Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORXONALARDA OPERATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH MASALALARI
TAHLIL QILISH MASALALARI · Qlichev Baxtiyor Pardayevich · Qilichev Botir Pardayevich
Всемирный научно-исследовательский журнал · 113-119 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion faoliyat tahlilining zarurligi, operatsion faoliyatning samaradorligi tahlilini tashkil etish hamda olingan natijalarning soha rivoji uchun qoʻllashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tayanch soʻzlar: operatsion faoliyat samaradorligi, muammoli jihatlar, tahlilni tashkil etish zarurligi, erishiladigan natijalar Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida iqtisodiy jarayonlar juda tez sodir boʻlayotgan, murakkab raqobat tizimi kirib kelayotgan bugungi kun iqtisodiyotimizda korxonalar operatsion faoliyati tahlilida nafaqat iqtisodiy resurslar bilan taʼminlanganlik, balki, mazkur resurslardan samarali foydalanish jihatlari ham oʻrganiladi. Ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish va uni oshirish korxonalar faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda “samaradorlik” tushunchasi daromadlarni oshirish, harajatlarni optimallashtirish, mehnat unumdorligining oʻsishi, asosiy vositalar qaytimi, sigʻimi, rentabelligi va boshqa samaradorlik koʻrsatkichlari bilan uzviylikda oʻrganilsada, biroq, foyda, zarar, daromad, harajat, tannarx, mahsulot bahosi kabi tushunchalarga qaraganda kam qoʻllanilishi bu borada ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish zarurligini belgilab beradi. Har bir davlatda iqtisodiyotning turli tarmoqlarining rivojlanishi shu tarmoqda faoliyat olib borayotgan iqtisodiy subyektlarning faoliyatiga, uning natijaviyligiga bogʻliq hisoblanadi. Jahon amaliyotida korxonalarning operatsion faoliyati tahlilini tashkil etish va mazkur faoliyat samaradorligini oshirishda turli yoʻnalish, usul va metodlardan foydalaniladi. Lekin mazkur usullarda operatsion faoliyat tahlilini tashkil etishning umumiy jihatlari nazarda tutilgan boʻlib, iqtisodiyotning aniq bir sohasida, shu sohaning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib operatsion faoliyat tahlilini tashkil etish masalalari nisbatan kam oʻrganilgan. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda operatsion faoliyat tahlilini tashkil etishda turli yondashuvlar mavjud boʻlib, ularni qoʻllash doirasi korxonalar faoliyat olib boradigan tarmoq va sohalar xususiyatidan kelib chiqib belgilanishi lozim. Shu boisdan, ishlab chiqarish, servis, qishloq xoʻjaligi, savdo va boshqa tarmoqlarda har bir tarmoqning oʻziga xos xususiyatlariga asoslangan operatsion faoliyat tahlilini tashkil etish va uni https://scientific-jl.com/wsrj 2 7 0 Volume-39_Issue-1_May-2025 World scientific research journal takomillashtirish boʻyicha ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish muhim hisoblanadi [1]. Oʻzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri, iqtisodiyotning real sektori korxonalar faoliyatini rivojlantirish asosida mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini keskin oshirish, bandlik masalalarini hal qilish, aholi daromadlarini koʻpaytirish hamda milliy farovonlikni taʼminlashdan iboratdir. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan qabul qilingan «Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi qarorining ikkinchi bandida keltirilgan “mahsulot ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirish, ulardan samarali foydalanish hamda uni kengaytirish”1 kabi vazifalarini bajarishda mazkur tadqiqotda erishilgan natijalar muhim ahamiyat kasb etadi. Operatsion faoliyat tahlilini oʻtkazish va uni takomillashtirish masalalariga bugungi kunda katta eʼtibor qaratish obyektiv zaruratga aylanib, bu boʻyicha yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi. Korxonalar operatsion faoliyati tahlilini takomillashtirish boʻyicha olib boriladigan tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati olingan natijalarning asoslanganligi, ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarning korxonalar operatsion faoliyati tahlilini takomillashtirishga xizmat qilishi bilan izohlanadi [2]. Operatsion faoliyat tahlilini tashkil etish va uni rivojlantirish borasidagi tadqiqotlarda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, savdo va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda operatsion faoliyatning samaradorligini oshirishga yordam beruvchi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qoʻllash faoliyat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalarining oliy taʼlim muassasalarida buxgalteriya va moliya mutaxassisligida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida oʻqitiladigan fanlar va modullar boʻyicha oʻquv dasturlari va resurslarini takomillashtirish jarayonida foydalanish sohada yetuk kadrlar tayyorlashda taʼlim samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi [3]. Korxonalarda operatsion faoliyat tahlilini zarurligini quyidagicha izohlash mumkin. Birinchidan, ishlab chiqarish korxonalarining bevosita funksional vazifasi, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni samarali amalga oshirish lozimli
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion faoliyat tahlilining zarurligi, operatsion faoliyatning samaradorligi tahlilini tashkil etish hamda olingan natijalarning soha rivoji uchun qoʻllashni…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion faoliyat tahlilining zarurligi, operatsion faoliyatning samaradorligi tahlilini tashkil etish hamda olingan natijalarning soha rivoji uchun qoʻllashni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tahlilni tashkil etish zarurligi, erishiladigan natijalar, Tayanch soʻzlar: operatsion faoliyat samaradorligi, muammoli jihatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026