Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBALLASHUV DAVRIDA SUN’IY INTELLEKT VA INSON
GLOBALLASHUVDAVRIDA SUN’IYINTELLEKT VAINSON
Международный научный журнал · 160-162 · 1942
Аннотация
Mazkur maqolada globallashuv sharoitida sun’iy intellektning jadal rivojlanishi va uning inson hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi o‘rni, shuningdek, inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ko‘rib chiqiladi. Muallif globallashuvning yangi bosqichida sun’iy intellektning imkoniyatlari va xavflarini muvozanatli baholashzarurligiga urg‘uberadi. Kalit so‘zlar: globalizatsiya, sun'iy intellekt, inson, texnologiyalar, raqamli savodxonlik, kelajakdagi kasblar Kirish: Dunyoda har doim ilmiy fantastikaning ko‘plab ashaddiy muxlislari bo‘lgan va ilmiy fantastika adabiyotida ham, filmlarda ham sun’iy intellektni (keyingi o‘rinlarda SI deb yuritiladi) yaratish mavzusi doimiy ravishda takrorlanadi. Biroq hozirgi kunga kelib, nanotexnologiyalarning rivojlanishi va jamiyat hayotining barcha sohalari shiddat bilan raqamlashtirilayotganli sababli mazkur mavzu tobora ilmiy va haqiqatga aylanib bormoqda. Agar siz tarixga e’tibor qaratsangiz, robot yoki avtomat haqidagi eng qadimgi qaydlardan biri Gomer tomonidan miloddan avvalgi 700-yillarda yozilgan “Iliada” asaridan o‘rin olgan. Eng so‘nggi misollar orasida 1942-yilda yozilgan Isaak Asimovning “Robotexnikaning uchta qonuni”, 2001- yilda yozilgan “Artur Klarkning sun’iy intellekti: Blade Runner nomi bilan tanilgan Filipp K. Dix filmdagi androidlarga intilish” va boshqa asarlarni misol keltirishimiz mumkin. Hozirga kelib, sun’iy intellektni yaratish imkoniyatlari bilan bir qatorda, u bilan bog‘liq ko‘plab muammolar mavjud. So‘nggi yangiliklarda Stiven Xoking, Ilon Mask va 1000 dan ortiq sun’iy intellekt va robototexnika bo‘yicha tadqiqotchilar sun’iy intellektni rivojlantirish va uni hayotga keng tatbiq qilish bilan bog`liq ulkan ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Albatta, sun’iy intellektning rivojlanishi robototexnikaning rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatmoqda. Dunyo hamjamiyati sun’iy intellektga ega bo‘lgan robotlarni sinovdan o‘tkaza boshladilar. Biroq sun’iy intellekt va robotlar faoliyati bilan bogliq munosabatlar qay darajada huquqiy jihatdan tartibga solinishi, qolaversa, sun`iy intellekt va sun’iy intellektga asoslangan robotlarning javobgarlik masalalari hanuzgacha bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur savolni ilmiy tahlil qilishdan oldin robotlar fenomenini ochib berishni maqsadga muvofiq deb topildi. Globallashuv hozirgi zamonning ajralmas qismi bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va texnologik sohalarda o‘zaro bog‘lanishlarni kuchaytirmoqda. Ushbu jarayon ichida insoniyat uchun yangi muammolar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Eng katta imkoniyatlardan biri - sun'iy intellekt texnologiyalarining tez rivojlanishi. Globalizatsiyaning asosiy xususiyati - tezkor axborot almashish, iqtisodiy integratsiya va texnologik taraqqiyotdir. Bu omillar insoniyat uchun yangi imkoniyatlar ochgan bo‘lsa-da, an’anaviy kasblarning yo‘qolishi, axborotga qaramlik va ijtimoiy tengsizlik kabi yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. SI – sun’iy intellekt ildizi XX asrning 60-70 yillariga borib taqalsa-da, uning rivoji oxirgi o‘n yilda yaqqolroq ko‘zga tashlandi. Jumladan, sun’iy intellektdan sog‘liqni saqlash, energetika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, mashinasozlik sohasi hamda sanoat va san’atning turli yo‘nalishlarida samarali foydalanilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, sun’iy intellekt (SI) ga ushbu atama muallifi Jon Makkarti “odamga o‘xshash aqlli mashinalar, ayniqsa, aqlli kompyuter dasturlarini yaratish fanlari va muhandisligi” deya ta’rif bergan. SI chindan ham bu bu gadjetlarga turli xil ilg‘or funksiyalarni kiritish orqali, jumladan, og‘zaki va yozma tilda ma’lumot berish, tushunish, tarjima qilish, ma’lumotlarni tahlil qilish va tavsiya berish 389 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI imkonini beruvchi texnologiyalar majmuasi hisoblanadi. Ko‘rinadiki, robotlar faqat inson harakatlarini takrorlaydigan, odamga xos turli yumushlarni bajara oladigan qurilmagina emas. Ularga Coogle-tarjimon, lug‘atlar, turli testlar, o‘yinlar ham kiradi. Sun’iy intellekt haqidagi bahs- munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etayotganiga qaramay, mutaxassislar hanuzgacha uning to‘la foydali yoki aksincha ekani borasida aniq fikr bildirishgani yo‘q. Ba’zilar uning ommalashishi natijasida ishsizlik ko‘payadi, deb qayg‘ursa, boshqalar sun’iy intellekt yordamida ta’lim, tibbiyot, biznes va boshqa sohalarda ham vaqt, ham naqd tejaladi, deb hisoblaydi. Bu borada ayniqsa, BAA, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Shvesiya, Singapur, Finlyandiya, Xitoy, Italiya, Fransiya, Avstraliya, Koreya Respublikasi va Germaniya kabi davlatlar yetakchidirlar. Ma’lumotlarga qaraganda, keyingi 6 oyda 302 texnologiya kompaniyasi 90 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatgan. Bu esa ish o‘rinlari kamayishi haqidagi xavotirlarning asosli ekanini ko‘rsatadi, albatta. Ammo bu sun’iy intellekt faqat salbiy jihatga ega, degani e
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada globallashuv sharoitida sun’iy intellektning jadal rivojlanishi va uning inson hayotiga ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada globallashuv sharoitida sun’iy intellektning jadal rivojlanishi va uning inson hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- texnologiyalar, globalizatsiya, sun'iy intellekt, inson, kelajakdagi kasblar, raqamli savodxonlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014