К содержанию
РецензированоUZ1942

IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA SOG‘LIQNI SAQLASH MUASSASALARINI TIBBIY KADRLAR BILAN TA’MINLASHDAGI TIZIMLI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

ULARNING YECHIMLARI · TURAYEVMURODULLATO’RA OG’LI

Международный научный журнал · 160-162 · 1942

Аннотация

Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda oliy va o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari tayyorlash, davolash muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan qator chora- tadbirlar olib borilib, ular soni yildan-yilga ko‘paytirildi. O‘zbekiston viloyatlaridan malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuborilganlar soni yildan-yilga ortib bordi. Kalit so‘zlar: tibbiy kadr, shifokorlar, umumiy amaliyot shifokorlari, qishloq vrachlik punktlari, feldsherlik-akusherlik punktlari,malaka, toifa Kirish. Jamiyat va davlat taraqqiyoti, eng avvalo, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan malakali kadrlarga bog‘liq. Ular har bir sohaning asosiy tayanch ustunlaridan biri hisoblanadi. Xususan, ijtimoiy hayotda tibbiyot xodimlari alohida o‘rin egallaydi. Ularning zimmasiga inson salomatligini asrash, kasalliklarni davolash kabi nihoyatda mas’uliyatli va sharafli vazifalar yuklanadi. Biroq, sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar tayyorlash borasida ayrim muammolar kuzatilgan. Jumladan, o‘sha davrda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mahalliy aholi vakillarini tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yo‘naltirishmasalasi yetarli darajada kuntartibiga qo‘yilmagan edi. SHuning uchun viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarning juda ozchilik qismini mahalliy aholi vakillari tashkil etdi. 1942 yil 20 noyabrda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 2029-sonli “Qishloq joylarda ishchi posyolkalarida tibbiy xizmat xodimlarini bepul kvartira, elektroenergiya, issiqlik bilan ta’minlash haqida”gi qarori, 1943 yil 5 iyulda KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining 517-sonli “Qishloq joylarda ishlayotgan vrachlar, o‘rta tibbiy xizmat xodimlar, farmatsevtlarga kommunal imtiyozlar berish haqida”gi qarori qabul qilingan bo‘lsa ham joylarda uning ijrosi to‘la ta’minlanmadi. Qashqadaryo viloyatida 1944 yilda 128 nafar vrach shaxsiy uyda yashasa, 191 nafari kommunal uyda, 15 nafari uy-joyi yo‘qligidan davolash muassasasida yashadi. Bu holat keyingi yillarda ham davom etdi [1]. Kommunal kvartiralarda, ijarada turuvchi vrachlarning yashash sharoitlari ancha og‘ir bo‘lib, ayrim tumanlarda 45 foizgina vrachlar turar joy bilan ta’minlangan edi. Kitob tumanida xizmat qilayotgan 57 vrachdan 22 tasi yashash joyiga ega bo‘lmadi. Bu haqda o‘sha davr matbuot sahifalarida shunday jumlalarni uchratish mumkin: “Qishloqda xirurgiya, ginekologiya, bolalar kasalliklari, asab, ko‘z va boshqa kasalliklar yuzasidan maxsus yordamni uyushtirish ayniqsa nochordir. O‘rta malakali meditsina xodimlari ham sira talabga javob bermaydi”1[2]. Respublika bo‘yicha sil kasalligi keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, rentgenolog-vrachlar ozchilikni tashkil qildi. Masalan, 1944 yil Toshkent viloyati bo‘yicha jami 27 ta rentgenolog bo‘lib, ulardan faqat 8 tasi qishloq joylarda ish olib bordi[3]. 1943 yil O‘zbekiston bo‘yicha silga qarshi muassasalariga ftizator-vrachlar uchun ajratilgan shtatlarning 521 tasi kadrlar etishmasligi tufayli bo‘sh qoldi. Bu sohada kadrlar tanqisligi ayniqsa Toshkent viloyatida, Qashqadaryo viloyatida, Farg‘ona viloyatida, Sirdaryo viloyatida, Toshkent shahrida, Xorazm viloyatida kuchli bo‘ldi. Bu borada QQ ASSRdaishlaryaxshi bo‘lib,mavjud 83tashtatning faqat 4tasiga kadrlar etishmadi[4]. O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni beqiyosdir. XX asrning 40-yillarida O‘zbekistonda tibbiyotning 113 ta ixtisosligi bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyat yuritdi. Ular davolash jarayonining asosiy ijrochilari sifatida barcha davolash muassasalari xodimlarining katta qismini tashkil etdi. Vrachlar belgilagan davolash muolajalarining barchasi o‘rtatibbiyot xodimlari tomonidan amalgaoshirildi. 1ЗоҳидовҲ.Аҳолигамедицинахизматинияхшилайлик//ҚизилЎзбекистон,1947,23июль.№144.–Б.2. 419 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI XX asr 40-yillarining ikkinchi yarmida mahalliy aholi hayotiga dunyoviy tibbiy yordam jadallik bilan kirib kelayotgan yillarda, Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash ishi rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelgan fidoyi inson, vrach R. K. Qosimova o‘z xotiralarida shunday yozadi: “Bu yillarda viloyatda mutaxassislar juda kam edi. Vaqti kelib ham pediatr, ham terapevt, ham epidemolog bo‘lib ekspeditsiyalarda ishtirok etishga to‘g‘ri keldi. Aholining sanitariya madaniyatini ko‘tarish, bemorlarni kasalxonalarga yotqizish, epidemiya o‘choqlarni tugatish, FAPlarni tashkil etishkabi muhim muammolarni hal etish zaruredi” [5]. Tibbiy xizmat xodimlari ayniqsa qishloqlarda epidemiyalarni tugatish, emlashlar o‘tkazish jarayonida barcha qiyinchiliklarga bardosh berib, o‘z xizmat burchlarini ado etdilar. Bu haqda ko‘p yillar Qarshi shahar shifoxonasida sanitarka, keyinchalik hamshira bo‘lib xizmat qilgan A. R. Chulkova quyidagilarni bayon qiladi: “Qishloq aholisini emlashda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazdik. Biz yaqinlashishimiz bilan kishilar eshiklarini qattiq yopib, uyga kirishimizga yo‘l qo‘yishmasdi. Emlashdan bosh tortib, bergan

Доказательный фрагмент

«Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda oliy va o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari tayyorlash, davolash muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan qator chora- tadbirlar olib borilib, ular soni yildan-yilga k…»

Образец извлечения

Демо-превью

Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda oliy va o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari tayyorlash, davolash muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan qator chora- tadbirlar olib borilib, ular soni yildan-yilga k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
umumiy amaliyot shifokorlari, shifokorlar, feldsherlik-akusherlik punktlari, tibbiy kadr, qishloq vrachlik punktlari, malaka, toifa
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники