К содержанию
РецензированоUZ2026

XORIJIY MAMLAKATLAR FUQAROLIK PROTSESSIDA UCHINCHI SHAXSLAR ISHTIROKINING OʼZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Joʻrayev Javlonbek Norboboyevich

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada xorijiy mamalkatlarda fuqarlik ishlari koʼrilishida uchinchi shaxslarning ishtiroki, uning oʼziga xos jihatlari, sud protsessiga jalb etish, advokatlarning vakilligi bilan bogʼliq masalalarda haqida soʼz boradi. Kalit so‘zlar: uchinchi shaxslar, taraflar, birgalikda ishtirok etish, da’vogar va javobgar, sudlanuvchi, muomalaga layoqatsiz shaxslar uchun vakillik va boshqalar. Uchinchi shaxs atamasi odatda turli huquq tizimlarida ham xuddiy shunday tarzda qoʼllaniladi. Uchinchi shaxslar - bu jarayonga oʼz tashabbusi bilan, oʼz manfaatlarini himoya qilgan holda kiradigan shaxslardir. Shuningdek, majburan olib kelingan, lekin taraflarning barcha huquqlaridan foydalanadigan shaxslar hisoblanadi. Uchinchi shaxslar ishtiroki bilan bogʼliq masalalarni xorijiy davlatlar misolida koʼrib chiqamiz. Angliya. Angliyada bunday toifadagi shaxslar qonunchilik hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘zda tutilmagan, ammo uchinchi shaxslarning jarayonga kirishi uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud: 1). Birgalikda ishtirok etish instituti tomonidan tartibga solinadi. Sud uchinchi shaxsga, agar u bilan taraflarning har biri o‘rtasida nizo bo‘lsa, jarayonda ishtirok etishga ruxsat beradi. Uchinchi shaxs da’vogar va javobgar tomonda bo‘lishi mumkin, faqt buning uchun sheriklar o‘rtasida hech qanday qarama-qarshilik bo‘lmasligi kerak. 2). Agar uchinchi shaxsda sudlanuvchiga nisbatan qarshi da’vo qilish huquqi bo‘lsa, protsessga jalb etilishi mumkin. Bunda uchinchi shaxsga sudning chaqiruv qog‘ozi yuborilishi va uchinchi shaxs tomonidan javob berilishi kerak. Agar uchinchi shaxs protsessda ishtirok etishdan bosh torsa, sud uni regress huquqidan mahrum qilishi mumkin. Uchinchi shaxs tarafning barcha huquqlariga ega bo‘ladi, jumladan o‘zini himoya qilishi, qarshi da’vo qo‘zg‘atishi va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishi mumkin. AQSH. Bu davlatda uchinchi shaxslar qonun bo‘yicha va sudning ruxsati bilan harakat qiladiganlarga bo‘linadi. https://scientific-jl.com/wsrj 7 Volume-42_Issue-1_August-2025 World scientific research journal Birinchi holda, nizo normativ hujjatning konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida bo‘lsa yoki shaxs tomonidan biron bir narsa talab qilinsa prokuror ishtirok etishi mumkin. Agar holat va huquqlar bo‘yicha umumiy savollar mavjud bo‘lsa, sud uchinchi shaxsning jarayonga kirishiga ruxsat berishi mumkin. Uchinchi shaxs da’vogar va javobgar tomonda bo‘lishi mumkin. Sudlanuvchining xohish-irodasidan qat’i nazar, jarayonga uchinchi shaxs jalb qilinishi mumkin. Yagona Savdo kodeksida uchinchi shaxs to‘liq javobgarlik asosida javobgar manfaatida jarayonni o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Fransiya. Fransiyada uchinchi tomon quyidagi hollarda jarayonga kirish huquqiga ega: 1). Uchinchi shaxs o‘z manfaati doirasida mustaqil talab qilish huquqiga ega. 2). Taraflarning yordamchisi sifatida. Taraflar uchinchi shaxsga murojaat qilgan taqdirda ham aralashishi mumkin. Ikkinchisi tarafning pozitsiyasi bilan bog‘liq va sud qarori ustidan mustaqil ravishda shikoyat qila olmaydi. Shunday qilib, bu holda, uchinchi tomon to‘liq yemas. Germaniyadagi uchinchi shaxslar ham 2 toifaga bo‘lingan: 1) Nizo predmeti bo‘yicha talab qila oladigan uchinchi shaxslar (da’vogarning huquqlariga yega) 2) Nizo predmeti bo‘yicha talab qila olmaydigan uchinchi shaxslar (da’vogarga nisbatan kamroq huquqlar) 31. Xorijiy davlatlarning fuqarolik protsessida vakillik. Fransiya va Germaniyada advokatlik faoliyati tushunchasi. Suddagi vakilligi - fuqarolik protsessida boshqa subyektlar (vakillik qiluvchilar) manfaatlarini himoya qiluvchi va ular nomidan ish ko‘ruvchi shaxslarning (vakillarning) faoliyatini, shuningdek, ushbu ishda yuzaga keladigan protsessual munosabatlarni tartibga solish uchun mo‘ljallangan institut. Alohida huquqiy tizimlardagi ko‘plab xilma-xilliklar ko‘pincha murakkab huquqiy tuzilmalarni keltirib chiqardi. Shunga qaramay, ushbu institutdan foydalanishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan: a) Muomalaga layoqatsiz shaxslar uchun vakillik, shartli ravishda qonuniy deb hisoblanadi; b) Asosan advokatura tomonidan amalga oshiriladigan ixtiyoriy (shartnoma) vakillik. Tabiiyki, har bir mamlakatda bu shakllar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Fransiya va Germaniyada yagona advokatlar faoliyati tushunchasi. Misol uchun, AQSHda advokat bo‘lmasdan va ma’lum bir sudda litsenziya olmasdan, sud jarayonlarida mijozlarning manfaatlarini himoya qilish mumkin yemas. https://scientific-jl.com/wsrj 8 Volume-42_Issue-1_August-2025 World scientific research journal Fransiyada sud majlislarida faqat malakali advokatlar ishtirok yetishi mumkin. Shveysariya ham ishonch bilan yagona advokatlik faoliyati tomon ketmoqda. Germaniyada ushbu mexanizmninn sharti quyidagicha; da’vo qiymati 5 ming yevrogacha bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha fuqarolar sudga murojaat qilishlari mumkin, ammo boshqa barcha hollarda sud majlisida faqat advokat bilan qatnashishingiz mumkin. Fransiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yagona advokatlik faoliyat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xorijiy mamalkatlarda fuqarlik ishlari koʼrilishida uchinchi shaxslarning ishtiroki, uning oʼziga xos jihatlari, sud protsessiga jalb etish, advokatlarning vakilligi bilan bogʼliq masalalarda haqida soʼ…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xorijiy mamalkatlarda fuqarlik ishlari koʼrilishida uchinchi shaxslarning ishtiroki, uning oʼziga xos jihatlari, sud protsessiga jalb etish, advokatlarning vakilligi bilan bogʼliq masalalarda haqida soʼ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
taraflar, muomalaga layoqatsiz shaxslar uchun vakillik va boshqalar., da’vogar va javobgar, sudlanuvchi, birgalikda ishtirok etish, Kalit so‘zlar: uchinchi shaxslar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники