Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUQOBIL IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
MUQOBIL IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH: · MUAMMOLAR VA YECHIMLAR · Ibragimov Gayratjon Artikovich
Всемирный научно-исследовательский журнал · 3 · 2026
Аннотация
Atrof-muhit bilan bog’liq muammolar, jumladan, global iqlim o'zgarishlari barqaror rivojlanish yo’llarini izlashni muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo’ydi. Tabiiy resurslarning cheklanganligi va iste'molning nazoratsiz o'sishini matematik modellashtirish natijalari iqtisodiyotda oʻsish chegaralari mavjudligi haqida tushunchani shakllanishiga olib keldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit bo'yicha dasturi tuzilishi esa barqaror rivojlanish haqida ilk qarashlar paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Barqaror rivojlanish iqtisodiy o'sish, ijtimoiy mas'uliyat va ekologik muvozanat mavjud bo’lgan holdagina mumkin bo’ladi. Mamlakatimizda barqaror rivojlanish vazifalarini hal etish muqobil iqtisodiyot sifatida yashil iqtisodiyotni shakllantirsh vositasida amalga oshirilishi mumkin bo’ladi. Kalit so’zlar: iqtisodiy tizimlar, yashil iqtisodiyot, ekologik muhit, tabiiy resurslarning cheklanganligi, barqaror rivojlanish, ekologik omillar. Maksimal foyda olishga va xarajatlarni minimallashtirishga qaratilgan, boshqa fundamental asoslarga ega bo‘lmagan, uzoq muddat davomida global rivojlantirilgan iqtisodiyot turli mamlakatlarda tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy muhitni tubdan o’zgartirib yubordi. Atrof-muhit bilan bog’liq muammolar, global iqlim o'zgarishlari, ijtimoiy tengsizlik o’tgan asrning oxiri va ushbu asrning boshlarida mamlakatlar, korporatsiyalar va kishilar duch kelgan global muammolar va inqirozlarning tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqdi. Ushbu holat dunyoga qarashning global nuqtai nazardan qayta ko'rib chiqish va barqaror rivojlanish yo’llarini izlashni muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo’ydi. Tabiiy resurslarning cheklanganligi va iste'molning nazoratsiz o'sishini cheklash zarurligi haqidagi fikrlarni dastlab qadimgi yunon faylasuflari bildirishgan. Ammo, odatda barqaror rivojlanish kontseptsiyasi ingliz ruhoniysi va iqtisodchisi Tomas Robert Maltus bilan bog'lanadi. 18-asrning boshlarida Maltus aholining o'sishi geometrik progressiyada, oziq-ovqat va resurslar ishlab chiqarishning o'sishi esa arifmetik progressiyada amalga oshadi, bu esa uzoq muddatli istiqbolda ocharchilik, urushlar va hatto inqiloblar kabi falokatlarga olib keladi degan gipotezani ilgari surdi. Tabiiy resurslarning cheklanganligi, ongli ishlab chiqarish va iste'molning ahamiyati haqidagi g'oyalarning shiddatli rivojlantirilishi Maltusning birinchi asarlari nashr etilgandan keyin oradan 170 yil o'tgach sodir bo'ldi. 1972-yilda “Rim klubi” xalqaro jamoat tashkiloti aholi sonining oʻsishi tufayli tabiiy resurslarning kamayib www.wsrjournal.com 2 3 1 Volume-23_Issue-2_January -2024 World scientific research journal ketishini matematik modellashtirish natijalari boʻyicha birinchi maʼruza – mashhur “Oʻsish chegaralari”ni (The Limits to Growth) eʼlon qildi. Model 12 xil rivojlanish stsenariysini o'z ichiga olgan bo'lib, ulardan beshtasi iste'molning haddan tashqari o'sishi tufayli aholi sonining 1-3 milliard kishigacha halokatli qisqarishini tavsiflagan, yettitasi esa ularga nisbatan insonparvarroq bo'lib, insoniyatning ekologik, demografik va ijtimoiy xabardorligini oshirishga tayangan. Aynan 1972 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit bo'yicha dasturi tuzildi va u ekologik muammolarni global miqyosda muhokama qilishni boshlanishiga asos soldi. Shu paytdan boshlab barqaror rivojlanish haqida ilk qarashlar paydo bo’la boshladi. Barqaror rivojlanish haqidagi hozir qo’llanilayotgan tushuncha 1983 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan atrof-muhit va rivojlanish bo'yicha Butunjahon komissiyasini chaqirilganida tasdiqlandi. Komissiya tomonidan tasdiqlangan “barqaror rivojlanish” atamasi va uni avlodlar aloqasi orqali tushuntirish bugungi kungacha keng qo‘llanib kelinmoqda. Barqaror rivojlanish - bu atrof-muhit va resurslarni saqlab qolgan holda, ya'ni kelajak avlodlarning o'z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlariga zarar yetkazmasdan, insonning hozirgi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Barqaror rivojlanish uchta asosiy komponent o’zaro muvozanatda bo’lgan holdagina mumkin bo’ladi: iqtisodiy o'sish, ijtimoiy mas'uliyat va ekologik muvozanat. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015 yildagi “Barqaror rivojlanish kun tartibi” dasturiy hujjatiga muvofiq 17 ta barqaror rivojlanish maqsadi belgilangan. Maqsadlarning barchasi ham dunyoning turli burchaklarida bir xil darajada dolzarb emas, lekin umuman olganda ushbu maqsadlarga erishish hozirgi va kelajak avlodlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotni ekologik jihatdan yangi sifat darajasiga ko’tarish harakatining davom etishi “yashil iqtisodiyot” atamasidan keng foydalanilishiga olib keldi. Ushbu atamani global qo’llash esa 2012 yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish bo'yicha konferentsiyasiga tayyorgarlik ko'rish paytida va ayniqsa, konferentsiyaning "Biz xohlagan kelajak" deb nomlangan yakuniy hujjati nashr etilgandan keyin boshlandi. Rio+20 konf
Доказательный фрагмент
«Atrof-muhit bilan bog’liq muammolar, jumladan, global iqlim o'zgarishlari barqaror rivojlanish yo’llarini izlashni muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo’ydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюAtrof-muhit bilan bog’liq muammolar, jumladan, global iqlim o'zgarishlari barqaror rivojlanish yo’llarini izlashni muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo’ydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tabiiy resurslarning, birlashgan millatlar, resurslarning cheklanganligi, iste molning, millatlar tashkilotining, atrof-muhit yicha, mumkin ladi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025