Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MUZEY QO‘RIQXONALAR FOLIYATINING AHAMIYATI
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAMUZEY · QO‘RIQXONALAR FOLIYATINING AHAMIYATI · SATTOROVBOBOMUROD XOLBOEVICH
Международный научный журнал · 160-162 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda muzey qo‘riqxonalar faoliyati tizimida amalga oshirilgan islohotlar, ularning natijalari va sohadagi muammolar tadqiq etilgan. Muzeylar asosiy madaniy-ma’rifiy muassasalardan biri sifatida davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekistonda muzey ishini yo‘lga qo‘yishda turlicha yondashuvlarni kuzatish mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillarida muzey ishi bo‘yicha yetarli huquqiy hujjatlar mavjud yemasligi, muzeylar moddiy ta’minotida muammolarning kuchayishi bilan xarakterlanadi. Kalit so′zlar. Arxeologiya parklari, Arxeologiya yodgorligi, Siypantosh, Quruqsoy, Qoyatosh, Sarmishsoy Kirish.Hozirgi paytda mamlakatimizda turizm sohasi jadal rivojlanib bormoqda. Hali turizmni rivojlantirish uchun foydalanilmayotgan ko‘plab resurslar mavjud. Shulardan biri arxeologiya yodgorliklari hisoblanadi. Bu turdagi resurslardan shu paytgacha faqatgina ilmiy- tadqiqotlar uchungina foydalanib kelingan. Bu esa ularni konservatsiya qilish va muzeylashtirish ishlariga umuman e’tibor qaratilmaganligidan dalolatdir. Yurtimizda arxeologiya yodgorliklari eng ko‘p tarqalgan hududlardan biri bu Qashqadaryo viloyati bo‘lib, ulardan turizm ob’ekti sifatida foydalanishga hali kirishilgan emas. Qashqadaryo hududida arxeologiya yodgorliklarini muzeylashtirishda umumiy tarzda quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 1. Muzey-qo‘riqxonalari 2. Arxeologiya parklari 3. Arxeologiya yodgorligi negizida muzeylar barpo etish. Misol tariqasida Qashqadaryo vohasida joylashgan bir necha arxeologiya yodgorliklarining muzeylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. Quyida ularni amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar sifatida ta’riflaymiz. Siypantosh – muzey-qo‘riqxonasi. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida joylashgan Siypantosh qoyatosh suratlari dastlab R.X. Sulaymonov tomonidan 2001 yilda tadqiq qilingan. Keyinchalik M. Xo‘janazarov tomonidan o‘rganilgan. Bu qoyatosh suratlari Quruqsoy qishlog‘i va yonatrofdagi soy hamda tog‘ yon bag‘ridagi toshlarda kuzatiladi. Qoyatosh suratlari bir joyda joylashmaganligi sababli ularni muhofaza qilish va saqlab qolishning eng muhim sharti uni muzey-qo‘riqxonaga aylantirishdir. Bunday tajriba bizning mamlakatimizda Sarmishsoy misolida amalga oshirilgan va bugungi kunda madaniy meros ob’ektlari hamda tabiatning umumiyligi asosida muhofaza qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Siypantosh – muzey-qo‘riqxonasini ham shunday tajriba asosida tashkil etish mumkin. Faqat uni o‘ziga xos tomonlarini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar va imkoniyatlarni o‘rganib chiqish lozimbo‘ladi. Metod va metodologiya. Turizm komplekslarini loyihalashtirish natijasida ijobiy samara kutilgan hududlardan biri muzey qo‘riqxonalardir. Shuni qayd etish lozimki, O‘zbekiston turizm markazi ishlab chiqish dasturlarida qadimiy binolarni ta’mirlashga katta e’tibor berildi. Yodgorlik hamda obidalarni qayta tiklash kelajakda sayyohlar oqimini jalb etish bilan birga, mazkur tarixiy hududlarning iqtisodiy, madaniy, funksional ahamiyatlilik darajasini oshirishgaxizmat qilmoqda. 2019 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 443 sonli qarori asosida Shahrisabz shahar Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyi negizida tashkil etilgan “Shahrisabz” davlat muzey – qo‘riqxonasining Chubin filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan e’lon qilingan 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol 404 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI mahallla yili”da Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ilmiy- ma’rifiy yunalishdatarg‘ibotva tashviqot ishlarini olibbordi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tomonidan 2008 yil 12 sentyabrda tasdiqlangan “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 31 oktyabrdagi “Muzeylar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida”gi 237-sonli qarorining ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonunni ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” gi 68-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Turizm vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi hamda mahalliy hokimliklar farmoyishlari ijrosi yuzasidan ilmiy-ma’rifiy ishlarolib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 31 maydagi PQ-3022-son qarori ijrosi yuzasidan yoshlarni muzeyga muntazam jalb yetish, milliy madaniyatimizning eng sara namunalaridan bahramand etish orqali ularning manaviy, axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va sanat sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va tasirini yanada oshirish chora-tadbirlar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda muzey qo‘riqxonalar faoliyati tizimida amalga oshirilgan islohotlar, ularning natijalari va sohadagi muammolar tadqiq etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda muzey qo‘riqxonalar faoliyati tizimida amalga oshirilgan islohotlar, ularning natijalari va sohadagi muammolar tadqiq etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Quruqsoy, Siypantosh, Arxeologiya parklari, Sarmishsoy, Arxeologiya yodgorligi, Qoyatosh
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025