К содержанию
РецензированоRU2026

AQSHNING О‘ZBEKISTONGA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASI BO’YICHA GUMANITAR YORDAMI

AQSHNINGО‘ZBEKISTONGA SOG‘LIQNISAQLASHSOHASI BO’YICHA · GUMANITAR YORDAMI

Международный научный журнал · 160-162 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekistonning AQSh bilan hamkorlik aloqlarida asosan, gumanitar sohadagi aloqalari yoritilgan bo’lib, sog’liqni saqlash bo’yicha qator tashkilotlar tomonidan tibbiy texnik yordam, mutaxassislar almashinuviva insonparvarlik yordamlari keltirilgan. AQShning xalqaro tashkilotlari YuSAID, Amerika Kers, Projekt HOPE kabi xalqaro tashkilotlari bilan sog’liqni saqlashning turli sohalarida hamkorlik aloqlari yo’lga qo’yildi. Buning natijasida bu tashkilotlar orqali AQSh O’zbekistonga qator insonparvarlik yordamlari ko’rsatildi va gumanitar aloqalar mustahkamlandi. Kalit so’zlar: AQSh, YuSAID, Amerika Kers, Amerika HOPE, “Project HOPE”, Sog‘lom oila, Medical Times International, Chegara bilmas shifokorlar, Maunt Cinay, CDAF, COVID-19, tibbiyot, “Umid loyihasi”, “Heart to heart” “International”, “Konterpart” “International”, “Amerika Kers”,“Amerikaqizil xochi”. Kirish: Hozirgi globallashuv davrida jahon mamlakatlari o‘rtasida integratsiyalashuv hamda turli sohalarda hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Dunyo mamlakatlari xo‘jaligida yetakchi sohalar qatorida tibbiyot va aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmatni tashkil etish masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon sog‘liqnisaqlash tashkiloti(JSST)va boshqa xalqaro tashkilotlar yuqoridagi masalalar yechimiga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirmoqda. Mazkur tashkilotlar aholi salomatligini muhofaza qilish, ularning turmush sharoitini yaxshilash va strategik dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar amalga oshirib kelmoqda. Ayni paytda dunyoning AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Isroil kabi davlatlari ilmiy markaz va tadqiqot institutlarida tibbiyotning turli sohalari bo‘yicha tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish, diagnostika texnologiyalarini takomillashtirish, tibbiy reabilitatsiya, ijtimoiy va yuqumli kasalliklar patologiyasi, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, tibbiy ta’limni rivojlantirish, kadrlar tayyorlashning samarali mexanizimini shakllantirish, sanitariya xizmati, farmatsevtika sohasidailmiy tadqiqotlarolibborilmoqda. TАDQIQОT MЕTОDОLОGIYАSI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlari, 2021-yil 28- iyuldagi PQ-5199-son “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-6-son “Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari va soha faoliyatini takomillashtirishga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkurdissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. NАTIJАLАRVАMUHОKАMА Jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan hamkorlikda О‘zbekiston uchun Amerika 427 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Qо‘shma Shtatlari bilan diplomatik aloqalarning о‘rnatilishi muhim ahamiyatga ega. О‘zbekiston AQSH bilan davlatlararo aloqani 1992-yil 19-fevraldan boshlab yо‘lga qо‘ydi. Shu yilning may oyida bir guruh amerikalik mutaxassislar va shifokorlar Toshkentga tibbiy yordam kо‘rsatish uchun keldi. Amerikalik mehmonlar toshkentlik hamkasblarining uylarida istiqomat qildi. Ular orasida terapevtlar, jarrohlar, pediatrlar, oftalmologlar, tibbiyekologiya mutaxassislari boredi[1]. О‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov ta’kidlagan ediki, “Bizning Amerika Qо‘shma Shtatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarimiz davlatlararo aloqalarning g‘oyat muhim yо‘nalishlari bо‘yicha izchil va sobitqadamlik bilan rivojlanib bormoqda. О‘zbekiston rasmiy delegatsiyasining 1996-yil yozida AQShga tashrifi esa aloqalarning yanada mustahkamlanishiga yordam berdi”[2] Ikki mamlakat о‘rtasidagi diplomatik aloqalarda 100 dan ziyod hujjatlar huquqiy asos bо‘lib xizmat qilmoqda. Bunda, ayniqsa, 2002-yil 12 martda О‘zbekiston va AQSH о‘rtasida imzolangan Strategik sheriklik vahamkorlik asoslari tо‘g‘risidagi deklaratsiya muhim ahamiyatga egabо‘ldi. 1992-yil 20-aprelda Toshkentda xalqaro tadqiqotlar va ilmiy almashuvlar bо‘yicha Amerika kengashining vakolatxonasi ochildi (IREX-International Research & Exchange Board). Bu xalqaro notijorat tashkilot bо‘lib, uning faoliyati innovatsion dasturlarni taraqqiy ettirishga qaratilgan edi. 19

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’zbekistonning AQSh bilan hamkorlik aloqlarida asosan, gumanitar sohadagi aloqalari yoritilgan bo’lib, sog’liqni saqlash bo’yicha qator tashkilotlar tomonidan tibbiy texnik yordam, mutaxassislar almash…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’zbekistonning AQSh bilan hamkorlik aloqlarida asosan, gumanitar sohadagi aloqalari yoritilgan bo’lib, sog’liqni saqlash bo’yicha qator tashkilotlar tomonidan tibbiy texnik yordam, mutaxassislar almash… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Amerika Kers”, Amerika HOPE, CDAF, “Heart to heart” “International”, Medical Times International, Maunt Cinay, “Amerika qizil xochi, YuSAID, “Project HOPE”, “Umid loyihasi”, Sog‘lom oila, Chegara bilmas shifokorlar, COVID-19, tibbiyot, AQSh, Amerika Kers, “Konterpart” “International”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти