К содержанию
РецензированоUZ2026

TIJORAT BANKLARIDA MBMB TIZIMINI JORIY ETISH MASALALARI

Gayratjon Ibragimov

Всемирный научно-исследовательский журнал · 3 · 2026

Аннотация

Bank tizimiga joriy etilayotgan innovatsion yechimlar tahlili raqamlashtirish bo'yicha ma'lum ishlanmalarni qo’llash xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, faoliyat samaradorligini ko’tarishga imkon berishini tasdiqladi. Asosiy yechim sifatida banklar va mijozlar bog'lanadigan barcha aloqa kanallari va savdolarni avtomatlashtirishni nazorat qilishga imkon beradigan, usbu jarayonlar statistikasini real vaqt sharoitida olib borish imkonini beradigan “Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish” tizimini joriy etishni taklif etish mumkin. U orqali tijorat banklari mijoz- bank munosabatlari arxitekturasini mijozlar faolligining barcha jihatlari hisobga olinadigan tarzda qura oladilar. Maqolada bank faoliyatida MBMBni qo’llash uchun tegishli taktika va strategiya taklif qilinadi. Kalit so’zlar: Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimlari, MS Excel elektron jadvallari, tezkor messenjerlar, texnologiyalar integratsiyasi, mijozlar bazasi, tranzaktsiyalar. So’hggi yillarda iqtisodiy rivojlangan davlatlar bank tizimida qo’llanilayotgan raqamli texnologiyalar yechimlari mamlakatimiz banklari faoliyatiga raqamlashtirish bo'yicha ma'lum ishlanmalarni joriy etish bo'yicha takliflar kiritishga imkon beradi. Chunki, bank tizimida mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish amalda qo’llanilayotgan raqamli texnologiyalarga chambarchas bog'liq. Banklar va mijozlar bog'lanadigan barcha aloqa kanallari va savdolarni avtomatlashtirishni nazorat qilishga imkon beradigan, usbu jarayonlar statistikasini real vaqt sharoitida olib borish imkonini beradigan “Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish” - MBMB (inglizcha “Customer Relationship Management” - CRM) tizimini joriy etish muhim yechim sifatida ko’rilishi mumkin. Bunda ilgari foydalanilgan MS Excel elektron jadvallari, tezkor messenjerlar, ko'p sonli hujjatlar o'rniga yagona xizmat ko’rsatish servisi qo’llaniladi. U mijozlar ma'lumotlarini yig'ish, bitim va kelishuvlarni boshqarish, menejerlarni kuzatish, tahlil va prognoz qilish bo’yicha dasturlarni o'z ichiga oladi. Natijada og’ir va murakkab ishlar soddalashtiriladi, to'g'ri qaror qabul qilish uchun sarflanadigan vaqt qisqaradi va xato qilish ehtimoli bartaraf qilinadi. Mijozlar bilan ishlashni doimiy nazorat qilish, ular bilan aloqalarni yaxshilash va barqarorlashtirish zarurati bank faoliyatining asosiy vazifasidir. MBMB tizimini joriy www.wsrjournal.com 2 2 3 Volume-23_Issue-2_January -2024 World scientific research journal etish orqali tijorat banklari mijoz-bank munosabatlari arxitekturasini mijozlar faolligining barcha jihatlari hisobga olinadigan tarzda qura oladilar. Tizimning joriy etilishi bank mijozlari qaysi tovarlar va xizmatlarga qiziqish bildirayotgani, ularning faoliyati qaysi davrlarda faollashishi, qanday moliyaviy imkoniyatlarga ega ekanligi haqidagi savollarga javob topishga imkon beradi. Ushbu yo’nalishlardagi statistik ma’lumotlar va munosabatlar tarixi MBMB tizimi orqali ikki tomonga foydali hamkorlik yo'llari va shakllarini topishga imkon beradi. Bank MBMB tizimlari tijorat banklariga xodimlar faoliyatini bosqichma-bosqich rejalashtirish uchun yangi imkoniyatlar beradi. Boshqa xodimlarga vazifalarni topshirishda, yangi xodimlarni ish jarayoniga kirishishida tizim ularni barcha kerakli ma'lumotlar bilan tanishtiradi va harakatlar algoritmini taklif qiladi. Xodimlar ish joyida bo’la olmaganida ularni boshqa xodimlar bilan almashtirishga bog'liq bo’lgan muammolar vujudga kelmaydi. Quyidagi komponentlar bilan ta'minlangan MBMB tizimi operatsion va tahliliy yo'nalishi bank xizmatlarini boshqarish funktsiyalarini bajarishga yordam beradi: jismoniy va huquqiy shaxslar uchun alohida profilga ega, manzillar bilan uyg’unlashtirilgan mijozlar bazasi; barcha mahsulotlar bazasi; sotishni boshqarish va tahlil qilish; marketing vositalari; xodimlar ustidan nazorat; call-markazlar faoliyatini tashkil etish; qarzni undirish mexanizmini nazorat qilish; berilgan kredit arizasini ko'rib chiqish; tahliliy funktsiyalar. Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish bankni mijozlar ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan ilg'or dasturiy mahsulotlar bilan ta'minlashga qaratilgan harakat strategiyasini va avtomatlashtirish tizimini joriy etish uchun barcha sharoitlarni yaratishga imkon beradigan darajada bo’lishi kerak. Bank faoliyati uchun quyidagi taktika va MBMB strategiyasi taklif qilinadi: - ma'lum bir xizmat yoki mahsulot turini sotish jarayonlarini avtomatlashtirish natijasida yuzaga keladigan munosabatlar (tranzaktsiyalar); - birinchisi bandga qo’shimcha ravishda, maslahatlashuvlar va tushuntirishlar o'tkazish imkoniyatining paydo bo'lishi mijozlar bilan o'zaro munosabatlarni kengayishiga imkoniyat yaratadi (odatda tovarlar va xizmatlarning bir nechta turlarini qamrab oladi); - mijoz bank tomonidan ko'rsatiladigan barcha xizmatlardan foydalanishni chuqur biladi degan nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda MBMB tizimini qo’llash, bu holda to'liq hamkorlik qilish nazarda tutiladi. Tijorat banklarida MBMBni joriy etish omm

Доказательный фрагмент

«Bank tizimiga joriy etilayotgan innovatsion yechimlar tahlili raqamlashtirish bo'yicha ma'lum ishlanmalarni qo’llash xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, faoliyat samaradorligini ko’tarishga imkon berishini tasdiqladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bank tizimiga joriy etilayotgan innovatsion yechimlar tahlili raqamlashtirish bo'yicha ma'lum ishlanmalarni qo’llash xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, faoliyat samaradorligini ko’tarishga imkon berishini tasdiqladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tranzaktsiyalar., Kalit so’zlar: Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimlari, mijozlar bazasi, MS Excel elektron jadvallari, texnologiyalar integratsiyasi, tezkor messenjerlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники