Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA TARTIBGA SOLISHDA SOLIQQA TORTISH MEXANIZMINING NAZARIY ASOSLARI
Dusiyarov Sherzod Xolmurotovich
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat barcha iqtisodiy usullar, ya’ni pul-kredit, soliq, boj, tarif va ayrim sohalarda bahoni shakllantirish kabi mexanizmlardan keng foydalanadi. Bu o‘rinda soliqlarning muhim moliyaviy dastak sifatida iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini o‘rganish muhim ahamiyat kasb yetadi. Shu nuqtai nazardan iqtisodiyotni rivojlantirish va tartibga solishda soliq mexanizmining nazariy ahamiyatini tadqiq qilingan. Tayanch so‘zlar: Soliq mexanizmi, soliqqa tortish mezanizmi, soliq munosabatlari, soliq nazorati, soliqlarni rejalashtirish, tartibga solish, imtiyozlar va sanksiyalar. Iqtisodiy adabiyotlarda so‘nggi paytlarda soliqlarning iqtisodiyotning turli jabhalariga hayotiy ta’sirini o‘rganish, shuningdek, moliyaviy boshqaruvda ulardan foydalanish tahliliga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu muammoni o‘rganishda iqtisodchilar “soliq mexanizmi” tushunchasidan foydalanadilar. Uning talqini olimlar va amaliyotchilarning ishlarida aniq to‘xtamga kelinmagandir. Iqtisodiy adabiyotlarda soliq mexanizmining mohiyati to‘g‘risidagi masala munozarali davom etmoqda. Qayd etish joizki, “soliq mexanizmi” va “soliq mexanizmi elementlari” tushunchasi xususida iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar va yondashuvlar mavjud bo‘lib, yagona bir ta’rifga kelinmagan. Soliq mexanizmining mohiyatini to‘laroq anglab yetish uchun avvalo ana shu turli xil fikrlarni keltirish maqsadga muvofiqdir. Soliq mexanizmi - soliqqa tortishning boshqaruv usullari va tashkiliy huquqiy normalar majmuidir. Davlat soliq mexanizmiga huquqiy shakl berib, soliq qonunchiligi orqali tartibga soladi va iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. [1, 7-b.]. Soliq mexanizmidan foydalanish samaradorligi - soliqlarning ichki mohiyati, ularning harakat qonuniyatlari va nomuvofiqligini davlatning qanday hisobga olinishiga bog‘liqdir. Soliq siyosati va soliq mexanizmi soliqlarning jamiyatdagi roli orqali belgilanib, davlat faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.[1, 7-b.]. Professor O.V.Kachur - soliq siyosati soliq mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Soliq mexanizmi - bu soliq munosabatlarining usullari va qoidalari majmui bo‘lib, ular yordamida soliq siyosati maqsadlarini amalga oshirish ta’minlanadi [2, 7-b.] deb ta’kidlagan. Rus tilining izohli lug‘atida “mexanizm” so‘zi “mashina, asbob, qurilmaning ichki qurilmasi (bog‘lanishlar tizimi) ularni harakatga keltiradigan” degan ma’noni anglatadi. Demak, soliq mexanizmi bu davlatning soliq siyosatini yurgizadigan soliq munosabatlarining bo‘g‘inlari tizimidir.[3, 7-b.]. Soliq mexanizmi moliya mexanizmi tarkibida bo‘lib, uning ta’rifi turlicha belgilangan. Iqtisodchi M.A.Danchenko tomonidan “soliq mexanizmi – soliq munosabatlarining qoida va usullari yig‘indisi yordamida soliq siyosati maqsadlariga erishishni ta’minlashdir” deb ta’riflagan.[4, 7-b.]. www.wsrjournal.com 4 4 Volume-26_Issue-3_April -2024 World scientific research journal Iqtisodchi Ye.S.Muraxovskaya quyidagi ta’rifni beradi: “Soliq mexanizmi – bu ma’lum bir makonda (hududda) ma’lum bir vaqtda va aniq maqsadlarda (jamoat ehtiyojlarini ta’minlash) soliq munosabatlaridan foydalanish vositalari va usullari majmui bo‘lib, soliqlar orqali ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etishni tashkillashtirishni o‘z ichiga oladi”. Professor N.B.Ashurova soliq mexanizmining muhim bo‘lagi hisoblangan soliqqa tortish mexanizmi – soliq to‘lovchilar uchun belgilangan soliq solish tartibi bo‘yicha soliq solinadigan ob’ektni aniqlash, imtiyozlarni qo‘llagan holda hisoblab chiqilgan, soliq solinadigan bazadan kelib chiqib o‘rnatilgan stavkalarda, soliq davrida byudjetga to‘lanadigan soliq summasini aniqlash jarayonidir». [5, 7-b.]. Professor J.J.Urmonov tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliq mexanizmi vositasida tartibga solish deganda – bu soliqqa tortish jarayonida soliqqa tortish tartiblarini joriy etish yoki bekor qilish, soliq stavkalari, soliq ob’ektlari va soliq bazasini belgilash, soliq ma’muriyatchiligi shaffofligini ta’minlash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarni taqdim etish orqali qulay ishbilarmonlik muxitini shakllantirishdir - deya ta’rif bergan.[6, 7-b.]. O‘rganishlarimiz ko‘rsatmoqdaki, iqtisodchi olimlar tomonidan soliq mexanizmiga aniq bir ta’rif berilmagan bo‘lib, iqtisodiy lug‘atlarda ham ushbu tushunchaga ta’rif berilmagan. Fikrimizcha, soliq mexanizmi deganda – bu soliq munosabatlarining usullari va qoidalari majmui bo‘lib, soliq mexanizmi elementlari orqali soliq siyosatini amalga oshirish, soliqqa tortish tartiblarini joriy etish va soliq ma’muriyatchiligi orqali byudjetga soliqlarni undirish jarayonidir - deya ta’rif berilishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari soliq mexanizmi elementlari turlari va tarkibi bo‘yicha iqtisodchi olimlar o‘rtasida aniq bir to‘xtamga kelinmagan va munozarali holat hisoblanadi. Soliq mexanizmi davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi soliq munosabatlarining yo‘llari va usullari majmui bo‘lib, ular orqali soliq siyosati amalga oshiriladi.[7, 7-b.]. Soliq mexanizmining elementlari qu
Доказательный фрагмент
«Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat barcha iqtisodiy usullar, ya’ni pul-kredit, soliq, boj, tarif va ayrim sohalarda bahoni shakllantirish kabi mexanizmlardan keng foydalanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюIqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat barcha iqtisodiy usullar, ya’ni pul-kredit, soliq, boj, tarif va ayrim sohalarda bahoni shakllantirish kabi mexanizmlardan keng foydalanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soliqlarni rejalashtirish, Tayanch so‘zlar: Soliq mexanizmi, soliqqa tortish mezanizmi, soliq munosabatlari, soliq nazorati, imtiyozlar va sanksiyalar., tartibga solish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014