Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
BERDIYOROVAGULZODA MAXMUD QIZI
Международный научный журнал · 160-162 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘ziga xos psixologik xususiyatlariga aloxidae’tiborqaratilgan vataxliletilgan. Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, kasb, kasbiy faoliyat, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy ustanovka, kasbiy shakllanish Kirish: Ta’lim tizimida olib borilayotgan tub isloxotlarning zamirida o‘quvchi yoshlarning komil insonlar sifatida tarbiyalanishi va shakllantirilishi masalalariga aloxida e’tibor qaratilayotganligi bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Hozirgi zamon maktabi o‘qituvchilik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zaruriy sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab etmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, urf- odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy- pedagogik-psixologik mexanizmlari ishlab chiqildiva ta’limniinsonparvarlashtirishning ustuvorligi ta’minlandi. Talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirish mexanizmlarini jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy haѐtiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jaraѐnida ularning ijtimoiy faolligini oshirish asosida takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasiniyanada rivojlantirishdamuhimo‘rin egallaydi. Bu muammoni oqilona hal qilishning eng muhim omillaridan biri- bu boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan, mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri-kadrlar tayyorlash sifatini jahon standarti talablari darajasiga еtkazishdir. Endilikda oliy ta’lim muassasalari oldiga faqatgina o‘qimishli insonnigina emas, balki voqealarni oldindan ko‘ra biladigan, to‘g‘ri qaror qabul qila olish uquviga ega, o‘zini o‘zi rivojlantirish zaruriyatini tushunibеtadigan oqil vabarkamol shaxsnishakllantirish vazifasi qo‘yilmoqda. Darhaqiqat, o‘qimishli, ruhan tetik, sog‘lom va jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘ta oladi. Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi tarzida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga еtkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, kasb-hunar sirlarini o‘rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorgarlik masalasi asosiy muammolar tariqasida ta’limjarayonining kuntartibidaturibdi. O‘qituvchi psixologiyasiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida amalga oshirilib kelingan va bu mavzu hozirgi davrda ham o‘zining dolzarbligini saqlab turibdi. Buning asosiy mohiyati shundan iboratki, jamiyatning takomillashuvi tufayli o‘qituvchi va uning kasbiga nisbatan talablar tobora ortib, sayqallashib boraveradi. Xuddi shu boisdan ta’lim tizimining bosh va asosiy bosqichi boshlang‘ich sinflar bo‘lib hisoblanganligi qadim o‘tmishdan bizga meros tariqasida ijtimoiy turmushda qat’iy o‘z o‘rnini topgan qimmatli voqelikdir. O‘quv-tarbiya jarayonining genezisi bo‘lmish boshlang‘ich ta’lim uzluksizlik, uzviylik prinsiplari harakatining mexanizmi tarzida jamiyat qurilishining asosiy qismlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni, ta’kidlash joizki, psixikaning qonun va qonuniyatlari 20-25 yil oralig‘ida o‘zgarib turishini hisobga olsak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oldiga qo‘yiladigan 377 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI talablar, kasbiy xislatlarga nisbatan ehtiyojlar, zaruriy shart-sharoitlar o‘zlarining mohiyati, shakli, ko‘lami, tavsifi bilan boshqacha ko‘rinishnitaqozo etadi. Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy-faoliyatli moslashuvining samarali kechishida zamonaviy o‘qitish uslubining o‘ziga xos xususiyatlari hisoblangan quyidagi jabhalarga qat’iyamal qilishimaqsadgamuvofiqdir: -ta’limjarayonini ilmiy-g‘oyaviy tamoyillarga moslab dasturlashtirish (rejalashtirish); -o‘quv-biluv materialining murakkablik darajasi va o‘rganish sur’atini o‘quvchilarning yosh vaindividual psixologik xususiyatlariga moslash; -o‘quvchilarning nazariy va amaliy tayyorgarliklarini o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga singishini ta’minlash; -o‘quvchilarning faolligi vata’limjarayonining avtonomligini oshirish; -ta’lim oluvchilarning individual-amaliy vajamoaviy ishlarini birga qo‘shib olibborish; -o‘quv jarayonini zamonaviy texnik vositalar hamda ko‘plab texmoduslar yordamida jadallashtirish; -ta’limni tabaqalashtirish va o‘quv fanlarini kompleks-kompyuter dasturlarini eng yangi loyihalarda birlashtirish. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi prinsiplarga amal qilishi lozim: a) O‘zini-o‘zi tashkil etish prinsipi-o‘quv-biluv faoliyatini samarali tashkil etishning muntazam shakllan
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘ziga xos psixologik xususiyatlariga aloxidae’tiborqaratilgan vataxliletilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘ziga xos psixologik xususiyatlariga aloxidae’tiborqaratilgan vataxliletilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kasbiy shakllanish, kasbiy faoliyat, kasb, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy ustanovka, Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026