Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY TARBIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
OSHIRISHNINGDOLZARB MUAMMOLARI · JAMOLOVDAVRONBEK BAXTIYORO‘G‘LI
Международный научный журнал · 160-162 · 2026
Аннотация
Milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas. U ijtimoiy tarbiyaning xarakterini, ruhiyatini ifodalaydigan tushuncha. Tarixning turli bosqichlarida milliy tarbiya muhim vazifalarni ado etib kelgan. U oilada, mahallada, turli maskanlarda amalga oshirilgan tarbiyaviy faoliyatgamilliy ruh ato etibturgan, uni millat ehtiyoj vamanfaatlariga moslashtirgan. Kalit so‘zlar: Milliy tarbiya, milliy madaniyat, jamiyat, ahloq, qadriyatlar, milliy qadriyatlar, milliy ehtiyoj. Kirish. O‘zbek milliy madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini asrash uchun uning tarkibiy qismlaridan yana biri - milliy tarbiyaning ham samarasini oshirish kerak. Milliy tarbiya o‘zbek milliy madaniyatining ajralmas qismidir. Ayni paytda aynan milliy tarbiya, bir jihatdan, milliy madaniyat elementlariga ommaviy tus beradi, ularning millat vakillari tomonidan keng miqyosda o‘zlashirilishini ta’minlaydi. Ikkinchi jihatdan esa, u milliy madaniyat artefaktlarining ajdodlardan avlodlarga o‘tib borishiga, bu vorisiylik jarayonining milliy ehtiyoj va manfaatlarga mos ravishda kechishiga xizmat qiladi. Binobarin, globallashuv tendensiyasining ijtimoiy voqelikka total ta’siri kuchayayotgan bugungi pallada milliy tarbiya samaradorligini oshirmasdan turib, milliy madaniyatning o‘zigaxosligini, uning ommaviyligi vavorisiyligini ta’minlash amri mahol. Biz ta’kidlaganimizdek, milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas. U ijtimoiy tarbiyaning xarakterini, ruhiyatini ifodalaydigan tushuncha. Tarixning turli bosqichlarida milliy tarbiya muhim vazifalarni ado etib kelgan. U oilada, mahallada, turli maskanlarda amalga oshirilgan tarbiyaviy faoliyatga milliy ruh ato etib turgan, uni millat ehtiyoj va manfaatlariga moslashtirgan. Ana shunday milliy ruh ustuvorligi sharofati bilan shaxs o‘zini muayyan millatning vakili ekanligini anglab yetgan va shu orqali uning milliy ongi qaror topgan. Aynan milliy tarbiya yordamida shaxsning milliy his-tuyg‘ulari, e’tiqodi, yon-atrofda sodir bo‘layotgan voqea va jarayonlarga munosabati shakllangan. Metodlar va metodologiya. Milliy tarbiya barcha davrlarda shaxsga milliy madaniyatning boshqa elementlarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini taqdim qilgan, ularni qadrlashga odatlantirgan. Tarbiyaviy ta’sir milliy xarakterga ega bo‘lgan oilalarda voyaga yetgan yigit va qizlarda o‘zbek tiliga hurmat tuyg‘usining kuchliligi, milliy adabiyot va san’at durdonalariga murojaatning muntazamligi, milliy an’ana va qadriyatlarga sodiqlik kayfiyatining mustahkamligi ham shundan. Biroq bundan milliy tarbiya shaxs uchun faqat milliy madaniyat elementlarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini yaratar ekan, o‘zga millatlarning madaniy yutuqlari bilan tanishish eshiklarini yopib qo‘yadi, ularga e’tiborni susaytiradi, degan xulosaga kelmaslik kerak. Aksincha, milliy o‘ziga xoslik asosida tarbiya topgan shaxs nafaqat o‘z millatining madaniy artefaktlarini, balki boshqa millat madaniy taraqqiyoti yutuqlarini ham qadrlay oladi. Milliy tarbiya ta’sirida o‘z millatining madaniy yutuqlarini o‘zlashtirishga ko‘nikkan kishi boshqa millatlarning madaniyatiga xos bo‘lgan elementlarni ham tolerantlik bilan qabul qiladi. Milliy ruhda tarbiyalanmagan kishi o‘z milliy madaniyatini ham, o‘zgalar milliy madaniyatini ham qadrlamaydi. Shu nuqtai nazardan fikrlaganda, milliy tarbiya milliy mahdudlikning emas, baynalminallik, insonparvarlik va tolerantlikning muhim manbaidir. Natijalar. Milliy tarbiyaning milliy ruhiyat bilan sug‘orilgani uning o‘zgarmasligini anglatmaydi. Millat rivojlanar ekan, uning ruhiyati ham u yoki bu omillar va vositalar ta’sirida yangilana boradi. Ruhiyatning o‘zgarishi esa milliy tarbiya mohiyatida iz qoldiradi. Biroq 365 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI o‘zgarishlar sur’ati naqadar baland va chuqur bo‘lmasin, milliy tarbiya ijtimoiy tarbiyani milliylik, milliy ehtiyoj vamanfaatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi manba bo‘libqolaveradi. Tahlil. Tarixiy taraqqiyotning biror davrida ijtimoiy tarbiya mazmuni bugungi kundagi kabi o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan emas. Globallashuv tendensiyasi, biz avvalgi bobda qayd qilganimizdek, oilada, mahallada, ta’lim maskanlarida, mehnat jamoalarida amalga oshirilayotgan tarbiya jarayonini liberallashtirdi. Bir qarashda, tarbiyaning liberallashuvi salbiy jarayon emasdek tuyuladi. Umuman, olganda, buning ijobiy jihatlari ham talaygi-na. Biroq, tarbiyaning liberallashuvi uni milliylikdan yiroqlashtirib yuborayotgani, tarbiya shakllari bilan milliy ehtiyojlar, manfaatlar o‘rtasi-dagi uyg‘unlikka putur yetkazayotgani ham rost. Globallashuv ta’sirida ayrim hollarda tarbiya asrlar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlar, an’analar vorisiyligini ta’minlovchi emas, o‘zga jamiyatlardan kirib kelgan qadriyatlar, normalarni targ‘ib qiluvchi vositaga aylanib qolmoqda. Boshqacha aytganda, bugungi kunda turli mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham tarbiyaviy jarayon o‘zining milliy xususiyatlarini yo‘qotmoqda. Sh
Доказательный фрагмент
«Milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas.»
Образец извлечения
Демо-превьюMilliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- milliy ehtiyoj., milliy madaniyat, ahloq, jamiyat, qadriyatlar, Milliy tarbiya, milliy qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025