani kuzatildi. Ular tengdoshlari bilan oson muloqotga kirishib, jamoaviy faoliyatda faol ishtirok etishdi,o‘zfikrini ochiq bayon etishga intildi. Pedagoglar rahbarligida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar bolalarda bilimga qiziqish, muammoni mustaqil hal qilish, kuzatish va umumlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Shuningdek, san’at, musiqiy tarbiya, sport vaerkin ijodiy faoliyat orqali bolao‘z qiziqishlarininamoyon qilaboshladi. Maktabgacha ta’limda yaratilgan tartibli, xavfsiz va emotsional jihatdan ijobiy muhit bola psixologik holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Pedagoglar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, qat’iy va mehrli yondashuvlar orqali bola o‘z xatti-harakatlarini boshqarishga, axloqiy me’yorlarga amal qilishga harakat qildi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ota-onalarning aksariyati farzandlarining rivojlanishida maktabgacha ta’lim muassasasi muhim rol o‘ynayotganini tasdiqladi. Jumladan, uy sharoitida yetarli darajada shakllanmagan ko‘nikmalar muassasada rivojlanishga erishayotgani qayd etildi. Bu holat maktabgacha ta’lim tashkilotining bola hayoti

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada bolalarning har tomonlama rivojlanishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni va ahamiyati yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada bolalarning har tomonlama rivojlanishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emotsional barqarorlik, tarbiya, pedagogik muhit, o‘yin faoliyati, bolaning rivojlanishi, maktabgacha ta’lim, intellektual rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники