Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY HAYOT VA DIN MASALALARI HOZIRGI KUNNING DOLZARB MUAMMOLARI
SAYPILOYEVAGULSANAM SA’DULLAQIZI
Международный научный журнал · 160-162 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ijtimoiy hayot va din o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, diniy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda hozirgi kunda yuzaga kelayotgan diniy-ma’naviy muammolar chuqur tahlil etilgan. Jumladan, yoshlarning diniy savodxonligi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noto‘g‘ri diniy axborotlar, ekstremistik g‘oyalar va ularning ijtimoiy hayotga ta’siri haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga, mavjud muammolarga yechim sifatida diniy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash va yoshlar orasida ongli immunitetni shakllantirish kabi takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: din, jamiyat, ijtimoiy hayot, qadriyatlar, yoshlar, savodxonlik, muammolar, barqarorlik, zamonaviylikВопросы социальной жизни и религии как актуальные проблемы современности Kirish:Bugungi globallashuv davrida jamiyat hayotining barcha jabhalarida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Shu jarayonda diniy qadriyatlar va ularning inson hayotidagi o‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dinning jamiyatdagi tarbiyaviy, axloqiy va ma’naviy vazifalari ko‘plab ijtimoiy muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlar ongini sog‘lom shakllantirishda va ularni turli zararli g‘oyalar ta’siridan asrashda dinning roli beqiyosdir. Din har doim jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. U insoniyat tarixida ahloqiy me’yorlarning shakllanishi, oilaviy munosabatlar, madaniy qadriyatlar va ijtimoiy muhitni belgilashda muhim rol o‘ynagan. Diniy ta’limotlar orqali insonlar halollik, mehr-oqibat, sabr-toqat, o‘zaro hurmat va birdamlik kabi qadriyatlarni o‘zlashtiradi. Ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida islom dini ma’naviyat manbai sifatida jamiyat hayotining turli sohalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Dinning noto‘g‘ri talqin qilinishi — Afsuski, hozirgi kunda ayrim kimsalar diniy g‘oyalarni noto‘g‘ri talqin qilib, uni o‘z siyosiy yoki mafkuraviy manfaatlari yo‘lida ishlatishga urinmoqdalar. Bu esa ekstremizm va radikalizm kabi salbiy holatlarning yuzaga chiqishiga sabab bo‘ldi. Yoshlarning diniy savodsizligi — Ko‘plab yoshlar asosiy diniy tushunchalarni to‘g‘ri anglab yetmasligi oqibatida turli radikal g‘oyalarga berilib qolmoqda. Bu holat ularning jamiyatdan ajralishiga, ijtimoiy mojarolarga aralashishiga olib keladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi noto‘g‘ri diniy axborotlar — Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan yolg‘on, buzg’unchi yoki g‘arazli diniy ma’lumotlar keng ommaga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida bu holat xavfli tus oldi. Diniy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil qilish vaaholining barcha qatlamlarini qamrab olish; Ta’limmuassasalaridadiniy savodxonlik asoslarini, ijtimoiy-ma’naviytarbiyani kuchaytirish; Diniy tashkilotlarvata’limmuassasalari o‘rtasida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; OAV vaijtimoiy tarmoqlar orqali ishonchli, haqqoniy diniyma’lumotlarni keng yoyish; Yoshlar bilan shaxsiy ishlash, ularga zamonaviy dunyoqarash va sog‘lom diniy bilim berish. Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni dinshunoslikda funksionalizm rivojlantiradi. Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan bog‘liq, lekin o‘xshash emas. 3.Dunshunoslik asoslari. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi.T. 2013.B.11. 4.Dunshunoslik asoslari. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi.T. 2013.B.12. 13 Funksiya - bu dinning jamiyatdagi harakat usuli bo‘lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig‘indisidir. Dinning bir nechta funksiyalari 381 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI mavjud: dunyoqarashni shakllantirish, kompensator, kommunikativ, regulyativ, integrallash- dezintegrallash, madaniyatni targ‘ib qilish (kulturotransliruyuщaya), legitimirallashtirish- legitimiralni olib tashlash. Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdanozodbo‘lishniqo‘llabquvvatlaydi. Xulosa Din va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi uyg‘unlik – bui jamiyat barqarorligi, totuvlik va taraqqiyotining kafolatidir. Din faqatgina diniy ibodatlar bilan cheklanib qolmay, balki jamiyatda tinchlik, hamjihatlik va ma’naviyatni ta’minlashda asosiy vosi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ijtimoiy hayot va din o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, diniy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda hozirgi kunda yuzaga kelayotgan diniy-ma’naviy muammolar chuqur tahlil etil…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zamonaviy jamiyatda ijtimoiy hayot va din o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, diniy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda hozirgi kunda yuzaga kelayotgan diniy-ma’naviy muammolar chuqur tahlil etil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yoshlar, savodxonlik, din, barqarorlik, jamiyat, muammolar, qadriyatlar, zamonaviylikВопросы социальной жизни и религии как актуальные проблемы современности, ijtimoiy hayot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025