Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA O‘ZBEKISTONNING JAHON ILMIY MAYDONDAGI O‘RNI
MAYDONDAGI O‘RNI · SARVAR TULKINOVICH AXMEDOV
Международный научный журнал · 160-162 · 2026
Аннотация
Mazkur ishda XX asrning 60–70-yillarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ilmiy hamkorlikdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bu davrda o‘zbekistonlik olimlarning ilmiy izlanishlari, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar va seminarlar, shuningdek, ilmiy delegatsiyalar almashinuvi orqali erishilgan natijalar yoritiladi. Ishda, ayniqsa, Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan o‘rnatilgan aloqalar, ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi va O‘zbekiston ilmiy muassasalarining xalqaro nufuzining ortishi alohida o‘rin egallaydi. Annotatsiyada bu jarayonlarning nafaqat ilmiy, balki ijtimoiy- madaniy ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so’zlar: O‘zbekiston, XX asr, xalqaro ilmiy hamkorlik, Fanlar akademiyasi, ilmiy almashinuv, ilmiy konferensiya, rivojlanayotgan davlatlar, ilmiy delegatsiya, ilm-fan taraqqiyoti, Osiyo vaAfrika mamlakatlari. 1.Dolzarbligi: Ilmiy xalqaro hamkorlik har bir jamiyatda asosiy drayver bo‘lib xizmat qiladi va taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xususan, O‘zbekistonning ilm-fan sohasidagi xalqaro aloqalari XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan bo‘lib, bu jarayonda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi muhimo‘rin tutdi. 2.Metodlarvao‘rganilganlikdarajasi: Mazkur ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida, tadqiqot metodologiyasi sifatida birinchi navbatda tarixiylik, xolislik, uzviylik, ketma-ketlik va qiyosiy taqqoslash kabi metodologiyadan foydalanilgan holda, ilm-fan sohasidagi xalqaro aloqalar nazar tashlandi. Ilmiy maqolani tayyorlashda tarixchi olimlar Mannonov B, Nishonov M, H. Ziyayevlarning asarlaridan va boshqa sovet davri olimlarining tadqiqotlaridan, O‘zSSR Sog‘liqni saqlash vazirligining 1972 yilgi joriy arxivi, O‘zbekiston Respublikasi FA Asosiy kutubxonasining yillik hisoboti, O‘zbekiston Milliy arxivining R-1-fond, R-2415-fondlarida saqlanayotgan manbalaridan va boshqa adabiyotlardan foydalanilgan. Sovet davrida Sobiq Ittifoqning xalqaro aloqalarida, ayniqsa ilmiy aloqalarda faol ishtirok etgan. O‘zbekiston ilmiy aloqalar faoliyati mamlakat ichida va xalqaro miqyosda fan taraqqiyotini ta'minlashda muhim o‘rin egalladi. Bu davrda ilm-fan yutuqlari hamkorlik asosida shakllanib, ittifoq respublikalari o‘rtasidagi ilmiy almashinuvlar, xalqaro konferensiyalar, ekspeditsiyalar va ilmiy delegatsiyalar orqali mustahkamlanib bordi. Ilmiy sohadagi hamkorlik kitob almashinuvi sohasida faollashdi. Jumladan, 1960 yilda akademiyalar o‘rtasida tuzilgan o‘zaro kelishuvga asosan, 27 davlatning 101 ta ilmiy muassasasi bilan kitob almashinuvi amalga oshirildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi tashabbusi bilan xorijiy davlatlarga 1985 nusxa kitob va jurnal yuborilib, ulardan 1747 ta nashr, jumladan kitoblar va ilmiy jurnallar qabul qilindi. Ushbu aloqalar, ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya kabi ilmiy-tadqiqot sohasidayuksak rivojlangan davlatlar bilan tizimlivadoimiy tarzdayo‘lga qo‘yilgan [1]. Shuni alohida ta’kidlash joizki, xalqaro ilmiy hamkorlik har bir mamlakatning fan sohasidagi barqaror rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega. O‘zbekistonning ilmiy hamjamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va ilmiy markaz sifatida e’tirof etilishi nafaqat ilm-fan taraqqiyotiga, balki butun insoniyat manfaatiga qaratilgan muhim omildir. Bu yo‘nalishdagi izchil va maqsadli harakatlar jahon ilm-fanida yangidan-yangi kashfiyotlar, ilmiy yangiliklar hamda innovatsion yechimlarning yuzaga kelishini rag‘batlantirdi. 400 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI 1961–1962 yillarda O‘zbekistonning xalqaro ta’lim maydonidagi ishtirokini yanada kuchaytirish maqsadida bir qator xorijiy mamlakatlar universitetlarida o‘zbekistonlik talabalarning ta’lim olish jarayoni faollashdi. Xususan, mazkur yillarda Hindiston, Eron, Misr Arab Respublikasi (MAR) va Afg‘oniston oliy ta’lim muassasalarida 50 nafar o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan bo‘lsa, 1962 yilda ularning soni keskin ortib, Hindiston, Gvineya va Misr Arab Respublikasida 742 nafarga yetdi [1]. Bu jarayon O‘zbekistonning xalqaro ilmiy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish va xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarining yorqin namoyon bo‘lishi sifatida qayd etiladi. Ushbu harakatlar faqat bilim almashish bilan cheklanmasdan, O‘zbekiston mutaxassislarini xalqaro ilmiy va amaliy loyihalarda ishtirok ettirish uchun zamin yaratdi. 1968-1970 yillar davomida akademik M. Muhammadjonov Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi va Irrigatsiya vazirligida paxtachilik sohasi bo‘yicha bosh maslahatchi sifatida faoliyat yuritib, mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga salmoqlihissaqo‘shdi. Uning ilmiy faoliyati vaamaliy tavsiyalari natijasida Afg‘onistonda paxtachilik sohasida muhim yutuqlarga erishildi. Akademik M. Muhammadjonovning qishloq xo‘jaligi sohasidagi samarali faoliyati va fidokorona xizmati Afg‘oniston hukumati tomonidan yuk
Доказательный фрагмент
«Mazkur ishda XX asrning 60–70-yillarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ilmiy hamkorlikdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur ishda XX asrning 60–70-yillarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ilmiy hamkorlikdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy delegatsiya, Fanlar akademiyasi, rivojlanayotgan davlatlar, Osiyo va Afrika mamlakatlari., O‘zbekiston, ilm-fan taraqqiyoti, ilmiy konferensiya, ilmiy almashinuv, XX asr, xalqaro ilmiy hamkorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025