К содержанию
РецензированоUZ2026

EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALAR HISOBI NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI

TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI · Ibragimov Gayratjon Artikovich · E-mail: Gibragimov@gmail.com (Toshkent moliya instituti)

Всемирный научно-исследовательский журнал · 3 · 2026

Аннотация

So’nggi yillarda Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish hisobiga valyuta tushumlarini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishni ham nazarda tutadi. Natijada xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish ko’lamlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Jahon bojxona tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, eksport-import bilan shug’ullanadigan korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish ustidan nazorat qilish bojxona to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha risklarni kamaytirishning samarali usulidir. Buning uchun bojxona xizmati va davlat soliq organlari o‘rtasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning savdo va vositachilik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish tartibi taklif qilinmoqda. Kalit so’zlar: Buxgalteriya hisobi hujjatlari, dastlabki hujjatlar, tashqi savdo operatsiyalari, "erkin muomala" rejimi, soliq solinadigan baza, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari shaffofligi. Respublikamizda tashqi savdo erkinligini ta’minlash bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish ko’lamlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Shu bilan birga, bojxona ma’muriyatchiligini shakllantirish va joriy etish amaliyoti, rivojlangan mamlakatlarda to'plangan tajribani nazariy jihatdan o'rganish, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan tavsiya xarakterida ishlab chiqilgan va taqdim etilgan takliflarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, bu takliflar risklarni boshqarish tartibiga asoslangan va bu holat xalqaro savdo operatsiyalarining so'nggi yillardagi sezilarli o'sishi va faollashishi natijasidir. Risklarga asoslangan muvofiqlikni boshqarishning ishlab chiqilgan yondashuvini qo'llashda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga nisbatan qo'llaniladigan chora-tadbirlarni tavakkalchilik darajasi va boshqa xususiyatlariga qarab ham farqlash mumkin. Shu bilan birga, bojxona va soliq xizmatlarining cheklangan resurslarini samarali taqsimlash mumkin bo'ladi. Bojxona ma’muriyatchiligiga eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish va bojxona to‘lovlari bo‘yicha summalarni undirish samaradorligini oshirish, shuningdek, jarayonlarni soddalashtirish, tezlashtirish va xarajatlarini kamaytirish imkonini beruvchi modelni qo‘llashni taklif etamiz. Ushbu model bojxona ma’muriyatchiligini qo’llash va isloh qilishning xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda yuritiladigan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari shaffofligini ta’minlashga ta’sirini inobatga olib, bojxona organlariga eksport-import bilan shug’ullanadigan korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish ustidan nazorat qilish imkoniyati berilishini nazarda tutadi. www.wsrjournal.com 2 1 5 Volume-23_Issue-2_January -2024 World scientific research journal Ushbu yo’nalishda respublikamizda huquqiy asoslar yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6005-son Farmonining 5-bandiga asosan bojxona organlariga tovar va transport vositalari ustidan ular saqlanadigan va sotiladigan joylarga chiqqan holda, bojxona auditini amalga oshirish, shuningdek, olib kiriladigan va (yoki) olib chiqiladigan tovarlar va transport vositalari hisobi, jumladan, buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlari, shuningdek, dastlabki hujjatlar yuritilishi ustidan tekshiruvni amalga oshirish huquqlari berildi. Mazkur qoidani bojxona organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar – tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari ish amaliyotida qo‘llash tartibini ko‘rib chiqamiz. Bu yoʻnalishda, birinchi navbatda, qonun hujjatlarini buzmagan, bojxona va soliq organlariga moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun ularning buxgalteriya hisobi tizimidan ixtiyoriy ravishda masofaviy foydalanish imkoniyatini taqdim etayotgan tadbirkorlik subʼyektlari oʻzlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda huquqbuzarliklarning mumkin bo'lgan xavfi(riski)ni minimallashtirishga, shuningdek import yoki eksport qilinayotgan mahsulotlarni bojxona postlari orqali olib o‘tishda amalga oshiriladigan nazorat amallarining intensivligini pasaytirilishiga ishonch hosil qiladigan sharoitlarni yaratish zarur. Hozirgi vaqtda mahsulotlarning xalqaro harakatini boshqaradigan eng zamonaviy tizimlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ularning qo’llanilishi mahsulotlarni davlat chegaralarini kesib o'tish vaqtida nazorat qilish bilan bir qatorda, import qiluvchi mamlakat ichida kontragentlarning yurisdiktsiyasiga, shu jumladan chakana savdoga o'tish bo’yicha harakatlanishining barcha bosqichlarida uzluksiz kuzatib borishni ta'minlashga qaratilgan. Bunda kichik va o‘rta biznes, startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirish, innovatsion yechimlarni joriy etish nuqtai nazaridan moliyaviy vositalardan foydalangan holda raqamli asosda texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishga doimiy e’tibor qaratish zarur (Ibrag

Доказательный фрагмент

«So’nggi yillarda Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish hisobiga valyuta tushumlarini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishni ham nazarda tutadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

So’nggi yillarda Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish hisobiga valyuta tushumlarini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishni ham nazarda tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Buxgalteriya hisobi hujjatlari, tashqi savdo operatsiyalari, dastlabki hujjatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники