Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QASHQADARYO VOHASIDA YOSH AVLOD TARBIYASI TARIXIY AN’ANALAR VA HOZIRGI ZAMON
QASHQADARYO VOHASIDAYOSHAVLODTARBIYASI
Международный научный журнал · 160-162 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada, Qashqadaryo vohasida bola tarbiyasi an’analari evolyutsiyasi tarixi etnografik va etnologik ma’lumotlar asosida yoritilgan. O‘zbek xalqi ijtimoiy hayotida bola tarbiyasini jamoaning o‘rnisiz aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamoaviy an’analar o‘zbeklar milliy mentalitetiga xos bo‘lib, jamiyatda odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy va ma’naviy munosabatlarni belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham oilada barcha davrlarda jamoatchilik fikriga, qon-qarindoshchilik va hududiy qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlariga befarq qaralmagan. Qo‘ni-qo‘shnilar, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi hududiy, genetik yaqinlik bola tarbiyasida ham jamoa a’zolarini bir-biriga o‘zaro ko‘makdosh bo‘lishga undagan. Har bir oilaning ijtimoiy ahvolini hech kim jamoa a’zolari, ayniqsa, qo‘ni-qo‘shnilar kabi yaqindan yaxshi bilmagan. Ayniqsa, bu oila vajamoaning bolatarbiyasidagi o‘rnidaham yaqqol namoyon bo‘lgan. Kalit so‘zlar: Qashqadaryo vohasi, o‘zbeklar, oila, mahalla, to‘p, jamoa, yosh avlod,bola, etnolokal, tarbiya, an’analar, gap-gashtak, bolalaro‘yinlari. Kirish: Mustaqillik milliy qadriyatlarimizni chuqur o‘rganishga va asrlar osha yetib kelgan urf- odatlarimizning to‘la qayta jonlanishiga qulay shart-sharoit tug‘dirdi. Xalqimizning eng noyob merosi-o‘zbek qishloq jamoasining azaliy an’ana va urf-odatlarini qaror toptirish hamda kundalik hayotda unga amal qilish milliy mafkurani halq ongiga singdirishga xizmat qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: ”Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni avaylab-asrash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimizsiyosatining engmuhim ustuvoryo‘nalishlaridan biri".1 Xalqimiz hayotida jamoa eng muhim o‘rinda turib, asosan, uning hududiy qo‘ni-qo‘shnichilik shakli XIX asr oxiri XX asr boshlarida saqlanib qolgan edi. Bu davrda Janubiy O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatida qishloq jamoasi faqat hududiy tuzilma emas, balki ijtimoiy tuzilma, ya’ni kishilar turmush tarzining tashkiliy shakli sifatida faoliyat ko‘rsatib, uning asosiy vazifasi hududdagi oilalar turmushidan ogoh bo‘lish, oilaviy marosimlarda faol ishtirok etishga munosib hissaqo‘shishdan iborat bulgan".2 O‘zbek xalqi ijtimoiy hayotida bola tarbiyasini jamoaning o‘rnisiz aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamoaviy an’analar o‘zbeklar milliy mentalitetiga xos bo‘lib, jamiyatda odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy vama’naviy munosabatlarni belgilovchi muhim omilhisoblangan. Har qanday oila o‘z imkoniyati doirasida yashasa-da, faqat jamoa orqaligina jamiyatga uzviy bog‘langan. Shuning uchun ham oilada barcha davrlarda jamoatchilik fikriga, qon-qarindoshchilik va hududiy qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlariga befarq qaralmagan. Qo‘ni-qo‘shnilar, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi hududiy, genetik yaqinlik bola tarbiyasida ham jamoa a’zolarini bir-biriga o‘zaro ko‘makdosh bo‘lishga undagan. Har bir oilaning ijtimoiy ahvolini hech kim jamoa a’zolari, ayniqsa, qo‘ni-qo‘shnilar kabi yaqindan yaxshi bilmagan. Ayniqsa, bu oila va jamoaning bola tarbiyasidagi o‘rnidaham yaqqol namoyon bo‘lgan. O‘zbekiston janubidagi Qashqadaryo viloyatida to‘plangan etnografik ma’lumotlarga asoslangan holda, bolaning jamoadagi o‘rni va ular bilan bog‘liq turli an’analarning tarbiyaviy ahamiyatidan kelib chiqib, farzand tarbiyasi bilan bog‘liq davrni uch bosqichga ajratishni maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. 1MirziyoyevSh.M.Milliytaraqqiyotyo‘limizniqat’iyatbilandavomettirib,yangibosqichgako‘taramiz.- T.”O‘zbekiston”.2017.29-bet. 2BuriyevO.JanubiyO‘zbekistondaqishloqjamoasiningetnohududiyxususiyatlari-O‘zbekiston etnologiyasiningdolzarbmuammolari.–T.,2007.B.-115-119. 393 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Birinchi bosqich 3-5 yoshgacha davom etib, bu davrda bolada dastlabki tarbiya ko‘nikmalari paydo bo‘lgan. Bola jamoa orasida mustaqil bo‘lishga intilgan. Farzand tarbiyasi bilan endi faqat ota-ona, oila emas, balki qo‘ni-qo‘shnilar ham shug‘ullanishgan. Bola oilada yengil yumushlarni bajargan. O‘zini anglab, dunyoqarashidaham ilk ahloqiy fazilatlarshakllana olgan. Ikkinchi bosqich 5-9 yoshda o‘g‘il bolalar sunnat qilinishi (qo‘li halollanganligi) bois jamoaga qo‘shilishgan. Endi o‘g‘il bola bajaradigan jismoniy yumushlar diniy-ahloqiy odatga ko‘ra halol sanalgan. Qiz bolalarga kattalar, asosan, ayollar ko‘magida hayo, ibo, andisha, uyat, muloyimlik fazilatlari o‘rgatila boshlangan. Qiz bola va o‘g‘il bolalar orasida jins tafovutlari yaqqol ko‘rinib, yosh va jins xususiyatlariga ko‘ra o‘g‘il bolalar va qizlar jamoasiga ajralganliklari uchun o‘g‘il bolalar tarbiyasi bilan asosan, erkaklar,qiz bola tarbiyasi bilan esa ko‘proq ayollar shug‘ullana boshlashgan. Qizlar uy-ro’zg‘or yumushlariga to‘la jalb etilgan bo‘lsa-da, oilaviy va boshqa tadbirlarda ham qisman ishtiroketishgan. Uchinchi bosqich 9-12 y
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada, Qashqadaryo vohasida bola tarbiyasi an’analari evolyutsiyasi tarixi etnografik va etnologik ma’lumotlar asosida yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada, Qashqadaryo vohasida bola tarbiyasi an’analari evolyutsiyasi tarixi etnografik va etnologik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qashqadaryo vohasi, tarbiya, bolalar o‘yinlari., gap-gashtak, to‘p, oila, yosh avlod, an’analar, etnolokal, mahalla, jamoa, o‘zbeklar, bola
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025