Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIZNES JARAYONLARNI OPTIMALLASHTIRISH YO’NALISHLARI
Ibragimov Gayratjon Artikovich
Всемирный научно-исследовательский журнал · 3 · 2026
Аннотация
Biznes jarayonlarni tavsiflash turli yondashuvlar va standartlarni o’z ichiga oladi. Yuqori darajadagi biznes jarayonlardagi ma'lumotlar oqimi hamda quyi darajadagi biznes jarayonlardagi ish oqimi chizmalari ikkita standartdan iborat. Biznes jarayonning chizmasi moddiy va axborot oqimlarini ko'rsatadi. Korxonalarda biznes-jarayonlar “daraxti” va turli xil jarayonlarning o'zaro ta'sirini ko'rsatadigan jarayonlar tarmog'i mavjud. Jarayonlar tarmog'i tashkilot faoliyati haqida nisbatan to'liqroq tizimli tasavvur beradi. Biznes jarayonni optimallashtirish maqsadiga erishish uchun uni tashkil etuvchi ishni tarkibiy qismlarga bo’lish kerak. Qaror qabul qilish bloklari deb ataladigan mantiqiy operatorlar yordami bilan jarayonda yuzaga keladigan muqobil variantlar ko'rsatiladi. Biznes jarayonlarni modellashtirish ularni optimallashtirishning zaruriy sharti deb qabul qilish mumkin. Kalit so’zlar: biznes jarayonlar, ma'lumotlar oqimi, ishning davriy ketma-ketligi, jarayonlar tarmog'i, biznes jarayonlar chizmasi, biznes jarayonni optimallashtirish. Hozirgi vaqtda biznes jarayonlarni tavsiflashni ko'plab yondashuvlari yoki standartlari mavjud. Biroq, amalda, ularni tavsiflashning klassik texnologiyasi faqat ikkita standart - DFD (DataFlowDiagram) va WFD (WorkFlowDiagram)dan iborat. Birinchisi, yuqori darajadagi biznes jarayonlarni tavsiflash uchun ishlatiladigan ma'lumotlar oqimining ifodalovchi chizmani; ikkinchisi - quyi darajadagi biznes jarayonlarni tavsiflash uchun ishlatiladigan ish oqimining chizmasini ifodalaydi. Boshqa zamonaviy standartlarning aksariyati yuqoridagi ikkita klassik yondashuvning turli ko’rinishi va qo'shimchalarini aks ettiradi. Ilgari ko’rib o’tilganidek, standartlarga rioya qilishni boshqarishning ishlab chiqilgan yondashuvlarini qo'llash (xavfga asoslangan muvofiqlikni boshqarish yondashuvi) risklarni boshqarish bo'yicha bojxona organlarida, shuningdek, boshqa nazorat qiluvchi organlarda qo'llaniladigan tartiblarning asosiy tarkibiy qismiga aylandi (Ibragimov G. (2022)). Ma'lumotlar oqimi chizmasi(diagrammasi)da tavsiflanayotgan biznes jarayon tarkibiga kiruvchi ishlar, shuningdek har bir ishga kirish va undan chiqish ko'rsatiladi. Ushbu kirish va chiqishlar axborotlar yoki moddiy bo’lgan oqimlarni ifodalaydi. Bunda, bir ishning chiqishi boshqalariga kirish bo'lishi mumkin. Masalan, biznes jarayonni o’rab turuvchi muhitni tavsiflashda ko'rsatilgan kirish va chiqishlar tashqi hisoblanadi. DFD chizmasi(diagrammasi)ga tashqi kirishlar tashqi tomondan jarayon yetkazib beruvchilardan kelib tushadi, tashqi chiqishlar esa tashqariga, jarayon mijoziga chiqib ketadi. Biznes jarayonning DFD chizmasini tuzishda ularni DFD chizma(diagramma)si jarayonini o’rab www.wsrjournal.com 2 3 9 Volume-23_Issue-2_January -2024 World scientific research journal turuvchi muhit chizmasidan o'tkazish kerak. Biznes jarayonni uzil-kesil tavsiflash uchun faqat ichki axborotlar va moddiy bo’lgan oqimlarini tavsiflash qoladi. Ularning har biri ishlardan birining chiqishi va shu vaqtning o’zida boshqasining kirishi bo’ladi. Biznes jarayonning DFD chizmasini tuzishda, ushbu chizma moddiy va axborot oqimlarini ko'rsatishini va hech qanday tarzda ishning davriy ketma- ketligi haqida ma’lumot berrmasligini yodda tutish kerak. Ko'p hollarda ishlarning davriy ketma-ketligi biznes jarayondagi oqimlar harakati yo'nalishi bilan mos bo’ladi. Umuman olganda, bu to'g'ri emas, chunki 1-rasmda ko'rsatilgan misolga o'xshash holatlar bo'lishi mumkin. 1–rasm. Ishning davriy ketma-ketligi va hujjat harakati yo'nalishi o'rtasidagi nomuvofiqlikka misol Ushbu misolda ikkinchi ish birinchi ishdan erta boshlangan, ammo hujjat birinchi ishdan ikkinchisi tomon harakatlanadi. Shuning uchun, DFD standarti yuqori darajadagi biznes jarayonlarni tavsiflash uchun qulay, sababi umuman olganda ularni tavsiflashda ishlarning davriy ketma-ketligini ko'rsatib bo'lmaydi, chunki barcha ishlar bir vaqtning o'zida amalga oshiriladi yoki turli ketma- ketliklar uchun bir nechta variant mavjud , bu, shuningdek, turli xil nuqtai nazarga bog'liq bo'lishi mumkin. Mahsulotni sotish biznes jarayoni namunasini ko'rib chiqamiz. Mahsulot yetkazib beruvchidan mahsulotni sotib olish, sotib olingan mahsulotni saqlash, mahsulotni sotish, mahsulotni jo’natishga tayyorlash, mahsulotni ortib jo’natish jarayonida "Avval qaysi jarayon amalga oshiriladi: mahsulotlarni sotib olishmi yoki ularni sotishmi?" degan savolga ikki xil vaziyatga qarab ikki xil javob berilishi mumkin. Agar ma'lum bir mahsulot omborda bo'lsa, vaqt bo’yicha uni sotib olish sotishdan oldinroq bo'ladi. Agar xaridor murojaat qilgan vaqtda omborda mahsulot yo'q bo'lsa, u holda sotish jarayoni sotib olishdan oldin boshlanadi va keyinroq tugaydi. Shuning uchun, ushbu va shunga o'xshash biznes jarayonlarni tavsiflashda vaqti bo’yicha ishlar ketma-ketligiga urg’u berilmaydigan DFD standartidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Korxonaning biznes-jarayonlarini yaqqol va ko’rgazmali namoyishiga misol - bu biznes-jarayo
Доказательный фрагмент
«Biznes jarayonlarni tavsiflash turli yondashuvlar va standartlarni o’z ichiga oladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBiznes jarayonlarni tavsiflash turli yondashuvlar va standartlarni o’z ichiga oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jarayonlar tarmog'i, biznes jarayonni optimallashtirish, biznes jarayonlar chizmasi, ishning davriy ketma-ketligi, Kalit so’zlar: biznes jarayonlar, ma'lumotlar oqimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025